Футбол тўҒрисида чиқҚан қонунни ҳаётга тадбиқ этиш


Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 1.19 Mb.
bet2/8
Sana08.03.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1254101
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'zbekistonda futbolni rivojlanishi sportchilarning erishgan yutuqlari

Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash va tayyorlashning samarali tizimini yaratish, milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini shakllantirish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo‘yicha trener va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5368-son Farmoniga muvofiq: 


1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va “O‘zbekneftgaz” AJning: 
“Bunyodkor” stadionini barcha bino va inshootlari majmuasi bilan birga (keyingi o‘rinlarda “Bunyodkor” stadioni deb yuritiladi) futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar uchun o‘quv-mashq jarayonini tashkil qilish va sport musobaqalari va boshqa tadbirlarni o‘tkazish yuzasidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining asosiy bazasi etib belgilash; \
istiqbolli yosh futbolchilarni keyinchalik professional tarzda tayyorlash hamda futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini yaratish maqsadida joylarda ularni tanlab olish (seleksiya) ishlarini amalga oshiruvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari, shuningdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasini tashkil qilish; 

bolalar va o‘smirlar sport maktablariga ishga qabul qilinadigan futbol bo‘yicha trenerlar nomzodlarini O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan majburiy kelishish tartibini joriy etish


O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Futbol bo‘yicha trener va hakamlarni tayyorlash respublika maktabini tugatib, futbol bo‘yicha trener va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish vazifasini O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga yuklash
O‘zbekiston Futbolini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiallarini tugatish hamda bo‘shagan mablag‘larni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga yo‘naltirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 
2. 2018 – 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 
3. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining: 
fuqarolar yig‘inining voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiyasi rahbarlari vazifasini fuqarolar yig‘inlari raislari o‘rinbosarlari – yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilar zimmasiga yuklash
fuqarolar yig‘inlari raislarining o‘rinbosarlari – yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarni O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mablag‘lari hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari qo‘llab-quvvatlansin. 


Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling