G f. n., dotsent K. Boymirzayev
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5211168087495150850
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Bo’lajak pedagoglar texnologik kompetentligini rivojlantiruvchi omillar
II.BOB Bo’lajakpedagoglardatexnologik kompetentlikni rivojlantirishningshart-sharoitlari 2.1. Bo’lajak pedagoglar texnologik kompetentligini rivojlantiruvchi omillar Davlat ta’lim standarti asosida o’qitish jarayonini tashkillashtirish ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo’llash vazifasini yuklaydi. Ushbu vazifalarni amalda joriy etish maqsadi, ta’lim beruvchilarning o’qitishning interfaol metodlarini doimiy o’zlashtirishi bugungi kundagi innacatsion texnologiyalardan xabardor bo’lishi va pedagogic diagnostikani o’zlashtira oladigan izlanuvchi-pedagog bo’lishdir. Mamlakatimiz rivojlanishining muhim sharti zamonaiy iqtisodiyot, fan, madaniyat, texnika, texnologiya rivoji
asosida kadrlar
tayyorlashning takomillashgan tizimning amal qilishga erishishdir. Ta’limning bugungi vazifasi o’quvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot-ya’lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko’rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o’rgatishdan iborat. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur. Ta’limning samaradorligini oshirish va bilimlarni to’la egallashlariga erishish, shaxsning ta’lim diqqat markazida bo’lishini va bo’lajak pedagoglarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalariga yaxshi tayyorgarlik ko’rgan va o’z sohasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol usullarni biladigan, ulardan o’quv va tarbiyaviy mashg’ulotlarni tashkil etishda foydalana oladigan o’qituvchilar kerak. Buning uchun, barcha fan o’qituvchilarini innavatsion pedagogic texnologiyalar va
interfaol usullar bilan qurollantirish hamda olgan bilimlarini o’quv-tarbiyaviy mashg’ulotlarda qo’llash malakalarini oshirib boorish lozim. Bo’lajak pedagoglar o’z mutaxassisliklaribo’yicha egallagan bilimlari qatorida pedagogik bilimlarni hamda texnologik yondashuv asosida o’qitish uslubiyotlarini ham egallagan bo’lishlari zarur. Ana shularni e’tiborga olgan holda, bo’lajak pedagoglarni texnologik kompetentligini shakllantiruvchi omillar quydagilardir: Dars; Seminar-treninglar;
Sayohat-ekskursiyalar; Amaliy darslar Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan har bir dars nafaqat bo’lajak pedagoglarning pedagogik bilim olishlarini ta’minlashi balki, ularda pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar, axborot-kommunikatsiya vositalaridan o’z faoliyatlarida foydalana olish ko’nikmalarini shakllantirishi lozim. Bunda bevosita ma’ruza darslarida elektron taqdimot, multimedia, interaktiv doska, audianjuman, videoanjuman, hamkorlik texnologiyalaridan foydalanish bo’lajak pedagoglarning kelgusi faoliyatlaridagi mashg’ulotlarda “qanday o’qitaman?” savollariga yechim bo’lishiga zamin yaratadi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling