G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Asosiy qonun belgilaydi


49
2. FUQARO VA DAVLAT
Demokratik davlatda fuqaro va davlat nafaqat bir-biriga nisbatan o‘zaro 
burchlar, qolaversa, o‘zaro javobgarlik bilan ham bog‘langan bo‘ladi.
Demokratik rivojlanish yo‘liga o‘tish O‘zbekistonga inson va davlat-
ning o‘zaro munosabatlarini ularning huquqlari va javobgarligi tengligini 
e’tirof etish negizida o‘zgartirish imkoniyatini berdi. Bu narsa davlat o‘z 
zo‘ravonligi bilan insonni fuqarolikdan mahrum qilishga ham, uni fuqaro-
likka ega bo‘lish huquqidan mahrum etishga ham, shuningdek, o‘ziga 
yoqmaydigan kishilarni emigratsiya qilishga majburlashga ham haqli 
emasligini anglatadi.
Hozirgi davrda inson, qaysi mamlakatning fuqarosi bo‘lishidan qat’i 
nazar, ikkiyoqlama himoya panohida bo‘ladi. Bir tomondan, u milliy huquq 
me’yorlari bilan, boshqa tomondan esa, xalqaro huquq me’yorlari bilan 
himoya qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risidagi ishlarni idora 
qiluv chi davlat organlariga quyidagilar kiradi:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari 
bo‘yicha komissiya;
– O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
– O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi.
Fuqarolikka qabul qilish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan qabul qilinadi. 
Fuqarolikni olish uchun nima asos bo‘la oladi?
O‘zbekiston fuqaroligi beriladi:
– tug‘ilgan paytda;
– O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish natijasida;
– O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari bilan nazarda tutilgan asos-
larga ko‘ra;
– boshqa qonuniy asoslarga ko‘ra.
“O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonun, 12-modda.
Qonun belgilaydi


50

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling