1.Fanning maqsadi va vazifasi.”Materialshunoslik” fani
keng qo‘llaniladigan metallar, qotishmalar va nometall konstruk-
sion materiallarning olinish asoslari, ularning xossalari, soviqlayin
va issiqlayin ishlov berish, shuningdek, mashinasozlik texno-
logiyasi asoslarini o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi.
Ko‘nikmalar: fanni o‘rganish natijasida o‘quvchilar
quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak:
- metallar, qotishmalarning tuzilishi va xossalarini bilgan
holda ulardan yengil, yuqori sifatli, arzon mahsulotlar (detallar)
tayyorlash texnologiyasini egallash;
- payvandlash jarayonida unumli, yuqori samaradorligi va
sifatli payvand chok hosil qiluvchi payvandlash usullaridan
foydalanish;
- metallarni bosim bilan ishlov berishda ularning xossalari-
dan kelib chiqqan holda issiqlayin va soviqlayin ishlov berish;
- metallarni ishlov berishda kesish elementlari va usullari-
dan unumli foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |