Futbol sport turi bo'yicha musobaqalar Reja: Futbol musobaqalarining umumiy qoidalari 2 Futbol hakamlarining huquqi va majburiyatlari


II-BOB FUTBOL MUSOBAQALARINI REJALASHTIRISH VA O’TKAZISH


Download 477.02 Kb.
bet15/32
Sana16.06.2023
Hajmi477.02 Kb.
#1516126
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
Bog'liq
Futbol sport turi bo\'yicha musobaqalar

II-BOB FUTBOL MUSOBAQALARINI REJALASHTIRISH VA O’TKAZISH

O’zbekiston respublikasi prezidentining Qarori


2011-2013 yillarda respublikada futbolning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida
Mamlakatimiz futbolining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, futbol bo’yicha maktab-internatlarda, bolalar va o’smirlar maktablarida, professional klublarda va terma jamoalarda o’quv-mashq jarayonining yuksak sifatini ta’minlash, futbolchilar, trenerlar hamda hakamlarning mahorat va malaka darajasini oshirish, shuningdek respublika aholisining keng qatlamlari o’rtasida futbolni faol targ’ib qilish hamda ommalashtirish maqsadida:
1. 2011 — 2013 yillarda respublikada futbolning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin. Unda quyidagilar nazarda tutiladi:
respublika shaharlarida faoliyat ko’rsatayotgan stadionlarning, shuningdek professional futbol klublari huzuridagi bolalar va o’smirlar maktablari sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni rekonstruktsiya qilish, yangi stadionlar qurish, zarur uskunalar va anjomlar bilan jihozlash hamda tegishli infratuzilmani yaratish;
bolalar va o’smirlar jamoalari uchun nomzodlar, professional futbol klublari va O’zbekiston terma jamoalari uchun zaxira tayyorlashning asosiy bo’g’inlari sifatida futbol bo’yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni hamda professional futbol klublari huzuridagi bolalar va o’smirlar sport maktablarini rivojlantirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
to’laqonli ilmiy-metodik rahbarlikni, o’quv-mashq jarayonlari sifatini hamda respublikada futbolni rivojlantirishdagi an’analar davomiyligini va xalqaro maydonlarda yuksak natijalarga erishishni ta’minlashi lozim bo’lgan yuqori malakali trenerlar, hakamlar, sport vrachlari hamda boshqa futbol mutaxassislarini tayyorlash, ularni davriy attestatsiyadan o’tkazish mezonlari va metodologiyasini ishlab chiqish;
mamlakatimiz futboli to’g’risidagi axborotlarni etkazish va targ’ib qilishni yanada takomillashtirish, futbol musobaqalarini yoritishga ixtisoslashgan malakali jurnalistlar, sharhlovlar, rejissyor va teleoperator kadrlarni tayyorlash.
Ushbu qarorning 1-ilovasida nazarda tutilgan tadbirlarning o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun hududiy futbol federatsiyalari prezidentlari hisoblangan Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek mas’ul ijrochilar — respublika vazirliklari, idoralari va xo’jalik birlashmalarining rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
[ОКОЗ:
1.02.00.00.00 Давлат бошқаруви асослари / 02.08.00.00 Иқтисодиёт, ижтимоий-маданий қурилиш соҳасидаги давлат бошқарувининг умумий масалалари / 02.08.01.00 Давлат дастурлари, концепциялар ва бошқалар]
2. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo’yicha Respublika komissiyasi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*2-ilova berilmaydi.
Respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoev) 2011 yilning 10 fevraliga qadar 2011 — 2013 yillarda futbolni yanada rivojlantirish bo’yicha hududiy va tarmoq dasturlari ishlab chiqilishi hamda komissiya majlisida tasdiqlanishini ta’minlasin.
3. O’zbekiston oliy liga professional futbol klublari tomonidan 3-ilovaga* muvofiq respublika korxonalari va tashkilotlari bilan bosh homiylik to’g’risida bitimlar tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
4. O’zbekiston Futbol Federatsiyasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi va O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2011 yilning I yarim yilligida Qarshi shahrida futbol bo’yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etish to’g’risidagi taklifiga rozilik berilsin.
5. O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O’zbekiston Milliy axborot agentligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi hamda O’zbekiston matbuot va axborot agentligi O’zbekiston Futbol federatsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi, «Mahalla» jamg’armasi hamda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati bilan birgalikda:
(5-bandning birinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 30 oktyabrdagi PF-4578-sonli Farmoni tahririda — O’R QHT, 2013 y., 45-son, 584-modda)
ommaviy axborot vositalarida respublikada futbolning muntazam va tizimli asosda faol targ’ib qilinishini va ommalashtirilishini ta’minlasinlar;
2011 — 2013 yillar mobaynida oliy liga futbol klublari stadionlarida radio va telesharhlovchilar uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlangan maxsus xonalar tashkil etsinlar, futbol o’yinlarining televidenie va Internet tarmog’i orqali to’g’ridan-to’g’ri uzatilishini ta’minlasinlar;
sport internet-jurnalistikasini qo’llab-quvvatlash, vatanimiz futbolini targ’ib qilishga ixtisoslashayotgan mavjud va yangidan ochilayotgan veb-saytlarni moddiy rag’batlantirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
6. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston Futbol federatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda respublikaning ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarining hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining tegishli fakultetlari negizida sport, shu jumladan futbol sohasiga ixtisoslashgan professional jurnalistlar, sharhlovchilar, rejissyorlar va teleoperatorlar tayyorlash hamda qayta tayyorlash tizimini shakllantirish yuzasidan takliflar tayyorlasin va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasida futbolni rivojlantirishni davlat tomonidan yanada qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida» 2009 yil 3 dekabrdagi 304-son qarori 6-bandining uchinchi xatboshi o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoev zimmasiga yuklansin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Download 477.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling