Futbolchilarda tеzkorlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantiruvchi xususiyatlar


Download 339 Kb.
bet9/15
Sana05.10.2023
Hajmi339 Kb.
#1692786
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Туланбоев Ф БМИ

Bob boʻyicha xulosalar
Shugʻullanuvchilar bilan oʻtkazilgan suxbatda ularning futbol oʻyini boʻyicha nazariy bilimlari yetarli darajada emasligi aniqlandi.
Futbolchilarning jismoniy rivojlanishi tayyorgarligi va jismoniy sifatlarini meʻyor darajasida emasligi maʻlum boʻldi.
Futbol toʻgaraklarida shugʻullanayotgan futbolchilarning tayyorgarliklarini aniqlangandan keyin mashgʻulotlarni reja asosida tashkil qilinishi va oʻtkazilishi natijasida bolalarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligini yaxshilanganligi aniqlandi.
II BOB. TADQIQOT OʻTKAZISH USLUBIYOTI VA TASHKIL QILINISHI
2.1. Tadqiqot ishining uslublari
A) Ilmiy – uslubiy adabiyotlar taxlili
B) Pedagogik kuzatish
V) Jismoniy rivojlanish
G) Jismoniy tayyorgarlik
D) Pedagogik tajriba
Y) Matematik statistik usullar
2.2. Ilmiy adabiyotlarni oʻrganish va amaliy tajribalarni umumlashtirish
Futbolchilarni jismoniy sifatlarini rivojlantirishga, jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligini aniqlash usullariga oid boʻlgan ilmiy–uslubiy, pedagogik– fiziologik soxadagi adabiyotlardan materiallar toʻplanib taxlil qilindi va umumlashtirildi. Taxlil jarayonida futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi, rivojlanishi oʻrganiladi.
Amaliy tajribalarni umumlashtirish maqsadida sport toʻgaraklarida yosh futbolchilar bilan Shugʻullanuvchi murabbiylar bilan bolalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi boʻyicha suxbatlar qilindi hamda umumlashtirildi.
2.3. Pedagogik kuzatishlar.
Pedagogik kuzatishlar asosan Oʻzbekiston tumanidagi bir qator umumiy oʻrta taʻlim maktablarida oʻtkaziladi. Bunda asosan maktabdagi futbol boʻyicha sport toʻgaraklari ish faoliyati, murabbiylar tomonidan tashkil qilinayotgan mashgʻulotlar jarayonida kuch va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishga oid ishlar kuzatiladi.
2.4. Tadqiqot ishini tashkil etish
Tadqiqot 2022-2023 oʻquv yilida Oʻzbekiston tumanidagi 17-58-umumiy oʻrta taʻlim maktablarida oʻtkazildi. Tadqiqot ishida 24 ta yosh futbolchi ishtirok etdi. Tadqiqot sentyabr oyidan aprel oyigacha davom etdi.

Download 339 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling