G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Yakunlarni chiqaramiz
O‘zbekiston Respublikasi-
ning Konstitutsiyasiga 
o‘zgartirishlar
 kiritish
?
?
O‘zingizni sinang!
1. Sizningcha, Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish nimalarga bog‘liq bo‘ladi?
2. Nima deb o‘ylaysiz, biron-bir o‘zgartirishga ehtiyoj sezmaydigan nihoyatda 
mukammal konstitutsiyalar ham mavjudmi?
3. Ayting-chi, barqaror amal qiluvchi Konstitutsiya ustunliklari nimalarda namoyon 
bo‘ladi?
4. Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani hal qilishda 
demokratik davlat qanday yondashuvlarga amal qiladi?


184
XULOSA
Mana, Siz bilan davlatimizning Asosiy qonuni – O‘zbekiston Respub-
likasining Konstitutsiyasi sahifalari bo‘ylab sayohatni ham nihoyasiga yet-
kazdik.
Siz har bir inson hayotida yuzaga keladigan muammolarning ko‘p-
chiligini qonunchilik yordamida hal qilish mumkinligiga ishonch hosil 
qildingiz. Ko‘pchiligini, harholda, hammasini emas. Shu bilan birga, inson 
xatti-harakatlarining axloqiy normalari, uning axloqiy-ma’naviy fazilatlari – 
vijdon, or-nomus, o‘z qadr-qimmati, hissi va hokazo tushunchalar ham 
mavjuddir. Bular huquqiy ma’rifat – huquqiy madaniyatning qo‘shimcha 
unsurlaridir, ya’ni huquq insonga havola etadigan barcha ijobiy va qimmatli 
narsalarni o‘zlashtirishdir. Axloqiy fazilatlar va huquqiy bilimlar majmuyi 
yuksak huquqiy madaniyat asosini ham tarkib toptiradi.
Ammo passiv qonunga itoatkorlik – jamiyatga zarur bo‘lgan narsa 
degani emas, aslo. Ham o‘zining, ham o‘zgalarning qonuniy huquqlari-
ni himoya qilishni bilish, qonun buzilishi bilan murosa qilmaslik kerak, 
negaki buning oqibatida qonuniylikka va huquqiy davlat barpo etish 
imkoniyatlariga ishonchsizlik tug‘iladi.
Konstitutsiyaviy huquq, anglaganingizdek, O‘zbekiston Respublika-
sining huquq tizimida yetakchi tarmoq sanaladi. 
Uning yetakchilik roli huquqning barcha boshqa tarmoqlarida konsti-
tutsiyaviy g‘oyalarni rivoj toptirishdagina namoyon bo‘lib qolmasdan, 
balki huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning huquqiy 
asosi bo‘lib xizmat qilishida ham ko‘rinadi.
Shuni unutmaslik kerakki, O‘zbekistonda davlat mustaqilligiga erishil-
gandan so‘nggina bu strategik muhim maqsad qo‘yildi. 
O‘zbekistonning konstitutsiyaviy huquqida huquqiy davlatga xos bar-
cha prinsiplar mujassamlashgan. 


185
Biroq konstitutsiyaviy prinsiplar o‘z-o‘zidan huquqiy davlat yarat-
maydi. Huquqiy davlatni qonunlar emas, insonlarning o‘zi, jamiyat yara-
tadi. Qonunlarning ahamiyati shundaki, ular jamiyat qurilishining huquqiy 
asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Umid qilamizki, huquqshunoslik fanidan olgan bilimlaringiz kundalik 
hayotingizda yuzaga keladigan muammolarni kelajakda emas, bugun ham 
hal etishga yordam beradi.
Shunday bo‘lsa-da, erishilgan narsalar bilan kifoyalanib qolmaslik ke-
rak. Qonun chiqaruvchi hokimiyat organlari davlatimiz huquq tizimini tako-
millashtirish ustida ishlarni davom ettirmoqda. Tevarak-atrofi mizdagi hayot 
yanada pokiza, charog‘on va adolatli bo‘lishi ham o‘zimizga bog‘liqdir. 
Qo‘lni qo‘lga berib, yelkama-yelka tursak, ona-Vatanimizni huquqiy dav-
latga, baxtiyor va gullab-yashnagan mamlakatga aylantira olamiz.


186

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling