G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

LUG‘AT
Agressiya (lotincha aggressio – hujum) – xalqaro huquqda BMT Ustavi 
nuqtayi nazaridan qurolli kuchlarning istalgan g‘ayriqonuniy qo‘llanishi, 
ya’ni qurolli tajovuz.
Apatrid (grekcha apatris – vatanidan judo bo‘lgan, bevatan) – ayni 
mamlakat fuqarosi hisoblanmaydigan va qandaydir xorijiy davlatga mansub 
ekanligi borasida ham isbotga ega bo‘lmagan shaxs.
Apellatsiya (lotincha appelatio – murojaatshikoyat) – qandaydir qaror 
ustidan ishni mohiyat yuzasidan qayta ko‘rib chiqishga haqli bo‘lgan yuqori 
instansiyaga shikoyat qilinishi.
Argument (lotincha argumentum) – isbot asosi bo‘lib xizmat qiluvchi 
mantiqiy vaj.
Armiya (lotincha armare – qurollantirish) – davlat qurolli kuchlari 
to‘plami.
Budjet (inglizcha bougette – karmon) – davlatning muayyan muddatga 
qonuniy tartibda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlari ro‘yxati.
Davlat gerbi – davlatning rasmiy emblemasi.
Davlat madhiyasi – davlatning rasmiy ramzi.
Davlat huquqi (konstitutsiyaviy huquqqa mos keladi) – davlatning 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va hududiy tuzilishi asoslarini tartibga soluvchi
fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlab qo‘yuvchi hamda ayni 
davlat hokimiyati organlari tizimini belgilovchi huquq tarmog‘i.
Demokratiya (grekcha demokratia – xalq hokimiyati) – xalq hokimi-
yatchiligi, siyosiy plyuralizm, fuqarolar erkinligi va tengligi, inson huquqlari 
singari konstitutsiyaviy prinsiplarni e’tirof etishga asoslangan davlat tuzili-
shi shakli.


187
Deputat (lotincha deputatus – elchi; vakil) – davlatning qonun chiqa-
ruvchi yoki qandaydir boshqa bir vakillik organiga saylangan shaxs, aholi 
ma’lum qismining vakili.
Federatsiya (lotincha foederare – ittifoq bilan mustahkamlamoq) – dav-
latlar birlashmasi bo‘lib, bunda birlashuvchi davlatlar qonun bilan belgilan-
gan mustaqillikni saqlab qolgan holda yagona ittifoq fuqaroligiga, yagona 
ittifoq armiyasiga, yagona ittifoq davlat organlariga ega davlat birligini 
tashkil etadi.
Femida (grekcha Themis) – qadimgi grek mifologiyasida bir qo‘lida 
tarozu va boshqasida qilich, ko‘zlarida bog‘ich bilan (beg‘arazlik ramzi) 
tasvirlangan odil sudlov ilohasi; odil sudlov ramzi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling