G. A. Ergasheva Kichik yoshdagi bolalarni


Download 28.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet76/101
Sana26.10.2023
Hajmi28.76 Kb.
#1724758
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   101
Bog'liq
2021-2-сон

Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №2)
ISSN 2181-1709 (P)
136 
Education and innovative research 2021 y. №2
sur’atlar bilan kirib borayotgan bir paytda, jismoniy tarbiya va sport alohida 
ahamiyat kasb etmoqda. Ko‘plab ishchilarning ishi asta-sekin mashinani 
boshqarish darajasiga tushiriladi. Bu ishchilarning mushaklarning faolligini 
pasaytiradi va ularsiz inson tanasining ko‘plab organlari pasaygan darajada 
ishlaydi va asta-sekin zaiflashadi. Mushaklarning bunday yuklanishi jismoniy 
tarbiya va sport bilan shug‘ullanadigan kishi tomonidan qoplanadi. Olimlar 
jismoniy tarbiya va sport mehnat unumdorligiga foydali ta’sir qilishini 
aniqladilar. Sport bilan shug‘ullanadigan jismoniy va aqliy ishchilar uchun 
charchoq band bo‘lmaganlarga qaraganda ancha kechroq sodir bo‘ladi. Ko‘p 
yillik ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, sport bilan shug‘ullanadigan ba’zi 
kasblar tezda yuqori malakaga ega bo‘ladi.
Aslida jismoniy madaniyatning jamiyatdagi maqsadi faqat insonparvarlikka 
qaratilganligini, tarixiy ilmiy asarlarda shuningdek diniy manbalarda, ( 3,4,5,6 
) xususan Hadislarda ham o‘z isbotini topgan. Mutaxasislar (L.P.Matveyev, 
A.D. Novikov, B.A.Ashmarin, A.S.Xolodov, Rafiyev X.T, A.Abdullayev,R.
Abdumalikov, v.b ) tomonidan berilgan tariflar,sohaga oid mavjud lug‘atlar
va ensiklopediyalardagi malumotlarga tayanib, jismoniy madaniyat
umumiy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanib u jismoniy tarbiya, sport,
sport faoliyati, sport musoboqalari, jismoniy tarbiya va sport talimi uning
vositalari, metodlari,sport inshootlari,sport jihozlari, jismoniy tarbiya va
sport tizimi kabi sohaga oid barcha tushunchalar va faoliyat turlarini qamrab
oladi, - degan xulosaga kelish mumkin. Shuning uchun ham biz mazkur
masala yuzasidan olib boradigan fikr mulohazalarimizni jismoniy madaniyat
atamasi orqali yoritishni lozim topdik.
Hozirgi jamiyatda aholi jismoniy madaniyati tizimining asosiy buguni 
bu talim tizimi jismoniy madaniyati xisoblanadi. Vaholanki, deyarlik butun 
dunyoda bolalar va yoshlar amaldagi talim tizimida o‘qiydi tarbiyalanadi 
belgilangan bosqichlarni bosib o‘tadi va voyaga yetadi. Bizning mamlakatimizda 
ham zamonaviy talablar asosidagi talim turlari yo‘lga qo‘yilgan va bolalar va 
yoshlarni tuliq qamrab olgan. Talimning turlari quyidagilardan iborat (Yangi 
tahrirdagi O’zbekiston Respublikasining “Talim to‘g‘risidagi Qonuniga ko‘ra 
2020. 23. 09) maktabgacha talim va tarbiya, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus 
talim, professional talim, oliy talim, oliy talimdan keyingi talim, kadrlarni 
qayta tayorlash va malakasini oshirish, maktabdan tashqari talim. Har bir 
talim turi bosqichi jismoniy madaniyati o‘ziga xos maqsad va vazifalarni 
amalga oshiradi. Jismoniy tarbiyaning maqsadi odamni bolalik davridan 
boshlab, jismoniy komolotini shakllantirish,salomatligini mustaxkamlash
va ishchanlik qobiliyatini oshirishdan iborat.
Jismoniy madaniyatning maqsadi jamiyatda sohaga oid barcha yunalishlarni 
jamiyat taraqqiyoti bilan birgalikda, yani bu degani nafaqat shaxs tarbiyasini, 
balkim yuqorida keltirilgan sohaga oid barcha yo‘nalishlarni birgalikda 


Образование и инновационные исследования (2021 год №2)
ISSN 2181-1717 (E)
http://interscience.uz 
137
rivojlantirib borishdan iborat. Talim tizimida jismoniy madaniyatning maqsad 
vazifalarini o‘rganishda bazi mamlakatlarninig tizimning dastlabki bosqichi 
bo‘lgan maktabgacha va boshlang‘ich sinflar jismoniy tarbiya tajribalari 
o‘rganildi, jumladan: Rossiya federatsiyasida maktabgacha va boshlang‘ich 
sinflar jismoniy madaniyati quyidagi maqsad vazifalarni amalga oshiradi: 
- maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar jismoniy madaniyatiga
qaratiladigan asosiy jihatlar quyidagilardan iborat: 
- bolalarni jismoniy mashqlarga va sog‘lom turmush tarziga ijobiy va
faol yondoshuvini shakllantirish; 
- jismoniy madaniyatga ongli ravishda qiziqish va sog‘lom turmush
tarziga ijobiy yondoshuvini shakllantirish; 
- dastlabki harakat ko‘nikmalarini, harakatlar koordinatsiyasini, qaddu
qomatni to‘g‘ri tutishni, turli sport o‘yinlari va musoboqalarida ishtirok 
etishga intilish, ularni tashkilotchisi bo‘lish va belgilangan tartib qoidalarga 
amal qilish odatlarini shakllantirish;
- jismoniy mashqlar va turli o‘yinlar jarayonida xavfsizlik qoidalariga
amal qilishga doir dastlabki tushunchalarni shakllantirish. 
Xitoy xalq Respublikasida jismoniy tarbiya tizimida maktabgacha 
yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda quyidagilarga asosiy etibor 
qaratilgan: 
- yosh xususiyatiga ko‘ra jismoniy rivojlanishning asosiy bosqichi
bo‘lgan keyingi davrga tayyorlash; 
- bolaning ijtimoiy sifatlarini shakllantirish (qatiyatlilik, to‘g‘riso‘zlik,
javobgarlik hissi, haqiqatgo‘ylik, o‘zaro hamkorlik qilish v.b)
- jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishga qiziqishini va faol turmush
tarzini kechirishni shakllantirish; 
- zaruriy harakat malakalarini rivojlantirish va xavfsizlik qoidalariga
rioya qilish bo‘yicha dastlabki tushunchalarni berish. 
Yaponiya jismoniy tarbiya tizimida kichik maktab yoshidagi bolalar 
jismoniy tarbiyasi quyidagi vazifalarni bajarishini zarur deb hisoblaydi; 
- zaruriy harakatlarni rivojlantirish ;
- aqliy rivojlantirish;
- atrof muhitga va odamlarga to‘g‘ri munosabatni shakllantirish;
- amaldagi jamoa tartib koidalariga katiy amal qilishga zrgatish.
Finlandiyada maktabgacha yoshdagilar jismoniy tarbiyasining asosiy
vazifasi: 
-bolalarni asosiy va zaruriy harakat malaka, ko‘nikmalariga moslashtirish,
takomillashtirish; 
- bolalarni jismoniy mashqlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish;
- bolalarda jismoniy tarbiya va sportga ongli yondoshuvini


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №2)
ISSN 2181-1709 (P)
138
Education and innovative research 2021 y. №2
shakllantirishdan iborat. 
Mamlakatimizda xam maktabgacha va boshlang‘ich talim yoshidagi 
bolalarning jismoniy madaniyatining o‘ziga xos maqsad vazifalari mavjud, 
ammo bu tizimni yanada takomillashtirishga qaratilgan zamonaviy aniq 
maqsad vazifalarini belgilab olish zarurati mavjud. 
Chunki mamlakatimizda talim tizimi tubdan isloh etilishi natijasida 
maktabgacha yoshdagi bolalar talim tarbiyasiga qo‘yilayotgan talablar ham 
yangicha bo‘lishini taqozo etmoqda. Albatta takomillashtirilgan zamonaviy 
jismoniy madaniyatni joriy etishda shu davrgacha orttirilgan tajribalar asosida 
shakllantirilishi va rivojlantirilishi zarur. 
Talim tizimi jismoniy madaniyatining keyingi bosqichlarida ham o‘ziga 
xos maqsad vazifalari belgilab berilgan bo‘lib, jismoniy tarbiya uzluksiz 
ravishda amalga oshiriladi. (tizimning keyingi bosqichlarining maqsad 
vazifalari muommolari yuzasidan alohida malumotlar beriladi) 
Mavjud talim tizimi davomida jamiyatda har tomonlamia barkamol 
shaxsni tarbiyalash maqsad qilib olingan. Shunday ekan jismoniy madaniyatni 
ushbu tizimning ajralmas tarkibiy qismi sifatida qarash va uni muntazam 
ravishda takomillashtirib borish zarur.Talim tizimining barcha bo‘g‘inlari 
jismoniy madaniyatiga alohida bir fan sifatida qarash va uning uzviyligini 
taminlash orqali talim –tarbiyada ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1 Uzbekiston Respublikasi prezidentining “ Uzbekiston Respublikasida 
jismoniy tarbiya va sportnitni yanada takomillashtirish va ommalashtirish 
chora tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni. 2020- y. 24- yanvar. 


Образование и инновационные исследования (2021 год №2)
ISSN 2181-1717 (E)
http://interscience.uz 

Download 28.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling