G. A. Rahimova Nizomiy nomidagi tdpu magistri
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq613-618
- Bu sahifa navigatsiya:
- OILALARDAGI INQIROZLAR YOSHLARNING OILAVIY HAYOTGA MOSLASHUV JARAYONI SIFATIDA G.A. Rahimova Nizomiy nomidagi TDPU magistri
Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной личности в годы устойчивого социально- экономического развития общества» “Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий ривожланиш йилларида замонавий шахс ривожланишининг психологик хусусиятлари” Материалы международной конференции. Ташкент. 24 ноября 2021г 613 Халқаро анжуман тўплами. Тошкент 24 ноябрь 2021й. OILALARDAGI INQIROZLAR YOSHLARNING OILAVIY HAYOTGA MOSLASHUV JARAYONI SIFATIDA G.A. Rahimova Nizomiy nomidagi TDPU magistri ABSTRACT Family Education - The article explores the causes of diseases that are expected and related to problem-solving, and the study and disguise of treating each family‟s physical and medical care to help a healthy, spiritually mature generation and social support. The essence of a strong family upbringing is the formation of a person ready for life, the development of these areas of social education - physical, moral, intellectual, aesthetic, labor, environmental, economic, legal, political, ideological and educational, their activities and skills formation АННОТАТЦИЯ Семья - это место воспитания - изучения причин кризисов в семье и психологических особенностей их устранения, и в будущем каждая семья в нашем обществе будет физически и психологически здоровой, духовно зрелым поколением и социальной семьей. Суть крепкого семейного воспитания, формирования человека, готового к жизни, заключается в формировании этих направлений социального воспитания детей в физическом, нравственном, интеллектуальном, эстетическом, трудовом, экологическом, экономическом, водном. O„zbek oilalaridagi o„zaro hurmat, ehtirom, ota-onaga e'zoz, farzandlarga mehr-shafqat va kichiklarga izzat-ikrom kishini barkamol inson, mukammal shaxs sifatida shakllantiradigan, axloqiy va ma'naviy jihatdan go„zal hamda yetuk qiladigan, insoniy fazilatlarni rivojlantiradigan qadriyatlar bo„lib hisoblanadi va bu qadriyatlarning mazmun-mohiyati farzandlar ongiga dastlab oilada singdiriladi. Jamiyatda oila doim ham muhabbat asosiga qurilavermaydi. Urf-odat, sharoit taqozosi, ota-ona orzusi bilan ham oila tashkil topishi mumkin. Ota-onalar farzandlar orqali kelajak avlodning, naslning davomiyligini ta'minlaydilar, ya'ni oilaning reproduktiv funksiyasi namoyon bo„ladi. Ota-ona har qanday sharoitlarda ham farzandlari oldidagi o„z vazifa va majburiyatlaridan voz kechishi mumkin emas. Abdulla Qodiriy nazarida oila – muqaddas makon. Oilani tashkil etuvchi kishilarning Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной личности в годы устойчивого социально- экономического развития общества» “Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий ривожланиш йилларида замонавий шахс ривожланишининг психологик хусусиятлари” Материалы международной конференции. Ташкент. 24 ноября 2021г 614 Халқаро анжуман тўплами. Тошкент 24 ноябрь 2021й. dunyoqarashi, saviyasi, fikr-qiziqishlari, intilishlari bir-birlariga mos kelmay qolgan taqdirda ham oilani buzish katta gunoh hisoblanadi. Chunki bu o„z navbatida oiladagi farzandlar taqdiriga, baxt-saodatiga, ular ruhiyatiga, shaxs kamolotiga salbiy ta'sir qiladigan ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Oilada er-xotin orasidagi munosabatlar o„z xarakteriga ko„ra, a) avtoritar; b) demokratik; v) liberal; g) aralash ko„rinishda bo„lish ehtimoli bor. Yozuvchining er bilan xotin orasidagi o„zaro munosabatlar demokratik tamoyilga asoslanishi to„g„risidagi qarashlari Otabek - Kumush, Yusufbek hoji - O„zbekoyim, Anvar - Ra'no, Mirzakarim qutidor - Oftob oyim, Usta Alim - Saodat, Sultonali - Ruzvonbibi, Safar bo„zchi - To„xtabibi singari qahramonlar oilasidagi shaxslararo munosabatlar ifodasida ko„rinadi. O„zbek oilasiga xos bo„lgan etnopsixologik xususiyatlardan biri erning oilada yetakchilik vazifasini bajarishidir. Abdulla Qodiriy ham erning, erkak kishining oiladagi yetakchilik funksiyasini yoqlaydi. Oilaviy munosabatlarda, umuman ijtimoiy munosabatlarda har bir shaxs guruhdagi o„z statusi, mavqeyi, maqomidan kelib chiqqan holda muomala, munosabatga kirishadi. Oila jamoa shaklidagi ijtimoiy-psixologik tuzilma bo„lganligi bois, yozuvchi romanlarida o„zbek oilasining psixologik qiyofasini tasvirlab bera olgan. Shuningdek, asarlarda o„zbek oilasidagi shaxslararo munosabatlar iyerarxik tuzilishga ega bo„lib, bu guruh a'zolarining mavqeyiga (statusiga), yoshiga bog„liq ravishda amalga oshirilishi aks ettiriladi. Ijtimoiy psixologiyada oilaga jamiyatning asosiy bo„g„inlaridan biri sifatida qaraladi. Shaxs shakllanishida oiladagi muhitning ta'siri, ahamiyati yuqori ekanligi, shu bilan birga, oilada ixtiloflar, nizolarning yuzaga kelishi yoxud ijtimoiy-psixologik muhitning buzilishi shaxslararo munosabatlar xususiyatlariga ta'sir qiladigan holat va vaziyatlarga olib kelishi mumkin. Qahramonlar xarakteridagi etnik xususiyatlar o„z navbatida axloqiy xislatlarni taqozo etishi va ular o„rtasida bog„lanish ijtimoiy-psixologik, shaxs psixologiyasi nuqtai nazaridan muqarrar ekanligini ko„rsatadi. Erkakning mavqei oilaning yaxlit mavqeini, psixologik muhitning bir maromda turish.Oilani tashkil etuvchi kishilarning dunyoqarashi, saviyasi, fikr-qiziqishlari, intilishlari bir-birlariga mos kelmay qolgan taqdirda ham oilani buzish katta gunoh hisoblanadi. Chunki bu o„z navbatida oiladagi farzandlar taqdiriga, baxt-saodatiga, ular ruhiyatiga, shaxs kamolotiga salbiy ta'sir qiladigan ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Oila jamoa shaklidagi ijtimoiy-psixologik tuzilma bo„lganligi bois, yozuvchi romanlarida o„zbek oilasining psixologik qiyofasini tasvirlab bera olgan. Shuningdek, asarlarda o„zbek oilasidagi shaxslararo munosabatlar iyerarxik tuzilishga ega bo„lib, bu guruh a'zolarining mavqeiga (statusiga), yoshiga bog„liq ravishda amalga oshirilishi aks Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной личности в годы устойчивого социально- экономического развития общества» “Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий ривожланиш йилларида замонавий шахс ривожланишининг психологик хусусиятлари” Материалы международной конференции. Ташкент. 24 ноября 2021г 615 Халқаро анжуман тўплами. Тошкент 24 ноябрь 2021й. ettiriladi. Ijtimoiy psixologiyada oilaga jamiyatning asosiy bo„g„inlaridan biri sifatida qaraladi. Shaxs shakllanishida oiladagi muhitning ta'siri, ahamiyati yuqori ekanligi, shu bilan birga, oilada ixtiloflar, nizolarning yuzaga kelishi yoxud ijtimoiy-psixologik muhitning buzilishi shaxslararo munosabatlar xususiyatlariga ta'sir qiladigan holat va vaziyatlarga olib kelishi mumkin. Qahramonlar xarakteridagi etnik xususiyatlar o„z navbatida axloqiy xislatlarni taqozo etishi va ular o„rtasida bog„lanish ijtimoiy- psixologik, shaxs psixologiyasi nuqtai nazaridan muqarrar ekanligini ko„rsatadi. Erkakning mavqeyi oilaning yaxlit mavqeyini, psixologik muhitning bir maromda turishini ta'minlaydi, oilada bolalar kamoloti, er-xotin o„rtasidagi, farzandlar bilan munosabatni to„g„ri yo„lga qo„yish oila qadriyatlarini belgilashning muhim sharti sifatida qolaveradi. Umuman olganda, o„zbek xalqining oilaviy masalalar bilan bog„liq uzoq davrlar mobaynida shakllangan milliy psixologik qiyofasi o„z mazmunini turli motivlar ta'siri doirasida namoyon qilaveradi. O„zbek etnosining kundalik turmushida ham bu jihatlar kuzatiladi. Bu hol nafaqat badiiy adabiyot namunasida, balki bugungi kun real o„zbek oilasini qurish bilan bog„liq jarayonlarda ham gavdalanadi. Oila shaxsning g„oyaviy, siyosiy, iqtisodiy qarashlarini shakllantiruvchi, tevarak-atrofga, dunyoga munosabatlari tizimini, ya'ni dunyoqarashi, e'tiqodi, ehtiyojlari, qiziqishlari, ideallari, motivlari, hayotiy maqsadi yo„nalishini belgilovchi jamiyatning eng kichik bo„g„ini sifatida muhimdir. Oila ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida turli an'ana, marosim, urf-odat, rasm-rusumlarni vujudga keltirganki, bular jamiyatning rivojlanishiga, shaxsning har tomonlama, jismoniy, ma'naviy jihatdan kamolotga erishishiga, uning hayot tarziga o„z ijobiy ta'sirini o„tkazib kelgan. Oiladagi sog„lom, ijobiy psixologik muhit, oila a'zolari o„rtasidagi emosional yaqinlikdan farzandlarda ota-onaga, qarindosh-urug„larga nisbatan hurmat, mehr- oqibat singari eng yuksak, ezgu xislatlar tarbiyalanadi, insoniy fazilatlar shakllanadi.O„zbek oilasiga xos bo„lgan quyidagi xususiyatlar mavjud: birinchidan, oilada erkak mavqeining ustunligi; ikkinchidan, oila a'zolari orasida yoshiga, jinsiga, oiladagi maqomi (buva, buvi, ota, ona, o„g„il, qiz, qaynona, qaynota, qayinsingil, qayinopa, ovsin, kelin, aka, uka, opa, singil va hokazo)ga ko„ra aniq ifodalangan va qat'iy amal qilinadigan ierarxiyaning mavjudligi; uchinchidan, an'anaviy oilalarda farzandlar uchun ota-ona, ayniqsa, ota obro„sining yuqoriligi; to„rtinchidan, serfarzandlik, bolajonlik, yoshi ulug„ avlod vakillarini hurmat qilish kabi sifatlarning yuqori darajada ifodalanishi; beshinchidan, abxaz, osetin, qabardin-bolqor singari xalqlarga ham xos bo„lgan, hurmat yuzasidan ota-onasi va katta yoshdagi yaqinlar oldida bolasiga mehrini ochiq ifoda etmaslik, ota tomonidan yosh bolasini odamlar Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной личности в годы устойчивого социально- экономического развития общества» “Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий ривожланиш йилларида замонавий шахс ривожланишининг психологик хусусиятлари” Материалы международной конференции. Ташкент. 24 ноября 2021г 616 Халқаро анжуман тўплами. Тошкент 24 ноябрь 2021й. oldida qo„lga olmaslik, farzandini ko„tarmaslik, u bilan o„ynamaslik kabi jihatlarning bugungi kunda ko„pchilik an'anaviy o„zbek oilalalariga ham xosligini ko„rishimiz mumkinligi (bu bilan erkaklar o„zlarining hissiy turg„unligini, ortiqcha hissiyotga berilmasligini, haqiqiy erkak shaxsiga xos xislatlarga ega ekanligini namoyish qilishga harakat qilishadi); oltinchidan, oiladagi munosabatlarning vertikal xarakterga ega ekanligi, ya'ni ayolning erga, farzandlarning ota-onaga, ukaning akaga, singilning opaga bo„ysunishi. Yuqoridagi singari xususiyatlarni nafaqat o„zbek oilasida, balki qoraqalpoq, tojik, turkman, qozoq, qirg„iz, koreys va yapon oilalarida ham kuzatishimiz mumkin. Shu bilan birga, har bir millat oilasida o„ziga xos ijtimoiy- psixologik, etnopsixologik jihatlar ham mavjud. Misol uchun, hatto bir o„zbek millatiga mansub bo„lgan Toshkent va Urganch shahar aholisi oilalari orasida bir- biridan farq qiladigan talaygina xususiyatlar ko„zga tashlanadi. Bular hududiy xususiyatlar hisoblanadi. Hududga xos xususiyatlar faqat urf-odat, an'ana, marosim, qadriyatlarda emas, balki xalq milliy psixologiyasida, mentalitetida, shaxsga xos psixologik sifatlarda ham o„z ifodasini topgan. Masalan, Qashqadaryo viloyatidagi o„zbeklar bilan Farg„ona viloyati o„zbeklari mentaliteti orasida yetarli darajadagi farqlarni ko„rishimiz mumkin. Bular o„z-o„zidan oilaviy hayotda ham o„z ifodasini topadi. Shunday ekan, oilaning har bir a`zosi millatning davomiyligini saqlovchi milliy umuminsoniy qadriyatlarning rivojini ta`minlovchi, ma`naviy va jismoniy barkamol avlodni dunyoga keltirib tarbiyalovchi shaxs bo`lib shakllanishida, hayotda o`z o`rnini topish, el-yurt ichida izzat-hurmatga sazovor bo`lishida oila asosiy poydevor hisoblanadi. Oila muqaddas ma`naviy maskandir. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling