G. A. Xudoynazarova yuqori molekulyar birikmalar


Download 210.34 Kb.
bet13/27
Sana03.12.2023
Hajmi210.34 Kb.
#1799768
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
Yuqori molekulyar birikmalar kimyosidan laboratoriya mashg-fayllar.org

2 - usul. Bu variantda smola olish uchun 30 % li ammiak eritmasi,
stearin kislotasi va etil spirti kerak. 


Ishning bajarilishi: Kolbaga 9,4g (0,1 mol) fenol solinib ustiga
9,2 ml (0,11 mol) 36% formalin eritmasi quyiladi. Aralashtirilgan 
massaga 0,8 ml (0,01 mol) 30 % li ammiak eritmasi quyiladi. So’ngra
kolbani asbest to’rga joylashtirilib 40 minut davomida qaynaguncha 
isitiladi. Bu holda ham kolbadagi suyuqlik loyqalanadi va qavatlanadi.
Hosil bo’lgan suvni vakuumda haydab olinadi. Kolbadagi harorat 80°C ga 
yetganda suvni haydash to’xtatiladi. Hosil bo’lgan smola chinni
kosachaga solinadi. 


18


Topshiriq:
1. Fenol—formaldegid smolalarini kislota muhitida va ishqoriy 
muhitda olish reaksiya sxemasini yozing, smolani suyuqlanish haroratini
topib, eruvchanligini tekshiring. 
2. Fenol—formaldegid asosida qanday qatronlar olinadi, ulardagi
fenol va formaldegid nisbatlarini keltiring. 
3.4.-laboratoriya mashg’uloti 

ADIPIN KISLOTASINI DIXLORANGIDRIDI BILAN 

GEKSAMETILENDIAMINNING FAZALARARO CHEGARADA 

POLIKONDENSATLANISHI 

Ishning maqsadi: Aralashmaydigan erituvchilarning chegara sirtida
polikondensatlash reaksiyasini o’rganish. 


Reaktivlar: Geksametilendiamin, adipin kislotasining dixlorangidridi,
KOH, benzol, distillangan suv. 


Idish va asboblar: 100 ml sig’imli
S
takan (2 dona), shisha tayoqcha, soat 

oynasi


Ishning bajarilishi: 100 ml hajmli
S

takanda 1,16g geksametilendiamin,


50ml suvda eritilgan 2,24g KOH aralashtiriladi. Ikkinchi stakanda 50 ml 
benzolda 1,83g adipin kislotasining dixlorangidridi eritiladi. Reaksiya uy
haroratida 15 minut davomida olib boriladi. Buning uchun ikkinchi 
stakandagi eritmani shisha tayoqcha orqali asta-sekin birinchi stakandagi
eritmaga quyiladi. Chegara sirtda hosil bo’layotgan polimerni shisha tayoqcha 
orqali ajratib olinadi. Polimerni suv bilan neytral muhitgacha (lakmus qog’ozi
bilan 

tekshiriladi) yuviladi. Tortilgan soat oynasida 50-60°C da havoda polimer quritilib,


reaksiya unumi hisoblanadi. Hosil bo’lgan polimerda qoldiq amin guruhlar soni 
(A.S.) topiladi. A.S. 1g polimerdagi amin - guruhlarini neytrallash uchun sarf bo’lgan
HC1 ning mg dagi miqdorini ko’rsatadi. A.S. ni topish uchun poliamid 
maydalanib krezolda (suv hammomida qizdirish orqali) eritiladi. Iliq eritmaga oz-
ozdan spirt qo’shiladi. Kolbadagi eritma sovutilib, cho’kmasi filtrlanadi. Ajratib 
olingan polimer spirt bilan yuviladi va 30 - 40°C da havoda quritiladi. Tayyorlangan
polimer og’zi
berk idishga solib quyiladi. 

A.S. ni topish uchun polimerdan 0,2- 0,5g atrofida aniq qilib namuna tortib


olinadi va ustiga 0,01 n ishqor eritmasidan 10 - 20 ml quyiladi, 2 soatdan so’ng 
kolbadagi cho’kma filtrlanib, filtrat probirkaga yig’iladi. Filtrdagi polimer 3 - 4 marta
oz miqdordagi suv bilan yuviladi. Filtrat
kolbaga yig’ilib 2 tomchi metiloranj 

ishtirokida 0,01 n HC1 eritmasi bilan titrlanadi. Nazorat eritma ham titrlanadi.


Hisoblash quyidagi formula yordamida bajariladi:



g


F

V

АС
1000

00036
,


0

V
2


1






V
1


- nazorat tajribada sarf bo’lgan 0,01 n HC1 eritmasining hajmi, ml;


19


V
2
- namunali eritmalarni titrlash uchun sarf bo’lgan HC1 eritmasining hajmi, ml;

F- tuzatma koeffitsient, 0,00036 - 0,01 n HC1 eritmasini titri,


g- polimer namunasini massasi, g. 



Download 210.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling