G. M. Tansikbayeva, V. A
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sog‘lom avlod uchun”
- 3. NIKOH TUZISH SHARTLARI
2. OILA DAVLAT MUHOFAZASIDA
Oila muhofazasi davlatda turli qonunlarni qabul qilish, shuningdek, jamo at jamg‘armalari va tashkilotlari tomonidan ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlash tariqasida amalga oshiriladi. Binobarin, mustaqillik yil- larida respublikada “Bolalar jamg‘armasi”, “Mahalla”, “Ekosan”, milliy “Qizil Yarim oy jamiyati” singari ko‘p bolali va kam ta’minlangan oila- larga, bolalarga, yolg‘iz qariyalarga va hokazolarga imkoni boricha madad berayotgan jamoat jamg‘armalari tashkil qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan 1993-yil 7-mayda mamlakatda birinchi orden – “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etildi. Onalik va bolalikni muhofaza qilishda, sog‘lom avlod kamol topishi uchun moddiy shart-sharoitlar va ma’naviy muhitni ta’minlashda alohida xizmatlar ko‘rsatgan shaxslar “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdir- lanadilar. 3. NIKOH TUZISH SHARTLARI Nikoh tuzish uchun kuyov va kelinning ixtiyoriy roziligi zarur, shu- ningdek, ular muayyan yoshga to‘lgan bo‘lishi shart (qizlar – 17 yoshdan, yigit lar – 18 yoshdan). Ixtiyoriy rozilik nikoh tuzish masalasi hal etilayotganda uchinchi shaxs- larning taz yiqi bo‘lmasligi kerakligini anglatadi. Uchinchi shaxslar, shu jumladan, ota-onalar tomonidan nikohlanishga to‘sqinlik jinoiy jazolanadi- gan harakatga aylanishi mumkin. Qarindosh-urug‘lar maslahatlar berishlari, nikoh to‘yiga tayyorlanishga yordam ko‘rsatishlari, moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashlari mumkin. 102 Sizningcha, nikoh tuzish yoshi nega qizlar uchun 17 yoshdan, yigitlar uchun esa 18 yoshdan belgilangan? O‘z javobingizni asoslab bering. Muqaddam qayd etilgan nikoh, nikoh tuzish taqiqlanishi shartlaridan biri hisoblanadi. Qonunga muvofi q sog‘lom va ruhiy kasal yoki aqlan zaif kishi o‘rtasidagi hamda qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. Er-xotinlar, shuningdek, o‘zlarining voyaga yetmagan bolalari tarbiyasi uchun, ular ning ishlari va qilmishlari uchun javobgar bo‘ladilar. O‘z navbatida farzandlar ham o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilish- lari, ularga yordam berishlari, qo‘llab-quvvatlashlari lozim. Balog‘at yoshiga qadar bu majburiyat ma’naviy tavsifda bo‘lib, ular 18 yoshga to‘lganlaridan keyin esa yuridik kuch kasb etadi. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar. Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling