39
kitobdan iborat bo‘lgan “Hidoya” (“To‘g‘ri yo‘l”)
asarini yozib tugatadi.
Bu asarda alloma kishilar
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar qanday bo‘lishi
kerak li gini huquq asosida ko‘rsatib berdi. Ko‘p asr -
lar davomida ana shu kitob huquq
shunoslik (fi qh
ilmi) bo‘yicha asosiy qo‘llanma bo‘lib keldi.
Uyg‘onish davri mutafakkirlari ham Burho-
nid
din al-Marg‘inoniyning
har bir insonning tabiiy
huquqlariga, u ana shu davlatning fuqarosi ekanli-
gi yoki aksinchaligidan qat’i nazar, rioya etilishini
qonunlashtirish va ta’minlash zarurligi to‘g‘risidagi
g‘oyasini yoqladilar. Xuddi ana shu davrdan e’tiboran
davlatga mutlaqo boshqacha –
shaxs huquqlarini
poymol qiluvchi institut (tashkilot) tariqasida emas, balki uning inson va ja-
miyat manfaatlariga xizmat qilishi nuqtayi nazaridan yondashilmoqda.
Tabiiy huquqlar g‘oyasi jahondagi turli davlatlarning
konstitutsiyaviy
huquqida o‘z aksini topgan. Insonning oliy qadriyatlari mamlakatning Asosiy
qonunida e’tirof etilishi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida
ham inobatga olingan.
O‘zbekiston Respublikasida demokratiya
umuminsoniy prinsiplarga
asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni,
qadr-qimmati
va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: