174
– soliq yig‘ish;
– pul belgilarini chiqarish hamda moliya va
iqtisodiyot sohasida tartib
saqlash;
– kreditlar, imtiyozlar va hokazolarni berish;
– moddiy yordamga muhtoj fuqarolar (nogironlar,
yetimlar va hokazo-
lar)ni ijtimoiy muhofaza qilish;
– madaniyat-ta’lim muassasalari, ommaviy axborot
vositalarini rivojlan-
tirishni qo‘llab-quvvatlash;
– atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash;
– tashqi iqtisodiy faoliyat va xalqaro hamkorlik.
Moliya
(fransuzcha “
fi nance” –
naqd, daromad) – keng ma’noda:
pul mablag‘lari, davlat pul mablag‘larining aylanishi.
O‘zingizni davlatning Moliya vaziri o‘rnida tasavvur qiling. Mamlakat asosiy
mablag‘larini iqtisodiyotning qaysi tarmoqlariga sarfl agan bo‘lardingiz? Bunda ana
shu mablag‘lardan muvaffaqiyatli foydalanishni ta’minlash uchun qanday qonunlar
qabul qilinishini maslahat bergan bo‘lardingiz?
3. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING PUL TIZIMI
O‘zbekiston Respublikasining pul
tizimi rasmiy pul birligini, pul
muomalasi tashkil etilishi va tartibga solinishini o‘z ichiga oladi. 1994-yil
1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi rasmiy pul birligi – so‘m mu-
omalaga kiritilgan. 1994-yil 15-noyabrdan e’tiboran respublika hududida
barcha to‘lovlar va hisob-kitoblar faqat milliy valutada – so‘mda amalga
oshiriladi.
So‘m
– O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki chiqaradigan qog‘oz
banknotlar va metall tangalar. O‘zbekiston Respublikasida so‘m
yagona pul
vositasi sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: