Futbol o’yini paydo bo’lishi


Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tavsifi


Download 69.76 Kb.
bet2/2
Sana01.11.2023
Hajmi69.76 Kb.
#1737800
1   2
Bog'liq
Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tavsifi va tasnifi

Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tavsifi.
Futbol ommoviy jismoniy rivojlantirishning, kishilar salomatligini mustahkamlash-ning eng ommabop vositasi hisoblanadi.
Mamlaatimizda millionlab kishilar ushbu sport turi bilan muntazam shugullanadilar.
Futbol chinakam atletik o’yin. U tezkorlik, chakkonlik, chidamlilik, kuchlilik, va sakrovchanlikni rivojlantirishga yakindan yordam beradi. Futbolchi o’yin paytida xaddan tashkari ko’p ish bajaradi.Bu esa odamni funksional imkoniyatlarini oshiradi.Ma’naviy-irodaviy xislatlarini tarbiyalashga yordam beradi.Charchok ortib borayetgan sharoitda ko’p va xilma xil harakatlar qilish yuksak o’yin faoliyatini saklab turishuchun zarur bo’lgan irodaviy xislatlar namoish etishni talab etadi.
Futbol o’yining rigizida o’yinchilarni umumiy maksad galabaga intilish birlashtirib turgan jamoalardan ikkitasining kurashi yetadi.Galabani qo’lga kiritishga intilish futbolchilarni jamoa bo’lib harakat qilishga bir-biriga uzaro yordam berishga urgatadi, tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Futbol o’yini vaqtida har bir o’yinchi uzining shaxsiy imkoniyatlarini kursatish imkoniyatiga ega.
Futbol mashg’ulotlari va musoboqalarini ko’pincha iqlim va meteorologiya sharoiti keskin uzgarib ketadigvn sharoitda qariyb bir yil buyi davom etgani uchun, bu o’yin jismoniy jixatdan chinikishga ham organizmning qarshilik kursatish qobiliyati ortishi va adabtatsiya imkoniyatlari kengayishiga ham yordam beradi.
Boshka sport turlaridagi mashg’ulotlarda ko’pincha futboldan qo’shimcha sport turi sifatida foydalaniladi. Buning sababi shundaki,futbol spolrtchining jismoniy rivojlanishiga aloxida ta’sir etadi, shuning uchun tanlangan sport ixtisosidan yaxshi tayergarlik kurishga yordam berishi mumkin.
Texnik usullar bu futbol o’yinini vujudga keltirish vositasidir. Yuksak sport natijalariga erishish uchun ko’p jixatdan ana shu xilma-xil vositalarni kanchalik tulik bo’lishiga, rakib jamoa o’yinchilari qarshilik kursatayetgan, ko’pincha esa charchok orta borayetgan sharoitda o’yin faoliyatidagi turli xolatlarda ularni kanchalik moxirlik bilan,samarali qo’llanishga boglik.
O’yin taktikasi o’yinchilarni rakib ustidan galaba kozonishiga karatilgan individual va jamoaviy harakatlarni tashqil qilishni ,ya’ni jamoa futbolchilarini muayyan rejaga binoan aynan shu ,anik rakib bilan muvvoffokiyatli kurash olib borishga imkon beradigan birgalikdagi harakatlar tushiniladi.
Taktikadagi asosiy vazifa xujum va ximoya harakatlarini maksadga erishtira oladigan eng qo’lay vosita, usul va formalarni belgilashdan iborat.

Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tasnifi.


Futbol o’yini tasnifiga: o’yinchilarni maydondagi harakatlanish texnikasi, ya’ni yurish , yugurish,sakrash, burulishlar kiradi.
Bundan tashkari maydon o’yinchisini texnikasi ya’ni to’pga zarba berish,oyok bilan kaftni ichki tomoni bilan, oyoq yuzi ichki qismi bilan, oyoq yuzi tashqi qismi bilan, oyoq uchi bilan, tovon bilan.
Kalla bilan-pishona bilan, pishona yoni bilan.
To’pni olib yurish- oyoq yuzi tashqi qismi bilan , oyoq yuzi urta qismi bilan, oyoq yuzi ichki qismi bilan, oyoq uchi bilan, oyoq kafti ichki qismi bilan,
Kalla bilan - pishona bilan.
Aldash harakatlari.
Oyoqni to’p ustidan utkazib(kochish) finti.
Tepib fint qilish.
To’pga kalla urib fint qilish.
Sirpanib(tashlanib),(shipagat kilib),to’pni olib kuyish.
Yelka bilan turtib to’pni olib kuyish.
Darvazabon o’yin texnikasi.
To’pni ilib olish.
To’pni yuqoridan ilib olish.
To’pni yuqoridan sakrab ilib olish.
To’pni yendan ilib olish.
To’pni yikilib ilib olish.
Futbol о‘yini taktikasining tasnifi.
Futbol о‘yini taktikasining tasnifi ikki bo’limga xujum vaximoyadagi taktik harakatlarga bo’linadi.
Hujumdagi taktik harakatlarga-individual,guruhli,jamoaviy taktik harakatlar kiradi. Uz navbatida individual taktik harakatlar darvazabon, maydon o’yinchisini individual taktik harakatlarga bo’linadi.
Guruxli taktik harakatlarga kombinatsiyalar kiradi.
Jamoaviy taktik harakatlarga esa kombinatsiyalar kiradi.
Darvozabonlar ham maydon o’yinchilarini ham to’p bilan hamda to’psiz harakatlanadilar.
Himoyadagi taktik harakatlarga-individual,guruhli,jamoaviy taktik harakatlar kiradi.
Himoyadagi taktik harakatlar ham darvazabon, maydon o’yinchisini ximoyadagi taktik harakatlarga bo’linadi.
Himoyadagi guruhli taktik harakatlarga Straxovka,Devor,Suniy o’yindan tashkari xolatlar kiradi.
Jamoaviy taktik harakatlarga o’yin tizimlari 1+4+2+4, 1+4+3+3 ,1+4+4+2 , 1+4+4+2 kombinatsiyalar kiradi

Hakamning huquqi va majburiyatlari.


Hakam:

  • О‘yin Qoidasiga rioya qilinishini ta’minlaydi.

  • Matchning borishini о‘z yordamchilari bilan nazorat qiladi.

  • Foydalaniladigan har kanday to’pni 2 Qoida talablariga mos kelishini ta’minlaydi.

  • О‘yinchilar kiyimi 4 Qoida talablariga mos kelishini ta’minlaydi.

  • О‘yin xronometrajini va matchni yozib boradi.

  • U о‘z ixtiyoriga kо‘ra о‘yinni tо‘xtatishi vaqtinchalik tо‘xtatishi yoki har qanday qoida buzilishida о‘yinni umuman tо‘xtatib qо‘yishi mumkin.

  • Tо‘xtatishi, vaqtinchalik tо‘xtatishi yoki har qanday chetdan bо‘lgan aralashuvga matchni umuman tо‘xtatib qо‘yish mumkin.

  • Matchni tо‘xtatadi, agar uning fikricha о‘yinchi jiddiy jaroxat olgan va о‘yinchini maydondan olib chiqilishini ta’minlaydi.

  • Agar uning fikricha о‘yinchi unchalik ahamiyatga ega bо‘lmagan jaroxat olgan bо‘lsa tо‘p о‘yindan chiqmaguncha о‘yinni davom ettirishiga ruxsat berishi mumkin.

  • О‘yinchidan qon oqayotgan bо‘lsa, uning maydondan chiqishini ta’minlaydi.Xakam qon oqishining tо‘xtaganiga ishonch xosil qilib, signal berganidan sо‘ng о‘yinchi maydonga qaytishi mumkin.

  • Qachonki о‘yinchi birdaniga bir nechta qoida buzilishiga yо‘l qо‘ysa, uni muhimrok ( og‘irroq ) bо‘lgan qoida buzilishi uchun jazolaydi.

  • Ogoxlantirishi yoki chiqarib yuborish bilan jazolanadigan qoida buzilishlariga yо‘l qо‘ygan о‘yinchilarga nisbatan intizom choralarini qabo’l qiladi. U bunday choralarni tez qabo’l qilishga majbur emas, lekin tо‘p о‘yindan chiqqan zaxotiyoq qabo’l qilishi keark.

  • О‘zlarini tarbiyali, madaniyatli tutmagan jamoa rasmiy kishilarga nisbatan chora qabo’l qiladi va о‘z ixtiyoriga kо‘ra maydondan ( texnik zonadan ) chiqarib yuborishi mumkin.

  • Xakam о‘zi kо‘rmay qolgan xolatlar bо‘yicha о‘z yordamchilari tavsiyasiga asoslanib harakat qiladi.

  • Begona shaxslar maydonda bо‘lmasliklarini ta’minlaydi.

  • Match vaqtinchalik tuxtatilgandan keyin uni yangilaydi.

  • Match davomida о‘yinchilarga yoki jamoaning rasmiy shaxslariga nisbatan qо‘llanilgan intizom choralari va har xil matchdan oldin, match davomida yoki matchdan sо‘ng yuz bergan xolatlar bо‘yicha tegishli tashqilotga bildirishnoma beradi.

Hakam qarori.


О‘yinga bog‘liq voqealar bо‘yicha xakam qarori qat’iy hisoblanadi. Hakam о‘z qarorini faqat shunday xolatlarda о‘zgartirishi mumkin, agar u qarorini xato ekanligini yoki yordamchilari tavsiyasi bilan tushunib yetsa, lekin shu shart bilanki u xali о‘yinni yangilamagan bо‘lsa

Hakam yordamchilari.


Majburiyati.
Ikkita hakam yordamchisi tayinlanadi va ularning vazifasiga ( hakam qaroriga bog‘liq ) signal berish kiradi:?

  • Qachonki tо‘p maydon chizig‘idan tashqariga tо‘liq chiqsa.

  • Qaysi jamoa burchak tо‘pi, darvozadan zarba yoki tо‘p tashlash xuquqiga ega.

  • Qachon о‘yinchi о‘yindan tashqari xolatda bо‘lganligi uchun jazolanadi.

  • Qachonki о‘yinchi almashtirish tо‘g‘risida iltimos bo’lsa.

  • Hakam kо‘rish maydonidan tashqarisida yuz bergan intizomsiz xulk yoki boshqa har qanday xolatlar bо‘yicha.

  • Qachonki qoida buzilishi sodir etilganda bosh hakamdan kо‘ra shu joyga hakam yordamchilari yaqin bо‘lgan xolatlarda ( qisman jarima maydonida yuz bergan qoida buzilishlari ham kiradi.)

  • Shunday hollarda ya’ni qachonki 11m jarima tо‘pi bajarilayotganda darvozabon tо‘pga zarba berilishidan oldin joyidan oldinga siljisa, tо‘p esa chiziqni kesib о‘tsa.

Adabiyotlar ro’yxati

  1. Normurodov A.N. «Jismoniy tarbiya» oliy o’quv yurtlari uchun darslik. T.: «O’zbekiston», 2011 yil. 

  2. Normurodov A. N. «Yengil atletika» TOSHDSHI 2012 yil.

  3. Safarova D.D. «Praktikum sportivnoy morfologii», T.:2014 

  4. YUnusov YU.M. Teoriya i metodika fizicheskoy kulturi (uchebnik).T.: 2017 g. 

  5. Ueynberg R.S., Gould D.. Osnovi psixologii sporta i fizicheskoy kultur
    (uchebnik).R.:2001 

Download 69.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling