1.Bo’kish darajasining vaqtga bog’liqligini ifodalovchi grafik chizing.
aniqlang.
27
VII. POLIMERNING MOLEKULYAR MASSASI VA
MOLEKULYAR – MASSAVIY TAQSIMLANISHI
7.1.-laboratoriya mashg’uloti
POLIAMIDLARNING MOLEKULYAR MASSASINI ANIQLASH
Ishning maqsadi: poliamidlardagi amin guruhlarini (amin sonini) aniqlab,
molekulyar massani hisoblash.
Reaktivlar: poliamid namunasi, HCl ning 0,1 n li
spirtdagi eritmasi, KOH
ning 0,1 n li spirtdagi eritmasi, metiloranj
Idish va asboblar: hajmi 250 ml li shlifli konussimin kolbalar,
byuretkalar, Byuxner
voronkasi
Ishning bajarilishi: Poliamidlar kimyoviy tuzilishiga ko’ra yuqori
molekulyar aminokislotalar deb qaralishi mumkin:
H-[-NH-R-NH-CO-R’-CO]
n
-OH
1 g polimerga to’g’ri keladigan karboksil guruhlar soni uning molekulyar
massasiga bog’liq, Bu aminiguruhlarga ham tegishli.
Qator poliamidlar oddiy organic erituvchilarda erimaydi,
ammo krizol va
fenolda oson eriydi. Shunday poliamidlar (masalan, ba’zi sopolimerlar va N –
o’rindosh poliamidlar) ham borki, ular spirtlarda yaxshi eriydi. Poliamidlar tahlili
uchun ularning eruvchanligiga qarab tayyorlash usulini tanlash lozim. Spirtda
erimaydigan
poliamidni avval maydalab, so’ng krizol yoki dimetilformamidda
eritiladi. Shu eritmani juda tez aralashtirilgan holda spirtga quyiladi. Hosil bo’lgan
kukunsimon polimer Byuxner voronkasida filtrlanib
erituvchi batamom chiqib
ketguncha spirt bilan yuviladi va havoda sovutiladi. Spirt eriydian poliamidning
spierli eritmasidan suvda choktiriladi. Byuxner voronkasida cho’kma filtrlanib
issiq suv bilan ko’p marta yuviladi va vacuum eksikatorda
sulfat kislota ustida
quritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: