3.Bosim ostida quyish usulidan asosan termopeaktiv
shakliga ko‘ra dumaloq, kvadrat, tomchisimon, noksimon, to‘rt-
burchak hamda tuxumsimon shaklda bo‘ladi.
Toshlar 7 xil: brilliantsimon, atirgulsimon, kabashon,
aralash, pog‘onali, ponasimon, soyabonsimon qilib qirralanadi.
Eng tiniq va ko‘p ishlatiladigani brilliantnsimon qirralash-
dir. Qirralangan toshlar ikki qismdan iborat bo‘lib, yuqorigi qismi
koronka va pastki qismi pavilon deb ataladi. Pavilon bilan koronka
o‘rtasidagi chiziq rundis deb ataladi. U qirralangan toshlarning
eng keng qismi bo‘lib, ko‘zxonaga mahkamlanadigan joyi
hisoblanadi. Qirralangan toshlarning yuqorigi qismi tekislik deb
ataladi.
Tahliliy blok
Bu blok ma’lumotlar blokining davomiy qismi bo‘lib,
asosan o‘quvchilarni mustaqil ravishda ishlashga, ularni
ma’lumotlar blokida kiritilgan axborotlarni tahlil qilish, o‘z
fikrlarini izohlashga o‘rgatishga qaratilgan. Talabalar guruhlarga
bo‘linib quyidagi savollarni tahlil qiladilar va izohlaydilar:
1. Sun’iy toshlar necha turga bo‘linadi?
2. Sun’iy korund ishlab chiqarish uchun nimadan
foydalaniladi?
3. Sun’iy korundning asosiy xossalarini ayting.
4. Qanday toshlar qirrali toshlar deyiladi?
5. Qanday shaklli toshlarni bilasiz?
6. Rundis deb nimaga aytiladi?
7. Tekislikka ta`rif bering.
8. Eng ko`p qirralanadigan shaklni ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: