G. ahmedova, I. Xolbayev
-§. Fotoeffekt nazariyasi
Download 4.51 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4-§. Fotonlar
- 2.5-§. Kompton effekti
2.3-§. Fotoeffekt nazariyasi Fotoeffektning faqatgina birinchi qonunini to‘lqin nazariyasi asosida tushuntirish mumkin. Ammo to‘lqin nazariyasi fotoeffektning ikkinchi va uchinchi qonunlarini tushuntira olmaydi. Haqiqatdan ham to‘lqin nazariyaga asosan fotokatodga tushayotgan ixtiyoriy to‘lqin uzunlikka ega bo‘lgan yorug‘likning intensivligi ortgan sari ajralib chiqayotgan fotoelektronlarning energiyalari ham ortishi kerak edi. Ammo tajribalarning ko‘rsatishicha, fotoelektronlarning energiyasi yorug‘lik intensivligiga mutlaqo bog‘liq emas. To‘lqin nazariyasiga asosan, elektron metalldan ajralib chiqishi uchun kerakli energiyani har qanday yorug‘likdan olishi mumkin, ya’ni yorug‘lik to‘lqin uzunligining ahamiyati yo‘q. Faqat yorug‘lik intensivligi yetarlicha katta bo‘lishi lozim. Vaholanki, to‘lqin uzunligi qizil chegaradan katta bo‘lgan yorug‘likning intensivligi har qancha katta bo‘lsa ham, fotoeffekt hodisasi yuz bermaydi. Aksincha, to‘lqin uzunligi qizil chegaradan kichik bo‘lgan yorug‘lik intensivligi nihoyat kuchsiz bo‘lsa ham fotoeffekt hodisasi kuzatiladi. Bundan tashqari, nihoyatda kuchsiz intensivlikdagi yorug‘lik tushayotgan taqdirda, to‘lqin nazariyasiga asosan, yorug‘lik to‘lqinlar tashib kelgan energiyalar evaziga metalldagi elektron ma’lum miqdordagi energiyani to‘plab olishi kerak. Bu energiya elektronning metalldan chiqishi uchun yetarli bo‘lgan holda fotoeffekt sodir bo‘lishi kerak. Hisoblashlarning ko‘rsatishicha, intensivligi juda kam bo‘lgan yorug‘likdan A ch ga yetarli energiyani elektron to‘plab olishi uchun soatlab, hattoki kunlab vaqt o‘tishi lozim ekan. Tajribalarda esa metallga yorug‘likning tushishi va fotoelektronlarning vujudga kelishi orasida 10 –9 sekundlar chamasi vaqt o‘tadi, xolos. 38 Demak, yorug‘likning to‘lqin nazariyasi va fotoeffekt hodisasi o‘rtasida ma’lum mos kelmasliklar mavjud. Shuning uchun yorug‘likni uzluksiz elektromagnit to‘lqin jarayoni deb tasavvur qilish yorug‘lik tabiatini to‘la aks ettira olmaydi. Bu fikr 1905-yilda A.Eynshteynni yorug‘likning kvant nazariyasini yaratishiga olib keldi. Eynshteyn Plank gipotezasini rivojlantirib, yorug‘lik ulushlar shaklida chiqarilgani kabi xuddi shunday ulushlar shaklida yutiladi deb hisoblansa, fotoeffekt qonunlarini tushuntirish mumkin deb ko‘rsatadi. Eynshteynning fikricha, yorug‘lik to‘lqinlari energiyasining oqimi uzluksiz bo‘lmasdan, balki energiyaning diskret ulushlari oqimi bo‘lib, ularni kvantlar yoki fotonlar deyiladi. U vaqtda chastotasi ν bo‘lgan har bir yorug‘lik fotonining energiyasi quyidagicha bo‘ladi: ν h E = (2.7) Bunda h – Plank doimiysi, h=6,62 ⋅ 10 –34 J ⋅ s. Bu g‘oyaga asosan, metall sirtiga tushayotgan yorug‘lik oqimini fotonlar oqimi deb tasavvur qilish mumkin. Eynshteyn fotoeffekt hodisasiga energiyaning saqlanish qonunini qo‘lladi. Metallga tushgan yorug‘lik fotoni elektron bilan to‘qnashib, o‘zining h ν energiyasini to‘liq ravishda elektronga beradi. Foton erkin elektronlar bilan to‘qnashganda energiyasini to‘liq ravishda erkin elektronlarga berishi mumkin bo‘lmaydi. Metallda elektr o‘tkazuvchanlikni ta’minlaydigan elektronlar erkin elektronlar deyiladi. Lekin elektronlar o‘zaro va metall panjaraning boshqa zaryadlari bilan ta’sirlashadi. Shuning uchun ular dinamik ma’noda bog‘langan elektronlar bo‘lib, foton energiyasini to‘liq yuta oladi. Agar foton energiyasi yetarlicha katta qiymatda bo‘lsa, elektron uni metallda ushlab turgan kuchlarni yengib metalldan ajralib chiqadi. Eynshteynning tasavvurlariga muvofiq, yorug‘lik fotonining h ν energiyasi elektronni metalldan uzib chiqarish uchun ketgan A chiqish ishini bajarishga va unga kinetik energiya berishga sarflanadi. Bunday jarayonda energiyaning saqlanish qonuni amal qiladi, buni quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin: 2 2 max ϑ ν m A h + = (2.8) 39 (2.8) tenglamada h ν – yorug‘lik fotonining energiyasi, 2 2 max ϑ m – elektronning metalldan chiqqandan keyingi maksimal kinetik energiyasi, m e – elektron massasi, A – chiqish ishi. Chiqish ishi deb, elektronni metallda ushlab turgan kuchlarni yengib, metalldan chiqishi uchun sarflangan energiyaga aytiladi. Chiqish ishi metallning turiga va metall sirtining holatiga bog‘liq. (2.8) tenglamaga asosan fotoelektronning kinetik energiyasi faqat uni uzib chiqargan yorug‘lik fotonining energiyasiga bog‘liq bo‘lib, intensivlikka bog‘liq bo‘lmaydi. (2.8) tenglama tashqi fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasi deyiladi. Tashqi fotoeffekt deyishimizga sabab shundaki, yuqorida keltirilgan hollarda fotoelektronlar moddadan tashqariga ajralib chiqadi. Ba’zi moddalarda esa, masalan yarimo‘tkazgichlarda fotonlar ta’sirida valent zonadagi elektron bo‘sh zonadagi energetik sathlarga ko‘chadi. Bu jarayon tufayli elektron modda tashqarisiga chiqmasdan, uning ichida qoladi. Shuning uchun fotoeffektning bu turi ichki fotoeffekt deb ataladi. Eynshteyn tenglamasi fotoeffektning barcha qonunlarini to‘liq tushuntira oladi. Xususan, (2.8) tenglamadan ko‘rinadiki, tushayotgan yorug‘lik fotonining energiyasi elektronning metalldan chiqish ishidan kichik bo‘lganda, ya’ni h ν <A fotoeffekt sodir bo‘lmaydi. Bu esa fotoeffekt yuz berishi uchun qizil chegaraning mavjudligini ko‘rsatadi. Fotoeffekt amalga oshishi uchun lozim bo‘ladigan foton energiyasining eng kichik qiymati, (2.8) ifodaga asosan, elektronning metaldan chiqish ishining qiymatiga teng bo‘lishi kerak: A h q = ν (2.9) Bu tenglikdan fotoeffektning qizil chegarasi – ν q aniqlanadi, ya’ni ν q =A/h. Chegaraviy chastota – ν ch tajribada o‘lchanadi, chiqish ishi A esa ϑ max =0 bo‘lganda, (2.8) tenglama yordamida hisoblanadi. Eynshteyn tenglamasidan foydalanib, Plank domiysi h ni aniqlash mumkin. Buning uchun yorug‘likning ν chastotasini, A chiqish ishini tajribada topish va fotoelektronlarning kinetik energiyasini o‘lchash lozim. Bunday o‘lchash va hisoblashlardan Plank doimiysi uchun h=6,63 ⋅ 10 –34 J ⋅ s qiymat hosil qilingan. (2.9) ifodaga asosan, qizil 40 chegara tushayotgan yorug‘lik intensivligiga mutlaqo bog‘liq emas, chunki yorug‘lik intensivligi undagi fotonlar sonini xarakterlaydi. Foton energiyasi esa faqat chastotaga bog‘liqdir. Chiqish ishi turli metallar uchun turlicha bo‘ladi va bir necha elektron voltni tashkil qiladi. Kaliy, natriy va miss metallarida fotoeffektning qizil chegarasi (to‘lqin uzunliklarda) tegishlicha 551; 543 va 277 nm ga teng bo‘lganda chiqish ishi tegishlicha 2,25; 2,28 va 4,48 eV ni tashkil qiladi. Eynshteyn tenglamasining asosida elektron faqat bitta fotonni yutadi degan tasavvur yotadi. Lekin intensivligi juda katta bo‘lgan yorug‘liklar uchun fotoeffekt qonunlari o‘z kuchini yo‘qotadi. Haqiqatdan ham intensivligi juda katta bo‘lgan yorug‘lik bilan tajriba olib borilayotgan bo‘lsa, metalldagi elektronga bir vaqtning o‘zida ikkita foton tushishi mumkin. Bu holda elektron yutgan energiya ikkala foton energiyalarining yig‘indisiga teng. Bunda sodir bo‘ladigan fotoeffektni ko‘p fotonli fotoeffekt deb ataladi. Tabiiyki, ko‘p fotonli fotoeffektning qizil chegarasi kichik chastotalar (katta to‘lqin uzunliklar) sohasiga siljiydi. Fotoeffektning kvant nazariyasining muvaffiqiyati yorug‘likning kvant tabiatini namoyon qiluvchi isbotlardan biridir. Keyinchalik yorug‘likning kvant tabiati ko‘pgina tajribalarda ham tasdiqlandi. 2.4-§. Fotonlar Foton – yorug‘likning elementar zarrasi deb tasavvur qilinadi. Issiqlik nurlanishi, fotoeffekt hodisalari foton tushunchasi asosida tushuntiriladi. Bu hodisalarni tushuntirishda yorug‘lik energiyasi (ya’ni, elektromagnit energiya) fotonlarda mujassamlangan, yorug‘lik energiyasi fotonlar ko‘rinishida tarqaladi degan fikr asos qilib olingan. Foton energiyasi va tebranish chastotasi orasidagi bog‘lanish E=hv munosabat bilan aniqlanadi. Energiya va massaning ekvivalent qonuni 2 mc E = , (2.10) ifodadan foydalanilgan holda foton massasini aniqlash mumkin: 2 2 / c h m h c m f f ν ν = = (2.11) 41 Ikkinchi tomonidan, har qanday zarraning massasi uning tezligi bilan nisbiylik nazariyasi asosida quyidagicha bog‘langan: 2 2 0 / 1 c m m ϑ − = (2.12) (2.12) formuladan ko‘rinadiki, zarra harakatsiz (ya’ni, ϑ =0) holda bo‘lganda, uning massasi m 0 ga teng, demak m 0 – zarraning tinch holatdagi massasidir. Tajribalarda tinch holatdagi massa m 0 o‘lchanadi, chunki aksariyat hollarda ϑ <<c (2.12) munosabat esa katta tezliklar bilan harakatlanayotgan zarralar uchun to‘g‘ri bo‘ladi. U holda yorug‘lik fotoni uchun (2.12) ifoda qanday bo‘lishini ko‘raylik. (2.8) dan 2 2 0 / 1 c m m ϑ − = . (2.13) Yorug‘lik fotoni uchun ϑ =c. (2.11) formuladan m f ning qiymati chekli kattalik ekanligi ko‘rinadi. Shuning uchun (2.13) ifoda asosida yorug‘lik fotonining tinch holdagi massasi m 0 ning qiymati nolga teng bo‘lishi kerak, degan xulosa chiqadi. Yoki boshqacha aytganda, yorug‘lik fotoni “to‘xtab qolsa”, uning barcha xususiyatlari yo‘qoladi, ya’ni massasi ham, energiyasi ham nolga teng bo‘ladi. Fotonning “to‘xtashi” deganda, uning biror jism tomonidan yutilishi tushuniladi. To‘xtash jarayonida fotonning energiyasi (unga ekvivalent bo‘lgan massasi) yutuvchi jismga o‘tadi. Natijada yutuvchi jismning energiyasi (massasi) mos ravishda ortadi. Demak, yorug‘lik fotonining boshqa zarralardan (masalan, elektron, proton, neytron, atom, molekula va h.k.)dan farqi shundaki, foton tinch holdagi massasiga ega bo‘lmaydi, ya’ni uning tinch holatdagi massasi nolga teng. Foton faqat harakatlanish jarayonida mavjud bo‘lib, uning tezligi yorug‘lik tezligiga teng. Demak, foton harakatlanish jarayonida mavjud bo‘lib, u energiya, massa va impulsga ega bo‘ladi, ya’ni: energiyasi E=hv; massasi m f =hv/c 2 ; impulsi R f =hv/c. Fotonlarning mavjudligi bir qator tajribalarda tasdiqlandi. Bu tajribalardan biri 1922-yilda A.F.Ioffe va N.I.Dobronravovlar tomonidan o‘tkazilgan tajribadir. Tajriba quyidagicha: yassi kondensatorning A va B qoplamalari orasida zaryadlangan vismut 42 (Bi) zarrasi «muallaq» vaziyatda turadi (2.8-rasm), ya’ni zarraning og‘irlik kuchi zarraga teskari yo‘nalishda ta’sir etuvchi elektr kuchi bilan muvozanatlashgan bo‘ladi. Kondensator qoplamalaridan biri rentgen trubkasining anodi vazifasini bajaradi. Kichik intensivlikdagi elektronlar oqimi A anodga kelib urilgach, unda tormozlanadi. Natijada A dan bir sekundda mingga yaqin rentgen impulslari chiqariladi. Bu rentgen nurlari ta’sirida vismut zarrasi 30 minutlar davomida bir marta titrab muvozanatdan chiqqan. Hisoblarning ko‘rsatishicha, shuncha vaqt (30 minut) ichida zarra yo‘nalishida bitta rentgen kvanti nurlanar ekan. Bu rentgen kvanti zarra bilan to‘qnashgach, fotoeffekt hodisasi yuz beradi, ya’ni zarradan elektron ajralib chiqadi. Elektron ajralib chiqqani uchun zarraning zaryadi o‘zgaradi va u muvozanat vaziyatidan chiqadi. Bunday tajribani shunday tushuntirish mumkin. Bu tajriba rentgen nurlarining jism bilan ta’sirlashuvi kvant xarakterga ega ekanligini tasdiqlaydi. Agar rentgen nurlari to‘lqin tarzida tarqaladi deb qaralsa, zarradan elektronning ajralib chiqishi uchun kerak bo‘ladigan energiya elektronning chiqish ishi qiymatiga yetguncha yig‘ilishi kerak. Tajribada foydalanilgan rentgen nurlarining intensivligi kichik bo‘lganligi uchun, bunday energiya har qancha vaqt o‘tsa ham yig‘ilmas ekan, buni hisoblashlar ko‘rsatadi. V.I.Vavilovning fikriga ko‘ra, yorug‘lik oqimi ayrim fotonlarning yig‘indisidan iborat bo‘lsa, statistik fizika qonunlariga asosan fotonlarning fluktuasiyasi kuzatilishi kerak. Bu fikr 1933-1942 yillarda o‘tkazilgan tajribalarda tasdiqlandi. Bu esa yorug‘likning foton tabiatiga ega ekanligini isbotlovchi yana bir dalildir. 2.5-§. Kompton effekti Mikrozarralarning korpuskulyar xususiyatga ega ekanligini tasdiqlaydigan hodisalardan biri 1923-yilda amerikalik fizik A.X.Kompton tomonidan kashf etildi va uning nomi bilan Kompton effekti deb ataldi. Kompton effekti hodisasi rentgen nurlarining sochilishi ustida Kompton tomonidan o‘tkazilgan tajribalarda 2.8-rasm 43 aniqlandi. Kompton tajribasi rentgen nurlarining yadro bilan elektronlari kuchsiz bog‘langan moddalarda (grafit, parafin va b.) sochilishini kuzatish orqali amalga oshirildi. Tajriba sxemasi 2.9a-rasmda tasvirlangan. T – rentgen trubkasida hosil qilingan rentgen nurlanishlari F – filtr va D – diafragma yordamida ingichka monoxromatik dasta shakliga keltirilgan holda sochuvchi modda kristall P ga tushadi. K – kristallda ma’lum θ burchak ostida sochilgan rentgen nurlanishining to‘lqin uzunligi SP spektrograf yordamida aniqlanadi. Tajriba natijalari asosida Kompton sochilgan rentgen nurlari dastasida ikkita to‘lqin uzunligi mavjudligini aniqladi: dastlabki rentgen nurlari to‘lqin uzunligi λ va qo‘shimcha to‘lqin uzunligi λ '. λ ' to‘lqin uzunlik λ to‘lqin uzunlikka qaraganda katta ( λ ′> λ ). λ ′ ning qiymati sochilish burchagi θ ga bog‘liq bo‘lib, sochuvchi modda tabiatiga bog‘liq emas (θ – dastlabki va sochilgan rentgen nurlari dastalari yo‘nalishlari orasidagi burchak). Tushayotgan dastlabki va sochilgan rentgen nurlari to‘lqin uzunliklari farqi (Δ λ = λ ′– λ ) ning sochilish burchagiga bog‘liqligi quyidagi munosabat orqali aniqlanadi: 2 2 sin 2 K θ λ λ λ ′ ∆ = − = (2.14) Bunda K – Kompton doimiysi. Kompton 1923-yilda Dj.Djensining matematik hisoblashlariga asoslanib, rentgen nurlari haqida quyidagi g‘oyani ilgari surdi: rentgen nurlari fotonlar oqimidan iborat bo‘lib, boshqa zarralar kabi aniq impulsga ega. Fotonlarning elektronlarda sochilishi foton bilan elektron orasidagi elastik to‘qnashuvdir (foton – tinchlikdagi massasi nolga teng bo‘lgan zarra). Fotonlarning elektronlarda elastik sochilishi sababli rentgen nurlari to‘lqin uzunligining o‘zgarishiga Kompton effekti deyiladi. 2.9-rasm 44 Kompton effekti shu vaqtda yuz beradiki, elektronga tushayotgan rentgen nurlarining energiyasi elektronning atomdagi bog‘lanish energiyasidan katta bo‘lganda. Bunday holda elektron erkin deb hisoblanishi mumkin. Rentgen nurlari elektron bilan elastik to‘qnashganda o‘z energiyasi va impulsining ma’lum qismini elektronga beradi. Kompton sochilishining energetik va burchak xarakteristikalari elastik to‘qnashuv uchun energiya va impuls saqlanish qonunlari orqali aniqlanadi. Energiyasi h ν bo‘lgan rentgen fotoni elektron bilan elastik to‘qnashib energiyasining bir qismini elektronga berganda, energiyasi h ν ' ga kamayadi, to‘lqin uzunligi esa λ ' ga ortadi, harakat yo‘nalishi ham o‘zgaradi. Bunday hodisani klassik to‘lqin nazariyasi asosida tushuntirib bo‘lmaydi. Agar foton kvant mexanikasi nuqtai nazaridan impulsi h P λ = bo‘lgan zarra deb va uning elektron bilan ta’sirlashuvi elastik to‘qnashuv qonunlari asosida qaralsa, Kompton effekti to‘g‘ri tushuntiriladi. Foton tinch holatdagi erkin elektronda elastik sochilayotgan bo‘lsin. Bunday to‘qnashuv sxemasi 2.9b- rasmda keltirilgan. Fotonning elektron bilan to‘qnashuvgacha energiyasi f E h ν = va impulsi f h P c ν = bo‘lsin. Tinch holatdagi elektronning to‘qnashuvgacha energiyasi 2 0 e E m c = energiyaga va impulsi 0 e P = bo‘lsin. To‘qnashuvda foton o‘z energiyasining ma’lum qismini elektronga beradi. Natijada to‘qnashuvdan so‘ng elektron 2 e E mc = energiyaga va P m ϑ ′ = impulsga ega bo‘ladi (bu formulalarda 0 2 2 1 m m c ϑ = − ). To‘qnashuvdan so‘ng foton f E h ν ′ ′ = energiyaga va f h P c ν ′ ′ = impulsga ega bo‘ladi. Bunda foton energiyasi va impulsi dastlab tushayotgan foton energiyasi va impulsidan kichik bo‘ladi, to‘lqin uzunligi esa katta bo‘ladi. Foton va tinch holatdagi erkin elektronning elastik to‘qnashuvi tufayli vujudga kelgan to‘lqin uzunligining o‘zgarishi ∆λ ni 45 aniqlashda elastik to‘qnashuv uchun energiya va impuls saqlanish qonuyelarini quyidagicha yozish mumkin: ' ' f e f e E E E E + = + (2.15) ' ' f f e P P P = + (2.16) (2.15) va (2.16) tenglamalar birgalikda yechilganda fotonning elektron bilan elastik to‘qnashuvida foton to‘lqin uzunligining o‘zgarishi ∆λ ni aniqlaydigan formula hosil bo‘ladi: 2 0 2 sin 2 h m c θ λ ∆ = (2.17) (2.14) va (2.17) formulalar taqqoslanganda 0 h K m c = ekanligi ko‘rinadi. K – elektronning Kompton to‘lqin uzunligi deyiladi. Kompton o‘tkazgan tajribalarida elektronning to‘lqin uzunligi 0 h K m c = kattalikni o‘lchashga muvaffaq bo‘ldi. K ning tajribada aniqlangan qiymati K=2,43 ⋅ 10 –10 m. Tajribalarda elektronning Kompton to‘lqin uzunligi K rentgen nurlanishi to‘lqin uzunligidan kichikligi ko‘rsatildi. (2.17) formula orqali hisoblangan natijalar tajriba natijalari bilan mos keladi. Bu esa elektromagnit to‘lqinlarning korpuskulyar xususiyatga ega ekanligi haqidagi tasavvurlarning to‘g‘riligini isbotlaydi. 2.6-§. Oje elektronlari Fotoelektrik yutilish yorug‘lik kvanti energiyasining atomning biror elektroniga berilishidan iborat. Bunday fotoeffekt hodisasida fotoelektron va ichki elektron qobig‘ida bo‘sh o‘rin hosil bo‘lgan atom vujudga keladi. Bo‘sh o‘rin yuqorigi elektron qobiqlardan o‘tgan elektron bilan to‘ldiriladi. Bunday o‘tishlarda ma’lum energiyaga ega bo‘lgan xarakteristik rentgen nurlanishi chiqadi yoki bu nurlanish energiyasi atomning tashqi qobiqdagi elektroniga beriladi. Energiya olgan tashqi elektron atomdan ajralib chiqadi. Bunday jarayon Oje effekti deyiladi. Atomdan ajralgan elektronlar esa Oje elektronlari deyiladi. Oje elektronlari fotoeffekt tufayli 46 uyg‘ongan atomlarning sezilarli darajadagi energiyasini olib ketadi. Oje effekti, ayniqsa elektromagnit o‘tishlar man qilingan hollarda, masalan, O–O o‘tishlarda kuchli namoyon bo‘ladi. Oje effektida oddiy ionlashgan atom o‘rniga ikki marta ionlashgan atom hosil bo‘ladi. K qobiqda bo‘sh qolgan o‘ringa L qobiqdan elektron o‘tishida hosil bo‘lgan rentgen nurlanishi kvantining energiyasi h ν =E K –E L bo‘ladi. L qobiqdagi bo‘sh o‘ringa M qobiqdan elektron o‘tishi mumkin. U vaqtda hosil bo‘lgan rentgen nurlanishi kvantining energiyasi h ν =E L –E M bo‘ladi. 2.10-rasmda fotoeffekt natijasida K-qobiq elektroni yo‘qotilgan atomda rentgen kvantlari va Oje elektronlarining hosil bo‘lishi ko‘rsatilgan. 2.10a- rasmda elektronning L qobiqdan K qobiqdagi bo‘sh o‘ringa o‘tishida energiyasi h ν 1 =E K –E L bo‘lgan rentgen kvantining hosil bo‘lishi tasvirlangan. Agar L qobiqda bo‘sh o‘rin bo‘lsa, bu o‘ringa M qobiqdan elektron o‘tishida energiyasi h ν 2 =E L –E M bo‘lgan rentgen kvanti hosil bo‘ladi (2.10b-rasm). Lekin rentgen kvanti hosil bo‘lishi o‘rniga L qobiqdagi bo‘sh o‘ringa M qobiq elektroni o‘tadi, ortiqcha energiya esa rentgen kvanti sifatida chiqarilmasdan, balki N qobiq elektroniga beriladi va bu elektron atomdan ajraladi (2.10c- rasm). Bu elektron Oje elektroni bo‘lib, uning energiyasi quyidagicha aniqlanadi: N M L E E E E − − = Demak, rentgen nurlarining fotoeffekt hodisasini hosil qilishida bir marta va ikki marta ionlashgan atomlar, xarakteristik rentgen nurlari va Oje elektronlari hosil bo‘ladi. Download 4.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling