Futbol o’yini tarixi va hozirgi futbol qoidalari
Download 22.36 Kb.
|
maqola 2.FUTBOL.docx.Djaborova Gulnoza Abduvahobovna rishton.7-maktab
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Futbol toʻpi futbolda oʻynaluvchi sharsimon toʻpdir. Futbol qoidalariga koʻra toʻpning aylanasi 68-70 sm, massasi 410—450 g, ichki havo bosimi 55-80 kPa, usti charm yoki shunga oʻxshash material bilan qoplangan boʻlishi zarur.[1]Futbol toʻplarini bir qolipga keltirish 1863-yilda, toʻplarning qanday boʻlishi haqidagi qoidalar joriy etilishi bilan boshlandi. 1872-yili bu qoidalarga oʻzgartirishlar kiritildi.Hozirgi toʻplar 32 yoqli sharsimon ikosaedr shaklidadir, ulardan 12 tasi muntazam beshburchak, 20 tasi muntazam oltiburchakdir.Futbol toʻplari avval boshda bir rangli: jigarrang, oq boʻlgan. 1960-yillarda oq-qora televideniyedagi futbol matchlari efirlari uchun toʻplar oq-qora rangga boʻyala boshlandi. Rangli televideniya yoyilishi bilan bu odat keraksiz boʻlib qolib, endilikda toʻplar har xil ranglarga boʻyalmoqda.
Oʻzbekistonda 20-asr boshlaridan zamonaviy F. qoidalari asosida oʻyinlar oʻtkazilgan. 1912-yilda Qoʻqonda birinchi F. jamoasi tuzildi. Keyinroq Fargona, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan shaharlarida ham F. jamoalari paydo boʻldi. 20-asrning 20-yillaridan mamlakatimizda turli toifadagi musobaqalar (1937-yildan Oʻzbekiston birinchiligi) muntazam ravishda oʻtkazila boshlandi. 1956-yilda Toshkentda „Paxtakor“ jamoasining tashkil etilishi va shu nomdagi stadion qurilishi respublikada F.ning rivojlanishiga turtki boʻldi. 20-asrning 80-yillaridan Oʻzbekistonda F.chilarning yangi avlodini tarbiyalashga kirishildi. M. Qosimov, I. Shkvirin, A. Abduraimov, M. Shatskix Oʻzbekistondagina emas, Osiyo va boshqa qitalarda ham nom qozondilar. 1959-yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston futbol federatsiyasi 1992-yilda (keyin 2001-yilda) qayta roʻyxatdan oʻtdi. 1992-yildan F. boʻyicha Oʻzbekiston milliy chempionati va kubogi, turli toifadagi musobaqalar oʻtkazib kelinyapti, F. jamoalarining xalkaro uchrashuvlarda ishtirok etishi taʼminlanayapti. Vazirlar Mahkamasining „Oʻzbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish tadbirlari toʻgʻrisida“ (1993-yil 18 mart) hamda „Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida“ (1996-yil 17 yanv.)gi qarorlari F.dagi yutukdarga zamin yaratdi. Fargʻonaning „Neftchi“ klubi MDH kubogining finaliga chiqdi (1994), „Paxtakor“ klubi Osiyo chempionlar ligasi yarim finalida oʻynadi (2003, 2004), mamlakat yoshlar terma jamoasi jahon chempionati final bosqichida qatnashdi (2003), Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo oʻyinlari (1994) va AfrikaOsiyo oʻyinlari (2003) gʻolibi boʻldi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda 36 ta (oliy va birinchi ligada) professional klub bor (2004). 2ligada 196 ta jamoa shunday makomga erishish uchun mamlakat birinchiligida qatnashyapti. F. klublari qoshida 18 ta F. internat maktablari, kollejlari faoliyat koʻrsatyapti, ularda 2000 dan ziyod oʻquvchi shugʻullanadi. Shuningdek, F.ga ixtisoslashgan bolalaroʻsmirlar sport maktablari ishi yaxshilandi. F. universiada, „Barkamol avlod“ va „Umid nihollari“ musobaqalari dasturlaridan urin olgan. Bolalaroʻsmirlar oʻrtasida respublikada oʻtkaziladigan „Futbol gʻunchasi“ musobaqalarida 692 jamoada 13840, „Futbolimiz kelajagi“ musobaqalarida 15035 jamoada 300700 oʻyinchi ishtirok etdi (2004). Ayollar oʻrtasida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida Andijonning „Andijanka“, Namanganning „Gulbahor“, Qarshining „Sevinch“ jamoalari yetakchilik qilib keladi. Faxriy F.chilar oʻrtasida ham muntazam ravishda musobaqalar uyushtiriladi. Jismoniy qobiliyati cheklangan F.chilar oʻrtasida Toshkentning „Matonat“ jamoasi (hozirgi „Baynalmilal“) jahon kubogini qoʻlga kiritgan (1991). Hozirgi kunda respublikada 362 ta stadion, 7113 ta F. maydoni mavjud, 460658 kishi (ulardan 4642 nafari ayollar) F. bilan shugʻullanadi, 1916 nafar murabbiy faoliyat koʻrsatadi (2004). „Oʻzbekiston futboli“ (Toshkent), „FutbolEkspress“ (Andijon), „Asr futboli“ (Namangan), „Inter futbol“ (Kosonsoy), „Boks plyus futbol“ (Toshkent) kabi ixtisoslashgan gazetalar chiqib turibdi. S. Arutyunov, Ye. Valitskiy, A. Keller, M. Akbarov, R. Akramov, Yu. Sarkisyan, M. Rahimov kabi murabbiylarning oʻzbek F. i ravnaqida xizmati katta. I. Toshmuhamedov, A. Imomxoʻjayev, B. Belozyorov, N. Rizametov, B. Haydarov singari tajribali hakamlar ishini davom ettirayotgan R. Ermatov va I. Kutsillo rasmiy nufuzli xalqaro musobaqalarni boshqarishdi. F.ning turlaridan biri minifutbol (futzal) dir. Maydonining oʻlchami 28-40 x 16-20 m, darvozasining oʻlchami 3x2 m, toʻpining ogʻirligi 400-600 g, aylana diametrining uz. 60-62 sm, oʻyinning sof vaqgi 40 daqiqa (20 daqiqadan 2 budim), jamoalar musobakalarda 12 tadan F.chini roʻyxatga kiritishadi, maydonga chiqqan ikkala jamoada ham 5 tadan F.chi (bittadan darvozabon) qatnashadi. MiniF. boʻyicha jahon chempionati 1989-yildan, Osiyo chempionati 1998-yildan boshlab oʻtkaziladi. Oʻzbekiston miniF. chempionati 1997-yildan boshlangan. Murabbiy R. Abdiyev boshchiligidagi Oʻzbekiston miniF. jamoasi Osiyo chempionatida 2oʻrinni egallagan (2001, Tehron). FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1.Sport va milliy o’yinlar.Nurimov R.I, Abidov Sh.U, Nurimov Z.R, Davletmurodov S.R Toshkent 2015 2. Planeta futbola, M., 2002; Safarov V. A., 3. Match dlinoyu v 40 let, T., 1996; 4.Futbol — quvonchim, dardim, faxrim, Imomxoʻjayev A., T., 1996; 5. Pravila igri v futbol, T., 2002 Download 22.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling