G. I. Ishmuradova, G. M. Mirzayeva
III bob. Materialshunoslik fanidan o‘quvchilar
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
materialshunoslik fanini oqitish texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar ro’yxati
- KIRISH
III bob.
Materialshunoslik fanidan o‘quvchilar o‘zlashtirishlarini baholashda test texnologiyalari 79
III.1. O’quvchilar o’zlashtirishini baholashda innovat- siyalar va test texnologiyasining o’rni………… 79
III.2. Materialshunoslik fanidan nostandart test savollari……………….......................................... 83
III.3. Materialshunoslik fanidan standart test savollari…………………................................... 96
Adabiyotlar ro’yxati…………………………… 116
119
KIRISH O’zining mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo’lini tanlab olgan O’zbekiston Respublikasi ta`lim sohasini ham sobit qadamlik bilan isloh qilib bormoqda. Ayniqsa, “Ta`lim to’g`risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingach, bu boradagi ishlar keng ko’lamga erishdi. Ushbu hujjatlarning dolzarbligi asosida bilim va kasb-hunar egallashga bo’lgan e`tibor kuchayib ketdi. Shu sababli ta`lim-tarbiya tizimiga yangicha yondashuvlar kirib kelmoqda. Bu yondashuvlar o’z navbatida, o’quv jarayoninig turli tashkiliy va metodik jamg`armalarida muayyan ijobiy o’zgarish- larni sodir etadi, albatta. Ularning ko’pchiligi pedagogik texno- logiyalar va pedagogik mahorat bilan uzviy bog`liq o’zgarish- lardir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentiining bir qator nutqlarida ham bu masalaga alohida e`tibor berilgan.” Barchamiz bugun chuqur anglab oldik- deb ta`kidlagan edi yurtboshimiz I.A.Karimov, - faqatgina zamonaviy asosda ta`lim-tarbiya olgan, jahonning manaman degan mamlakatlardagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan jismoniy va ma`naviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko’tarishga qodir bo’ladi. Yoshlarni zamonaviy fan, texnikaning, umuman ilm- fanning yutuqlaridan bahramand qilmasdan turib, ularga yuqori malakali ixtisos egalari bo’lib etishishlariga sharoit tug`dirmay turib biz respublikamiz xalq xo’jaligini, xususan, material- shunoslik fanini rivojlantirmay turib bunga erishish qiyin. Zero, barcha jihozlar, asbob-uskunalar, mashina va mexanizmlar, havo yoki suv transportiga tegishli barcha qurilmalar u yoki bu tur metall yoki metalmas materiallardan yasaladi. Shuning uchun materalshunoslik fanini rivojlantirish orqali arzon, ishlatishga qulay, optimal yangi materiallar ishlab chiqarilishini yo’lga qo’yish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling