G. A. Nadson va G. S. Filippov (1925) achitqi zamburug`lariga rentgen nurlarini ta`sir ettirib, yangi mutantlar olishga muvaffaq bo`lganlar. Ulardan keyin M. N. Meysel (1928 32 yillarda) achitqilarga xloroform va k


MIKROORGANIZMLARNING O`ZGARUVCHANLIGI TO`G`RISIDAGI MA`LUMOTLAR


Download 97.5 Kb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi97.5 Kb.
#1057028
1   2   3   4
Bog'liq
MIKROORGANIZM

MIKROORGANIZMLARNING O`ZGARUVCHANLIGI TO`G`RISIDAGI MA`LUMOTLAR
XIX asrning o`rtalaridan boshlab mikroblarda tabiiy saqlanib kelayotgan turlari borligi to`g`risida ikki qarama-qarshi tushuncha yuz berdi: monomorfistlar va polimorfistlar. Monomorfizm oqimining asoschilari nemis olimlari Kon va Kox edilar. Ularning ta`limotiga ko`ra mikroblarning morfologik va fiziologik xususiyatlari xech bir o`zgarmaydigan xususiyat deb hisoblangan. Agar bir turdagi mikrob biron ta`sir ostida morfologik yoki fiziologik jihatdan ozmi-ko`pmi o`zgarsa, monomorfizm tarafdorlari bu mikrobni boshqa turdagi mikrob deb hisoblashar edilar. Monomorfizm fan sohasida tabiiyot haqida xukm so`rib kelgan umumiy nazariyaning bir shoxobchasidir.
XVIII asrda paydo bo`lgan ayrim nazariyalarga qaraganda bir organizmning kelajakda qanday bo`lishi usha organizmning dastlabki uruglik hujayrasida belgilanib qo`yilgan bular emish. O`simlik va hayvon organizmlaridagi turli xususiyatlar ularning dastlabki zotida belgi­lanib qo`yilgan xususiyatlarning yuzaga chiqishidan iborat deb hisoblaganlar va shu xususiyatlar mikroblarda ham bor deb kelishgan. Bu mikroblarning yashashi atrof muhitga chambarchas bog`liq ekani va muhit ta`sirida mik­roblarning moddalar almashtirishi va boshqa xususiyatlarining o`zgarib, ularning nasldan-naslga o`tishini inkor etuvchi noto`g`ri idealistik nazariya edi. Shuningdek bu dialektika konunlarini biologiyaning muhim masalalariga tadbik qila olmaganligi natijasida yuzaga kelgan xato nazariya edi.
Polimorfizm (pleomorfizm) monomorfizmga qarshi oqim bo`lib, bu nazariyani Negeli (1877) ilgari so`rgan edi.
Pleomorfizm (polimorfizm) tarafdorlari, aksincha, mikrob juda o`zgaruvchandir va uning bir qator mustaqil doimiy xususiyatlari yo`q, bir mikrob kokk shaklida bo`lsa, payti kelganda u tayoqcha shakliga, tayoqchadan egilgan shaklga o`tishi mumkin, bir turdagi mikrobning o`zi payti kelsa turli achish jarayonlarini vujudga keltiradi, shundan tashqari shu bir xil mikrob kokk shaklida bo`lganda bir kasallikni qo`zg`asa, tayoqcha shakliga aylanganda boshqa bir xil kasallikni vujudga keltiradi, degan fikrda bo`lishgan. Pleomorfistlar mikrob shu qadar o`zgaruvchandirki, ularning mustaqil turlari yo`q deyishgacha yetib borishgan va shu bilan birga ular ayrim belgilarning nasldan-naslga o`tishini va mikroblarda rivojlanish, ya`ni evolyutsiya bo`lishini inkor etganlar. Natijada morfizm tarafdorlari ham mikrobdagi o`zgaruvchanlikning sababini va o`zgaruvchanlikning darajasini to`g`ri tushuna olmadilar. Bu oqim ham dialektik materializm qonunlarini mikroblarga nisbatan to`g`ri tadbik qila olmagan yanglish bir oqimdir.
Fan taraqqiy etib, mikroblarni tekshirish usullari rivojlanishi natijasida mikroblarning alohida sof kulturasini ajratib olish va har bir turdagi mikrob tashqi muhit ta`sirida ma`lum darajada o`zgarishi va bu o`zgarishlarning ma`lum qonuniyatlari borligi aniqlandi. O`zgarish natijasida paydo bo`lgan yangi xususiyatlar nasldan-naslga o`tishi isbotlandi va shu bilan mikroblar­da ham evolyutsion taraqqiyot borligi aniqlandi. I.I.Mechnikov mikroblarning yashash sharoiti o`zgarishi bilan ularning xususiyatlari ham o`zgarishi ni va paydo bo`lgan yangi xususiyatlarining nasldan-naslga o`tishini aniqlab, Darvinning evolyutsion nazariyasining mikrobiologiyada katta ahamiyati borligini isbotlab berdi. Mikrobning yashash sharoiti o`zgartirilganda uning patogenlik xususiyati yuqolishi va natijada patogenli mikrobdan apatogenli mikrob paydo bo`lishi ko`p tajribalarda isbotlandi. Masalan, L. Paster va Tsenkovskiylar kuydirgi kasalligini qo`zg`atuvchi mikroblar uchun noqulay hisoblangan 42,5° temperaturada ustirib mikrobning patogenlik kuchini o`zgartirib vaktsina tayyorlash yo`lini topganlar.
Micho`rin ta`limotiga asoslanib mikroblarni maksadga muvofik tomonga o`zgartirish natijasida hozirgi vaqtda poliomielit, sil, brutsellez, toun, tulyaremiya kasalliklarini qo`zg`atuvchi mikroorganizmlardan ham patogenlik xususiyati pasaytirilgan tirik vaktsinalar tayyorlash usullari topildi. Shuningdek, odam mikrobni istaganicha o`zgartirishi, mikroblarning patogenlik xususiyatini pasaytirib, ulardan tayyorlangan vaktsinalardan foydalanib, turli yuqumli kasalliklardan saqlanish, ya`ni sun`iy immunitet hosil qilish yo`llari yanada kengaytirilmokda. Shuning uchun mikroblarning o`zgaruvchanlik xususiyati falsafiy va nazariy jihatdan katta ahamiyatga zga bo`lishi bilan birga, u meditsina va veterinariyaning kundalik amaliy faoliyatida ham mikrobiologik diagnozda, vaktsina tayyorlashda juda muhim masala bo`lib koldi.
Mikroorganizmda morfologik, kultura, bioximik va antigenlik o`zgarishlar yuz beradi. Masalan, mikroorganizmga ximiyaviy moddalar yoki biror biologik omil yomon ta`sir etsa mikrob odatdagi shaklini o`zgartiradi va bunday mikrobda bo`yalish, patogenlik va ko`payish xususiyatlari ham o`zgaradi, ba`zan bu xususiyatlar butunlay yuqolishi ham mumkin. Bunday hol involyutsiya deyiladn va buning natijasida o`zgargan shakllarni mikrobning involyutsion shakllari deyiladi.
Mikroblarning involyutsion shakllari ko`pincha vaqtincha o`zgarishdan kelib chiqqan bo`ladi. Involyutsion shakllarning paydo bo`lishiga sabab bo`lgan ioqulay sharoit tezda o`zgarib, mikrob uchun normal sharoit vujudga kelsa, mikrobning shakli va xususiyatlari qaytadan avvalgi holiga keladi. Sharoiti noqulay tomonga o`zgargan ba`zi mikroblarda, masalan, vabo vibrioni, kuydirgi batsillasida tezda involyutsion shakllar paydo ,bo`ladi va aksincha, qorin tifi va paratif kasalligini qo`zg`atuvchi bakteriyalarda involyutsion shakllar paydo bo`lmaydi. Bu hodisa mikroblarning o`zgargan sharoitga bir qadar chidamli bo`lishiga bog`liq.



Download 97.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling