Guruhlarda ishlash qoidasi:
Sherigingizni diqqat bilan tinglang.
Guruh faoliyatida o‘zaro faol ishtirok eting, berilgan
topshiriqlarga javobgarlik bilan yondashing.
Agar yordam kerak bo‘lsa, albatta murojaat qiling.
Agar sizdan yordam so‘rashsa, albatta yordam bering.
Guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok
etishi shart.
Aniq tushunmog‘imiz lozim:
• Boshqalarga o‘rgatish orqali o‘zimiz o‘rganamiz.
• Biz bitta kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki
birgalikda cho‘kib ketamiz.
Zargarlik buyumlari probasi. Zargarlik buyumlari sof
nodir metallardan ishlanmaydi-chidamli qilish, nafis rang berish
uchun boshqa metall qo’shish lozim. Masalan, oltin kumush va
mis bilan ba`zan palladiy, kadmiy, nikel, rux bilan, kumush va
nikel bilan qo’shib qotishma hosil qilinadi. Qotishma tarkibidagi
nodir metall hajmi uning probasini belgilaydi. Ko’pchilik
mamlakatlarda proba belgilashning metr o’lchovlar sistemasi joriy
etilgan. Qotishmadagi ming hissadan qancha hissasi nodir metall
bo’lsa, shu uning proba miqdori bo’ladi. 1927 yilgacha Rossiya va
O’zbekistonda misqol (zolotnik) sistemasi mavjud edi (96 misqol-
zolotnikdan iborat rus funti asos qilib olingan). AQSH, Buyuk
Britaniya va Shveytsariyada qirot sistemasi qo’llaniladi. 1000
proba shartli 24 qirot birligiga teng. 5-Jadvalda probalarning
o’zaro qiyosi ko’rsatilgan.
5 –jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |