G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Muqobil saylovlar – mansabdor shaxsning qandaydir organga lavozim 
ustida o‘zaro raqobatlashayotgan ikki yoki undan ortiq nomzodlardan say-
lanishi.
Naturallashtirish, o‘zlashtirish (fransuzcha naturalisation – tabiiy) – 
ajnabiyni fuqarolikka qabul qilish.
Ombudsman (shvedcha hombuldsman – allakimningdir manfaatlari 
vakili) – davlat organlari tomonidan inson huquqlariga rioya etilishi ustidan 
nazorat qiluvchi mansabdor shaxs.
Parlament (inglizcha parliament, fransuzcha parler – so‘zlamoq) – 
davlatdagi oliy vakillik va qonun chiqaruvchi organning nomlanishi.
Preambula (fransuzcha preambule – so‘zboshi) – qonun yoki boshqa 
huquqiy qarorning kirish yoki muqaddima qismi.
Prezident (lotincha praesidens – oldinda o‘tiruvchi; boshda turuvchi) – 
respublika boshqaruv shakliga ega mamlakatlarda davlat va ijro etuvchi ho-
kimiyat boshlig‘i.
Prolongatsiya qilish (fransuzcha prolongation – uzaytirish) – shartno-
ma amali muddatini u tuzilayotganida nazarda tutilganidan uzaytirish.
Promulgatsiya qilish (lotincha promulgatio – ommaga e’lon qilish) – 
qandaydir davlat hujjati, qonunining u shundan keyin majburiy kuchga ega 
bo‘lishi uchun rasman chop etilishi, e’lon qilinishi.
Referendum (lotincha referendum – bildirilishi shart bo‘lgan narsa) – 
barcha fuqarolar ishtirok etadigan umumxalq so‘rovi yoki saylov huquqi
davlat hayotining o‘ta muhim masalalari bo‘yicha o‘tkaziladi.


189
Saylovchilar bloki (ittifoqi) – davlat boshlig‘i, markaziy va mahalliy 
hokimiyat organlariga saylovlarda birgalikda nomzod ko‘rsatish to‘g‘risida 
bir necha siyosiy partiyalar bitimi.
Standart (inglizcha standart) – norma, mezon, asos.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling