Mikro‘g‘itlardan foydalanish usullari bo‘yicha ko‘rsatma tayyorlash
O‘g‘itlash tizimining asosiy maqsadi almashlab ekish sharoitida o‘g‘itlardan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan tashkiliy xo‘jalik, agrokimyoviy va agrotexnikaviy tadbirlarni hisobga oigan holda qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l hosil olish uchun eng maqbul o‘g‘it turi, me’yori, qo‘llash rnuddatlarini belgilashdir. Tizimni ishlab chiqishda ekinlarning biologik xususiyatlari, rejalashtirilgan hosil miqdori, tuproqiqliin sharoitlari, o‘g‘itlarning asorati (keyingi ta’siri), almashlab ekish jarayonidagi oziq moddalari balansi, o‘g‘itlarning hosil sifati va tuproq unumdorligiga ko‘rsatadigan ta’siriga alohida e’tibor beriladi.
O‘g‘itlash tizimi, odatda har bir paykalga uzoq muddat davomida reja asosida o‘g‘it kiritish uchun ishlab chiqiladi va o‘z oldiga quyidagi asosiy vazifalarni qo‘yadi:
Ekinlar hosildorligini oshirish va hosil sifatini yaxshilash;
Tuproqiar unumdorligini oshirish va ularni unumdorlik jihatidan bir jinsli bo‘lishiga erishish;
O‘g‘itlardan samarali foydalanish, jadal dehqonchilik yuritish va atrof- muhit muhofazasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish;
Xo‘jaliklarning ixtisoslashuvi va almashlab ekish maydonlarining chorvachilik fermalaridan uzoq-yaqinligiga qarab, ularda uchta ko‘rinishdagi o‘g‘itlash tizimidan bittasi qo‘llash;
Mahalliy-mineral o‘g‘itli tizim. Bunda mahalliy o‘g‘itlar (go‘ng, kompostlar, torf, ko‘kat o‘g‘itlar)ni mineral o‘g‘itlar bilan birgalikda qo‘llash;
Faqat mineral o‘g‘itlarni qo‘llashga asoslangan tizim;
Faqatgina mahalliy o‘g‘itlarni qo‘Uashga asoslangan tizim.
Do'stlaringiz bilan baham: |