G. M. Tansikbayeva, V. A


Umuman olganda, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Umuman olganda, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagi maqsadlarda kiritiladi, chunon-
chi:
– hokimiyat va boshqaruv tizimni yanada demokratlashtirish;
– “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili bosqich-
ma-bosqich ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash;
– davlat hokimiyati organlari tizimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi palatalari rolini oshirish, ichki va tashqi siyosat strategik vazifalari-
ni ro‘yobga chiqarishda ularning huquqlari va vakolatlarini yanada kengay-
tirish;
– Vazirlar Mahkamasi va ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati 
ustidan nazorat qilish bo‘yicha oliy qonunchilik organlari, vakillik hokimi-
yat organlari funksiyalarini yanada kuchaytirish;
– mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini amalga 
oshirish uchun hukumat, joylardagi ijroiya hokimiyat organlari mas’uliyatini 
oshirish;


183
– qonunchilik, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlari mustaqilligi va 
tengligini, ular vakolatlari balanslashtirilishi, hokimiyat organlari o‘rtasida 
tiyib turuvchi va muvozanatga solib turuvchi vositalar tizimi samarali ish-
lab turishini ta’minlash.
Shunday qilib, o‘tgan davr mobaynida amalda deyarli barcha konsti-
tutsiyaviy qoidalar va me’yorlar qabul qilingan 600 dan ortiq qonunlarda, 
shu jumladan, 8 ta konstitutsiyaviy qonunda, 16 ta kodeksda izchil davom 
ettirildi va yanada rivojlantirildi.
Bunda davlatimiz qonunlariga muvofi q Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar 
faqat shaхs va jamiyat ehtiyojlari va manfaatlarini yanada to‘liqroq qanoat-
lantirish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadidagina kiriti-
lishini inobatga olish kerak bo‘ladi.
barqaror Konstitutsiya – barqaror jamiyat;
qonunlarni yangilab borishga ehtiyoj tug‘ilishi;
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgarti-
rishlar tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasi va Senati deputatlari umumiy soni-
ning kamida uchdan ikki qismini tashkil etuvchi ko‘pchilik 
tomonidan qabul qilingan qonun bilan yoki O‘zbekiston 
Respublikasi referendumi orqali kiritiladi.



Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling