Futbol o’yin texnikasi mavzusida tayyorlagan


Download 1.64 Mb.
bet1/8
Sana08.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#250423
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
futbol oyin texnikasi




Qoraqalpog'iston Respublikasi

Amudaryo tumani XTMFMTTEBga qarashli 63 – sonli umum ta’lim maktabining

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

Qo‘shnazarova Feruzaning

4 – sinf Jismoniy tarbiya fanidan



Futbol o’yin texnikasi mavzusida tayyorlagan

Bir soatlik



Men haqimda ma’lumot

Qo‘shnazarova Feruza Madyarovna

Qoraqalpog’iston Respublikasi Amudaryo tumani XTMFMTTEBga

qarashli 63 – sonli umumta’lim maktabi



Lavozimi : Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

Fan : Jismoniy tarbiya

Sinf : 4

Dars ishlanmasining mavzusi : Futbol o’yin texnikasi

O‘quvchilar soni : 19

Elektron pochta manzili: amu-80@umail.uz


Annotatsiya
Ushbu dars ishlanma Jismoniy tarbiya darsida bola shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasi va axborot kommunikatsion texnologiyalaridan samarali foydalanish orqali o’quvchilarga slaydlar orqali BKMlarni oshirish Futbol maydoni, darvozasining o’lchamlari va to’p og’irligi, diametrini bilish. To’p bilan harakatlanish, to’pga to’g’ri zarba berish ko’nikmasini rivojlantirishga bag’ishlangan .

Dars maqsadlariga erishish , sifatli ta’lim jarayonini tashkil etish maqsadida bola shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan suhbat metodi , Aqliy hujum, Slayd , mustahkamlovchi savollar, ko’rgazmalar, “Ko’rsatmali”, “Amaliy mashg’ulot”, Futbol to’plari, hushtak, sekundamer, o’qituvchilar uchun uslubiy qo’llanmalar; test savollari, texnika vositalari , kichik guruhlarida ishlash metodlaridan foydalanish ko’rsatilgan .

Bola shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish o’quvchilarda kommunikativ kompetinsiya axborot bilan ishlash kompetinsiyasi , umummadaniy kompetinsiya , shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetinsiyasi elemetlarini rivojlantirishga ko’mak beradi .

63 – maktab

Sana : 11.05.2016

Sinf : 4


Mavzu: Futbol o’yin texnikasi
O’qituvchi sinf o’quvchilarini bir qatorga saflantirishi va salomlashib, davomatni aniqlaydi. Dars mavzusi va vazifalari bilan o’quvchilarni tanishtirib o’tadi. “O’zbеkiston Rеspublikasida futbolning rivojlanishi” mavzusi yuzasidan nazariy bilimlar berib o’tadi. Jumladan, birinchi o’zbek futbol jamoasining (Qo’qon 1912 yil) tashkil etilishi va hokozo.

Nazariy bilimlarni berib bo’lgach, darsning amaliy jarayoniga o’tadi. Saf mashqlari, yurish va yengil yugurish mashqlari, URM bajariladi.



Mashg’ulotni bajarishdan avval sinf o’quvchilarini 2-3 guruhga bo’linadi. Mashg’ulot futbol maydonida bajariladi. Bunda ikki kiglilar yordamida 2-3 qatordan iborat maydon belgilab olinadi (kiglilar oralig’i 20-25 metr bo’lishi maqsadga muvofiqdir).


  1. Download 1.64 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling