G. I. Ishmuradova, G. M. Mirzayeva
Mis va uning qotishmalarining tarkibiy tuzilishi
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
materialshunoslik fanini oqitish texnologiyalari
Mis va uning qotishmalarining tarkibiy tuzilishi
№ Nomi Zichligi Mustah- kamligi Plastikligi Qattiqligi 1 Mis
2 Latun
3 Bronza
O’qituvchi talabalar tomonidan ushbu jadval to’ldirilib tahlil qilib chiqilganidan so’ng mis va uning qotishmalari qanday elementlardan tashkil topganligini aniqlovchi quyidagi test topshiriqlari yozilgan kartochkaga talabalar etiborini qaratadi: 1.
Oddiy latunning tarkibida qanday elementlar mavjud? A) Mis va rux B) Mis va nikel C) Mis va qo’rg`oshin D) Mis va qalay
2. Maxsus latunning tarkibida qanday elementlar bor? A) Mis, rux, nikel, qalay. B) Mis, rux, nikel, qalay, qo`rg`oshin, kremniy va boshqalar C) Mis, kremniy, rux D) Mis, qo’rg`oshin, rux.
3. LMtsJ 52-4-1 markali latunning tarkibi qaysi ustunda to’g`ri ko’rsatilgan? A) 52% temir, 4% mis, 1% marganets va qolgani rux B) 52% marganets, 4% temir, 1% mis va qolgani rux C) 52% mis, 4% marganets, 1% temir va qolgani rux D) 52% rux, 4% marganets, 1% temir
O’qituvchi talabalar tomonidan yuqordagi test topshiriq- lariga javob olgach, LK80-3L, LA67-2,5, LA77-2, LAN 6-5, LO7- markali latunlar haqida nimalar bilishlarini so’raydi. elektr xususiyatlari sof metaldan nimasi bilan farqlanishi mumkinligi haqida so’raydi. Javoblar har xil bo’lishi mumkin. O’qituvchi o’quvchilar bilimini ma`lum bir tizimga keltirib umumlashtiradi va yangi hosil bo’lgan qotishmalarning marka- lanishi, ishlatilish sohalari, afzalligi, mashinasozlik sohasida tutgan o’rni haqidagi o’quv materiallarini bayon etadi. Yangi bilimlarni muammoli tarzda bayon qilishning o’qituvchi tomonidan tanlangan bu metodi talabalarning yuksak faolligini ta`minlaydi, bu esa ularga hozirgi vaqtda texnika sohasida juda keng qo’llaniladigan metallar va ularning qotishma- larining mexanik va elektr xossalari, ishlatilish sohalari, mashinasozlik sohasida tutgan o’rni haqidagi yangi bilimlarni osongina bilib oladilar. Yangi ilmiy-texnik bilimlarni muammoli bayon qilish-ta`lim metodidan izlanishga oid suhbatga va tadqiqotchilik metodiga o’tish usuli hisoblanadi. Muammoli darslarning tuzilishi quyidagicha bo’ladi:
I. O’qituvchining kirish so’zi. Bunda o’qituvchi dars mavzusi, maqsadi va vazifalari, o’quv materialida beriladigan muammolarning umumiy obrazi, darsda talabalar bajaradigan topshiriqlar bilan tanishtiradi. II. Talabalar faoliyatini muammosi savol, topshiriq va vazifalarni bajarish va hal etishga yo’llash. III. Talabalar guruhi o’rtasida o’quv bahsi va munozarani tashkil etish. IV. O’quv bahsi va munozara yakuni. O’qituvchi dars davomida bahs va munozara keltirib chiqargan muammolar echimidagi asosiy g`oya va tushunchalarni ta`kidlab, xulosalar chiqaradi. V. O’quvchilarni baholash. O’quv bahsi va munozaralarda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag`batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadai. VI. Uyga vazifa berish. VII. Darsni yakunlash. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling