VIII. POLIELEKTROLITLARNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARI
8.1.-laboratoriya mashg’uloti
POLIAMFOLITNI IZOELEKTRIK NUQTASINI
ANIQLASH
Ishning maqsadi: viskozimetriya usuli bilan jelatinaning izoelektrik
nuqtasini aniqlash.
Reaktivlar: jelatina, NaOH ning 0,02 n suvdagi eritmasi, HCl ning 0,03n
suvdagi eritmasi.
Idish va asboblar: pH – metr, analitik tarozi, viskozimetr, sekundomer,
rezinali nok, 50 ml li stakan, 50 ml li tubi yassi kolba, 25 m stilindr, 20 ml li
byuretka 2 dona.
Ishning bajarilishi: Jelatinaning izoelektrik nuqtasini, ishqor va kislota
bilan titrlash jarayonida, uning eritma qovushqoqligini o’zgarishiga qarab
aniqlanadi. Jelatinani suvdagi 1,0 % eritmasidan 50 ml tayyorlanadi: tayyorlashda
doimiy aralashtirish va harorat 40
0
C dan oshmasligi zarur.
Stakanga 20 ml tayyorlangan eritma olinib 0,03n HCl eritmasi bilan
titrlanadi, bir vaqt ichida eritmaning qovushqoqligi xuddi birinchi ishda
ko’rsatilganidek o’lchanadi. Qovushqoqlik dastlabki eritma va titrlanish
jarayonida pH - ning 4,75; 4,5; 4,25; 4,0; 3,5; 3,0; 2,5; va 2,1 qiymatlari atrofida
o’lchanadi. Titrlash tugaganidan so’ng pH - metr elektrodlari distillangan suv
bilan, viskozimetr esa issiq suv bilan yuviladi va distillangan suvning oqish vaqti
topiladi.
Xuddi shu tarzda jelatinaning yangi 20 ml eritmasi 0,02 n NaOH bilan
titrlanadi. Qovushqoqlik dastlabki eritma pH ning 6,0; 8,0; 9,0; 10,0; qiymatlari
atrofida o’lchanadi. Erituvchi (toza suvning) oqish vaqti τ
0
Olingan natijalar quyidagi 35 - jadvalga yoziladi.
35 - jadval
Ishqor yoki kislotaning
qo’shilgan miqdori, ml
pH
τ – eritma-
ning vaqti, sek
0
.
нис
1
0
.
сол
Topshiriq:
31
1. Jelatina eritmasi uchun potenstiometrik titrlanish va solishtirma
qovushqoqlikni pH ga bog’liqlik egri chiziqlari chizib jelatinani izoelektrik
nuqtasi ko’rsating.
2. Poliamfolitning izoelektrik nuqtasi qanday aniqlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |