Borli mikroo‘g‘itlar
Molibdenli o‘g‘itlar. Molibden ko‘proq dukkakli don ekinlari tarkibida (0,5-20,0 mg/kg) uchraydi. Boshoqli don ekinlari 0,2-1,0 mg/kg atrofida molibden tutadi. Molibden o‘simliklarda aminokislotalar va oqsil hosil qilishda, nitratlarning amiakka aylanish jarayonlarida qatnashadi.
U nitratreduktaza fermenti tarkibiga kiradi. Molibden bilan yaxshi ta’minlangan tuproqlarda o‘stimliklar NPK ni yaxshi o‘zlashtiradi. Oqsil azot
tarkibiga to‘liq o‘tadi, natijada sabzavot va poliz ekinlarida azotning nitrat shaklida to‘planishining oldi olinadi.
Shuning uchun molibdenni dukkakli ekinlarga fosfor va kaliy bilan, boshqa ekinlarga esa azot bilan birga qo‘llash tavsiya etiladi. Molibden o‘g‘it sifatida kislotali va karbonatli tuproqlarda ijobiy natija beradi, paxta hosildorligini 3-3,5 s gacha oshiradi, beda pichanining sifati va oqsil, tarkibini yaxshilaydi. Molibdenli o‘g‘it sifatida tarkibida 53% molibden bo‘lgan ammoniy molibdat qo‘llaniladi.
Molibdenli mikroo‘g‘itlarning turi ko‘p bo‘lsa ham, sanoatda ko‘proq tarkibida 52-53% molibden saqlaydigan ammoniy molibdat ishlab chiqariladi.
- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |