G. I. Ishmuradova, G. M. Mirzayeva
II. 3. “Alyuminiy, magniy, titan va ularning qotishmalari”
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
materialshunoslik fanini oqitish texnologiyalari
II. 3. “Alyuminiy, magniy, titan va ularning qotishmalari”
mavzusini muammoli o’qitish texnologiyasi
Mavzuni muammoli bayon etishda o’qituvchining tushuntirishi, o’quvchilarning maxsuldor faoliyati, topshiriqlarni bajarishi bilan birga qo’shib olib boriladi. Quyida muammoli metod asosida o’tilgan dars ishlanmasini keltiramiz. Dars boshlanishidan avval talabalarning partasi (stoli) ustida alyuminiy, magniy, titan parshalarini qo’yib chiqadi. O’z joylariga kelib o’tirgan talabalar yangi bir holatni ko’radilar. Yani o’z stollari ustida 3 bo’lak metall list parchalari turibdi. Ular bu metall listlarni o’z qo’llariga olib ko’radilar. Bu vaqtda “muammoli vaziyat” vujudga keldi. O’qituvchi nima uchun bu metallarni stol ustiga qo’ygan? degan savol tug`iladi. Shundan so’ng o’qituvchi talabalardan bu materiallarni nomlari va Mendeleev davriy sistemasida tutgan o’rnilari haqida so’raydi. Talabalar bu metallarni nomlarini to’g`ri aytadilar, lekin Mendeleev davriy sistemasida mazkur metallarning nechanchi o’rinda turishi, qanday belgilanishi haqida hammavaqt ham to’g`ri javob bera olmaydilar. O’qituvchi talabalar muhokamasiga tashlangan savollar- ning to’g`ri javoblarini umumlashtiradi va qo’shimcha yangi bilimlar bilan savollarni javobini to’ldirib boradi. Alyuminiy, magniy, va titan metallarini mexanik va elektr xossalari haqida nimalarni bilasiz? degan savolni o’quvchilar e`tiboriga havola etadi. O’quvchilar alyuminiy yengil, plastikligi katta, korroziyaga chidamli, elektr o’tkazuvchanligi yuqori; magniy engil, korroziyaga chidamsiz ekanligi haqida o’z javob- larini aytadilar. Lekin alyuminiyning zichligi, necha gradusda suyuqlanish temperaturasiga ega ekanligi, mustahkamligi, haqida magniyning zichligi, suyuqlanish temperaturasining qiymati, mustahkamligi haqida aniq bir fikrlarni ayta olishmaydi. Titan haqida juda kam bilimga ega ekanliklarini namoyish qilishadi. O’qituvchi o’quvchilar bilimini umumlashtirib yangi bilimlar bilan to’ldiriladi. Alyuminiy, titan, magniy metallari turmushda, hayotda va texnikada nima maqsadlarda foydalaniladi? degan savol o’quvchilar muhokamasiga havola etiladi. O’quvchilar o’z turmush tajribalaridan kelib chiqib alyuminiydan simlar, idish- tovoq tayyorlashda, kabellar tayyorlanishi, texnikada qo’llanilishi, magniydan texnikada foydalanilishi haqidagi o’z fikrlarini bayon eta oladi. O’qituvchi alyuminiy, magniy va titanning nima maqsadlarda foydalanish haqidagi fikrlarni umumlashtirib alyuminiydan samaliyotsozlikda, sanoatda trubalar moy va benzin trubalari, yengil va oziq-ovqat sanoatida keng ishlatilishi, magniyni korroziyaga chidamliligi juda kichikligi sababli texnikada cheklangan miqdorda qo’llanilishi haqida, titandan mashinasozlikda qo’llanilishi haqida yangi bilimlarni talabalarga gapirib ularning qotishmalari nima uchun olinishini tushuntirish maqsadga muvofiq. Muammoli ta`lim jarayonida o’quvchilarning mustaqil faoliyatiga tayanilsa, ta`lim sifati yanada samaraliroq bo’ladi. Buning uchun o’quvchilarga alyuminiy, uning qotishmalarining tarkibiy tuzilishi va xossalarini ifoda etuvchi quyidagi jadvalni to’ldirishni topshirishi mumkin: 60
61 Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling