G. A. Rahimova Nizomiy nomidagi tdpu magistri


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana14.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1198583
  1   2
Bog'liq
613-618



Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 
«Психологические особенности развития современной 
личности в годы устойчивого социально-
экономического развития общества» 
“Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий 
ривожланиш йилларида замонавий шахс 
ривожланишининг психологик хусусиятлари” 
Материалы международной конференции. 
Ташкент. 24 ноября 2021г 
613 
Халқаро анжуман тўплами. 
Тошкент 24 ноябрь 2021й. 
OILALARDAGI INQIROZLAR YOSHLARNING OILAVIY HAYOTGA 
MOSLASHUV JARAYONI SIFATIDA 
 
G.A. Rahimova 
Nizomiy nomidagi TDPU magistri 
 
ABSTRACT 
 Family Education - The article explores the causes of diseases that are 
expected and related to problem-solving, and the study and disguise of treating each 
family‟s physical and medical care to help a healthy, spiritually mature generation 
and social support. The essence of a strong family upbringing is the formation of a 
person ready for life, the development of these areas of social education - physical, 
moral, intellectual, aesthetic, labor, environmental, economic, legal, political, 
ideological and educational, their activities and skills formation 
АННОТАТЦИЯ 
Семья - это место воспитания - изучения причин кризисов в семье и 
психологических особенностей их устранения, и в будущем каждая семья в 
нашем обществе будет физически и психологически здоровой, духовно зрелым 
поколением и социальной семьей. Суть крепкого семейного воспитания, 
формирования человека, готового к жизни, заключается в формировании этих 
направлений социального воспитания детей в физическом, нравственном, 
интеллектуальном, эстетическом, трудовом, экологическом, экономическом, 
водном. 
O„zbek oilalaridagi o„zaro hurmat, ehtirom, ota-onaga e'zoz, farzandlarga 
mehr-shafqat va kichiklarga izzat-ikrom kishini barkamol inson, mukammal shaxs 
sifatida shakllantiradigan, axloqiy va ma'naviy jihatdan go„zal hamda yetuk 
qiladigan, insoniy fazilatlarni rivojlantiradigan qadriyatlar bo„lib hisoblanadi va bu 
qadriyatlarning mazmun-mohiyati farzandlar ongiga dastlab oilada singdiriladi. 
Jamiyatda oila doim ham muhabbat asosiga qurilavermaydi. Urf-odat, sharoit 
taqozosi, ota-ona orzusi bilan ham oila tashkil topishi mumkin. Ota-onalar farzandlar 
orqali kelajak avlodning, naslning davomiyligini ta'minlaydilar, ya'ni oilaning 
reproduktiv funksiyasi namoyon bo„ladi. Ota-ona har qanday sharoitlarda ham 
farzandlari oldidagi o„z vazifa va majburiyatlaridan voz kechishi mumkin emas. 
Abdulla Qodiriy nazarida oila – muqaddas makon. Oilani tashkil etuvchi kishilarning 


Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 
«Психологические особенности развития современной 
личности в годы устойчивого социально-
экономического развития общества» 
“Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий 
ривожланиш йилларида замонавий шахс 
ривожланишининг психологик хусусиятлари” 
Материалы международной конференции. 
Ташкент. 24 ноября 2021г 
614 
Халқаро анжуман тўплами. 
Тошкент 24 ноябрь 2021й. 
dunyoqarashi, saviyasi, fikr-qiziqishlari, intilishlari bir-birlariga mos kelmay qolgan 
taqdirda ham oilani buzish katta gunoh hisoblanadi. Chunki bu o„z navbatida oiladagi 
farzandlar taqdiriga, baxt-saodatiga, ular ruhiyatiga, shaxs kamolotiga salbiy ta'sir 
qiladigan ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Oilada er-xotin orasidagi 
munosabatlar o„z xarakteriga ko„ra, a) avtoritar; b) demokratik; v) liberal; g) aralash 
ko„rinishda bo„lish ehtimoli bor.
Yozuvchining er bilan xotin orasidagi o„zaro munosabatlar demokratik 
tamoyilga asoslanishi to„g„risidagi qarashlari Otabek - Kumush, Yusufbek hoji - 
O„zbekoyim, Anvar - Ra'no, Mirzakarim qutidor - Oftob oyim, Usta Alim - Saodat, 
Sultonali - Ruzvonbibi, Safar bo„zchi - To„xtabibi singari qahramonlar oilasidagi 
shaxslararo munosabatlar ifodasida ko„rinadi. O„zbek oilasiga xos bo„lgan 
etnopsixologik xususiyatlardan biri erning oilada yetakchilik vazifasini bajarishidir. 
Abdulla Qodiriy ham erning, erkak kishining oiladagi yetakchilik funksiyasini 
yoqlaydi. Oilaviy munosabatlarda, umuman ijtimoiy munosabatlarda har bir shaxs 
guruhdagi o„z statusi, mavqeyi, maqomidan kelib chiqqan holda muomala, 
munosabatga kirishadi. Oila jamoa shaklidagi ijtimoiy-psixologik tuzilma bo„lganligi 
bois, yozuvchi romanlarida o„zbek oilasining psixologik qiyofasini tasvirlab bera 
olgan. Shuningdek, asarlarda o„zbek oilasidagi shaxslararo munosabatlar iyerarxik 
tuzilishga ega bo„lib, bu guruh a'zolarining mavqeyiga (statusiga), yoshiga bog„liq 
ravishda amalga oshirilishi aks ettiriladi. Ijtimoiy psixologiyada oilaga jamiyatning 
asosiy bo„g„inlaridan biri sifatida qaraladi. Shaxs shakllanishida oiladagi muhitning 
ta'siri, ahamiyati yuqori ekanligi, shu bilan birga, oilada ixtiloflar, nizolarning yuzaga 
kelishi yoxud ijtimoiy-psixologik muhitning buzilishi shaxslararo munosabatlar 
xususiyatlariga ta'sir qiladigan holat va vaziyatlarga olib kelishi mumkin. 
Qahramonlar xarakteridagi etnik xususiyatlar o„z navbatida axloqiy xislatlarni taqozo 
etishi va ular o„rtasida bog„lanish ijtimoiy-psixologik, shaxs psixologiyasi nuqtai 
nazaridan muqarrar ekanligini ko„rsatadi. Erkakning mavqei oilaning yaxlit 
mavqeini, psixologik muhitning bir maromda turish.Oilani tashkil etuvchi 
kishilarning dunyoqarashi, saviyasi, fikr-qiziqishlari, intilishlari bir-birlariga mos 
kelmay qolgan taqdirda ham oilani buzish katta gunoh hisoblanadi. Chunki bu o„z 
navbatida oiladagi farzandlar taqdiriga, baxt-saodatiga, ular ruhiyatiga, shaxs 
kamolotiga salbiy ta'sir qiladigan ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Oila 
jamoa shaklidagi ijtimoiy-psixologik tuzilma bo„lganligi bois, yozuvchi romanlarida 
o„zbek oilasining psixologik qiyofasini tasvirlab bera olgan. Shuningdek, asarlarda 
o„zbek oilasidagi shaxslararo munosabatlar iyerarxik tuzilishga ega bo„lib, bu guruh 
a'zolarining mavqeiga (statusiga), yoshiga bog„liq ravishda amalga oshirilishi aks 


Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 
«Психологические особенности развития современной 
личности в годы устойчивого социально-
экономического развития общества» 
“Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий 
ривожланиш йилларида замонавий шахс 
ривожланишининг психологик хусусиятлари” 
Материалы международной конференции. 
Ташкент. 24 ноября 2021г 
615 
Халқаро анжуман тўплами. 
Тошкент 24 ноябрь 2021й. 
ettiriladi. Ijtimoiy psixologiyada oilaga jamiyatning asosiy bo„g„inlaridan biri sifatida 
qaraladi. Shaxs shakllanishida oiladagi muhitning ta'siri, ahamiyati yuqori ekanligi, 
shu bilan birga, oilada ixtiloflar, nizolarning yuzaga kelishi yoxud ijtimoiy-psixologik 
muhitning buzilishi shaxslararo munosabatlar xususiyatlariga ta'sir qiladigan holat va 
vaziyatlarga olib kelishi mumkin. Qahramonlar xarakteridagi etnik xususiyatlar o„z 
navbatida axloqiy xislatlarni taqozo etishi va ular o„rtasida bog„lanish ijtimoiy-
psixologik, shaxs psixologiyasi nuqtai nazaridan muqarrar ekanligini ko„rsatadi. 
Erkakning mavqeyi oilaning yaxlit mavqeyini, psixologik muhitning bir maromda 
turishini ta'minlaydi, oilada bolalar kamoloti, er-xotin o„rtasidagi, farzandlar bilan 
munosabatni to„g„ri yo„lga qo„yish oila qadriyatlarini belgilashning muhim sharti 
sifatida qolaveradi. Umuman olganda, o„zbek xalqining oilaviy masalalar bilan 
bog„liq uzoq davrlar mobaynida shakllangan milliy psixologik qiyofasi o„z 
mazmunini turli motivlar ta'siri doirasida namoyon qilaveradi. O„zbek etnosining 
kundalik turmushida ham bu jihatlar kuzatiladi. Bu hol nafaqat badiiy adabiyot 
namunasida, balki bugungi kun real o„zbek oilasini qurish bilan bog„liq jarayonlarda 
ham gavdalanadi.
Oila shaxsning g„oyaviy, siyosiy, iqtisodiy qarashlarini shakllantiruvchi, 
tevarak-atrofga, dunyoga munosabatlari tizimini, ya'ni dunyoqarashi, e'tiqodi, 
ehtiyojlari, qiziqishlari, ideallari, motivlari, hayotiy maqsadi yo„nalishini belgilovchi 
jamiyatning eng kichik bo„g„ini sifatida muhimdir. Oila ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot 
jarayonida turli an'ana, marosim, urf-odat, rasm-rusumlarni vujudga keltirganki, bular 
jamiyatning rivojlanishiga, shaxsning har tomonlama, jismoniy, ma'naviy jihatdan 
kamolotga erishishiga, uning hayot tarziga o„z ijobiy ta'sirini o„tkazib kelgan. 
Oiladagi sog„lom, ijobiy psixologik muhit, oila a'zolari o„rtasidagi emosional 
yaqinlikdan farzandlarda ota-onaga, qarindosh-urug„larga nisbatan hurmat, mehr-
oqibat singari eng yuksak, ezgu xislatlar tarbiyalanadi, insoniy fazilatlar 
shakllanadi.O„zbek oilasiga xos bo„lgan quyidagi xususiyatlar mavjud: birinchidan, 
oilada erkak mavqeining ustunligi; ikkinchidan, oila a'zolari orasida yoshiga, jinsiga, 
oiladagi maqomi (buva, buvi, ota, ona, o„g„il, qiz, qaynona, qaynota, qayinsingil, 
qayinopa, ovsin, kelin, aka, uka, opa, singil va hokazo)ga ko„ra aniq ifodalangan va 
qat'iy amal qilinadigan ierarxiyaning mavjudligi; uchinchidan, an'anaviy oilalarda 
farzandlar uchun ota-ona, ayniqsa, ota obro„sining yuqoriligi; to„rtinchidan, 
serfarzandlik, bolajonlik, yoshi ulug„ avlod vakillarini hurmat qilish kabi sifatlarning 
yuqori darajada ifodalanishi; beshinchidan, abxaz, osetin, qabardin-bolqor singari 
xalqlarga ham xos bo„lgan, hurmat yuzasidan ota-onasi va katta yoshdagi yaqinlar 
oldida bolasiga mehrini ochiq ifoda etmaslik, ota tomonidan yosh bolasini odamlar 


Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 
«Психологические особенности развития современной 
личности в годы устойчивого социально-
экономического развития общества» 
“Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий 
ривожланиш йилларида замонавий шахс 
ривожланишининг психологик хусусиятлари” 
Материалы международной конференции. 
Ташкент. 24 ноября 2021г 
616 
Халқаро анжуман тўплами. 
Тошкент 24 ноябрь 2021й. 
oldida qo„lga olmaslik, farzandini ko„tarmaslik, u bilan o„ynamaslik kabi jihatlarning 
bugungi kunda ko„pchilik an'anaviy o„zbek oilalalariga ham xosligini ko„rishimiz 
mumkinligi (bu bilan erkaklar o„zlarining hissiy turg„unligini, ortiqcha hissiyotga 
berilmasligini, haqiqiy erkak shaxsiga xos xislatlarga ega ekanligini namoyish 
qilishga harakat qilishadi); oltinchidan, oiladagi munosabatlarning vertikal xarakterga 
ega ekanligi, ya'ni ayolning erga, farzandlarning ota-onaga, ukaning akaga, singilning 
opaga bo„ysunishi. Yuqoridagi singari xususiyatlarni nafaqat o„zbek oilasida, balki 
qoraqalpoq, tojik, turkman, qozoq, qirg„iz, koreys va yapon oilalarida ham 
kuzatishimiz mumkin. Shu bilan birga, har bir millat oilasida o„ziga xos ijtimoiy-
psixologik, etnopsixologik jihatlar ham mavjud. Misol uchun, hatto bir o„zbek 
millatiga mansub bo„lgan Toshkent va Urganch shahar aholisi oilalari orasida bir-
biridan farq qiladigan talaygina xususiyatlar ko„zga tashlanadi. Bular hududiy 
xususiyatlar hisoblanadi. Hududga xos xususiyatlar faqat urf-odat, an'ana, marosim, 
qadriyatlarda emas, balki xalq milliy psixologiyasida, mentalitetida, shaxsga xos 
psixologik sifatlarda ham o„z ifodasini topgan. Masalan, Qashqadaryo viloyatidagi 
o„zbeklar bilan Farg„ona viloyati o„zbeklari mentaliteti orasida yetarli darajadagi 
farqlarni ko„rishimiz mumkin. Bular o„z-o„zidan oilaviy hayotda ham o„z ifodasini 
topadi. 
Shunday ekan, oilaning har bir a`zosi millatning davomiyligini saqlovchi milliy 
umuminsoniy qadriyatlarning rivojini ta`minlovchi, ma`naviy va jismoniy barkamol 
avlodni dunyoga keltirib tarbiyalovchi shaxs bo`lib shakllanishida, hayotda o`z 
o`rnini topish, el-yurt ichida izzat-hurmatga sazovor bo`lishida oila asosiy poydevor 
hisoblanadi. Oila muqaddas ma`naviy maskandir. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling