G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/109
Sana16.09.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1679264
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   109
Bog'liq
@pp kitoblar qiyosiy ped

Ta’limda boshqaruv: muammo va yechim
Italiya xalq ta‘limi tizimi boshqaruvining o`ziga xosligi haqida gap ketganda
uning huquqiy asoslari va mavjud an‘anaviy me‘yorlariga e‘tibor qaratiladi. 
Mamlakatda uzluksiz ta‘limning birinchi bo`g`inini, ya‘ni boshlang`ich ta‘lim 
boshqaruvining o`z talablari bor. Bolalarni maktabga qabul qilishning o`z shartlari 
bor. Ya‘ni o`qishga ma‘lum yilning 31 – avgustidan kelasi yilning 30 - apreligacha 
6 yoshga to`lgan bolalar qabul qilinadi. Faqatgina maktablar uchun binolarning 
yetishmovchiligini hisobga olmaganda, barcha xarajatlar davlat tomonidan 
to`lanadi. Kitoblar, o`quv qurollaridan tortib, to maktab avtobusi va oshxona 
xarajatlarigacha bepul.
Italaiyada boshlang`ich ta’lim bosqichi 5 yil davom etadi. Boshlang`ich ta‘lim 
boshqaruvning ikki ko`rinishini taklif etadi: 
Klassik 
- Amodulo ( ikki sinf uchun 3 nafar o`qituvchi yoki 3 sinf uchun 4 o`qituvchi). 
Shuningdek, (xalq ta‘limi tizimida 3-5 yoshli bolalar uchun majburiy 
bo`lmagan maktabgacha tarbiya muassasalari ham mavjud). Haftada 27-130 soat 
dars jadvali bo`lgan maktablar hamda classi atempo pieno maktablarida bir sinf 
uchun 2 nafar o`qituvchi bo`lib, darslar haftasiga 40 soatni tashkil etadi. Har bir 
o`quv muassasasasi o`z hududidan kelib chiqqan holda boshqaruvning tashkiliy 
tuzilishini ishlab chiqadi. Maktabning boshlang`ich sinflarida, odatda, 10 dan 25 
nafargacha o`quvchi ta‘lim oladi. Majburiy maktablarda 6 – 11 yoshli bolalar 5 yil 
boshlang`ich maktabda ta‘lim olsa, quyi o`rta maktabda 3 yil ta‘lim oladilar. 
Boshlang`ich ta‘lim umumiy ta‘limning dastlabki bo`g`ini hisoblanadi. Ta‘lim 
muassasalari va davlat boshlang`ich ta‘lim maktablari mamlakatdagi umumiy 
qonunlar va qonunosti me‘yoriy hujjatlar orqali boshqariladi. 
Turli xil maktablarning o`zaro farqlari ularning binolari, o`quvchilar soni, 
sinflar va dars jadvalining tuzilishi bilan farq qilishi mumkin.


81 
Italiyada davlat va xususiy maktablar faoliyati teng olib boriladi. O`quv 
dasturlari bir – biridan uncha farq qilmaydi. 1985 – yilda qabul qilingan qonunga 
muvofiq 
boshlang`ich 
maktablar 
konstitutsiyada 
belgilangan 
shaxs 
va 
fuqarolarning ta‘lim olish huquqlariga asosan ish ko`radi. Ta‘lim tizimini 
boshqarishda fuqarolarning erkinliklariga qadriyat sifatida qaraladi va inson 
huquqlari umumjahon deklaratsiyasi talablariga javob beradi. 
Boshlang`ich ta‘limning yana bir asosiy talablaridan biri bu – bolalarda 
madaniy savodxonlikni shakllantirishdir. Maktablar afsuski, ta‘limda amalga 
oshirilishi ko`zda tutilgan barcha vazifalarni to`liq bajara olmaydi. Shuning uchun 
o`qituvchilar doimo ota – onalar va tashkilotlar yordamiga ehtiyoj sezishadi. Ular 
bilan hamkorlikda ish faoliyatini olib borishadi. Asosy maqsad o`quvchilarning 
bilim olib, savod chiqarishlari barobarida erkin demokratik jamiyatda yashashga 
o`rgatishga qaratiladi. Ta‘lim tizimi qonunchiligida asosan maktablar o`ziga xos 
yo`nalishlarga bo`linadi va ulardan o`quvchilarda avvalo, shaxsni rivojlantirish, 
ularning individual qobiliyatlarini hisobga olish talab etiladi. Shu bois maktablar 
o`quvchilarning o`z fikrini shakllantirish va erkin ayta olish, savodxonlik, tabiiy 
fanlarni o`rganishda fundamental imkoniyatlarni yaratish bu borada ta‘limda ilmiy 
metodlarni qo`llash, shuningdek, kommunikativ uslublar orqali tarbiyalashga 
alohida e‘tibor qaratadi. 
Italiyada maktablar 2 turga bo`linadi:
1) scuoleparitarie
2) scuole private autorizzate
Bulardan birinchisi scuoleparitarie maktablari bo`lib, ular 2000 – yildan buyon 
davlat ta‘lim muassasasi sifatida bitiruvchilarga guvohnoma berib kelmoqda.
Ikkinchi turi esa, scuole private autorizzate maktablaridir. Bunday 
maktablarning o`ziga xosligi shundaki, ularni ma‘lumotga ega bo`lmagan, 
shuningdek, yuridik shaxs bo`lmagan o`rta maktabni bitirgan fuqarolar boshqaradi. 
Bunday maktablar bitiruvchilarga sertifikat berish huquqiga ega emas. 
Shuningdek, Italiya ta‘lim tizimida anchagina nom qozongan xususiy ta‘lim 
muassasalari mavjud. Bular Steynarian maktablaridir. 2000 – yil 11 – sentabrda 
Italiya ta‘lim vazirligi qabul qilgan shartnomaga ko`ra, bu maktablarga faqat 
boshlang`ich sinflarni tashkil etish uchun ruxsat berilgan bo`lib, ularda Montessori 
metodi bo`yicha dars o`tiladi shu bois, bunday sinf rahbarlaridan maxsus 
Montessori didaktikasi differensial diplomiga ega bo`lish talab etiladi. 
Italiya maktablarida ko`p miqdorda o`qituvchilar uchun alohida darsliklar va 
yordamchi materiallar mavjud. Biroq o`qituvchilar o`zlari istagan boshqa 
darsliklardan foydalanishlari mumkin. Bu esa, natijalarning samarali bo`lishini 
ta‘minlaydi. Italiya maktabi ta‘lim tizimininig boshqa davlatlar ta‘lim tizimidan 
o`ziga xos farqli jihatlaridan biri shundaki, Italiya maktablarida multi sinflar 
mavjud. Bunday sinflar o`quvchilarini turli yoshda bo`lgan bolalar tashkil etadi. 
Ularning soni 6 dan 12 nafargacha bo`ladi. Multi sinf o`quvchilari birgina 
o`qituvchi nazoratiga topshiriladi. Lekin bunday sinflar barcha maktablarda
mavjud emas. Ular faqatgina tog`li jorlarda, aholi juda kam joylashgan 
hududlardagi maktablarda tashkil etiladi. Bu sinfda ota – onalar bolalari bilan 
shug`ullanish imkoniyati bo`lmagani yoki boshqa sabablarga ko`ra band oilalar 


82 
farzandlari tahsil olishadi. Maktabda o`quv jarayonini tashkillashtirish maktabning 
hududiy joylashuvi hisobga olingan holda olib boriladi. O`quv yili 1 – sentabrdan 
boshlanib, yozgi ta‘til 30 – iyundan boshlanadi. Maktab bitiruvchilari bitiruv 
imtihonlarini iyul oyida topshiradilar. 
Boshlang`ich maktablarda darslar haftasiga 27 – 30 soatni tashkil qilsa, 
shundan 3 soati chet tilini o`rganishga ajratiladi. Dars jadvalini rejalashtirish 
jarayonida asosiy e‘tibor fanlarni bir xil taqsimlashga qaratiladi. 
Umumiy modul tizimidagi maktablarda (haftada 27 soat) haftada 5 kun 
o`qitiladi. O`quv jarayoni 40 soatni tashkil etadigan maktablar ham haftasiga 5 
yoki 6 kun ishlaydi. Soatning ko`pligiga qarab darslar umumta‘lim maktablar 
uchun 8:30 dan 16:00 gacha olib boriladi. O`rtadagi tanaffus uchun 30 daqiqa vaqt 
ajratiladi. 5 - sinf yakunida o`quvchilar esame di licenza elementare, ya‘ni
boshlang`ich ta‘limning yakunlanishi imtihonini topshirishdi. Shundan so`ng,

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling