G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
ikkinci bosqich scuola mediaga
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
ikkinci bosqich scuola mediaga o`rta ta‘limga o`tadilar. Imtihonda nafaqat
o`quvchi, balki o`qituvchining salohiyati ham tekshiriladi. Ya‘ni, o`quvchi ustozidan olgan bilimni qanchalik egallaganini ko`rsata olishi kerak. Test savollarida matematika va mantiq fanini o`zlashtirish darajasi tekshiriladi. Boshlang`ich ta‘limni tugatgach, birinchi bosqich imtihonini topshirgan o`quvchiga maxsus guvohnoma beriladi. Bu hujjat ta‘limning ikkinchi bosqichiga o`tish huquqini beradi. Italiya ta‘lim tizimi boshqaruvida asosiy e‘tibor boshlang`ich ta‘limni to`g`ri tashkil etishga qaratilishi bejiz emas. Chunki aynan shu bosqich keyingi ta‘lim jarayonlarining samarali olib borilishini ta‘minlaydi. O`quvchilar haftada besh kun 30 soat o`qiydilar. Har bir ta‘lim bosqichining oxirida imtihon o`tkaziladi. Baholar og`zaki tartibda ―juda yaxshi‖, ―durus‖ va ―past‖ darajalarda baholanadi. Italiyada birinchi besh yillikda ya‘ni ikki bosqichni tugatganidan so`ng yozuvga oid va og`zaki imtihon olinadi. Uning natijasiga qarab oquvchilarga shahodatnoma majburiy beriladi va ular o`rta maktabga o`tadilar. Qayerda o`qishlaridan qat‘iy nazar, ta‘lim 14 yil. Italiyada o`quvchilar bu bosqichda italyan tili, tarix, geografiya, matematika va tabiiy fanlar, xorijiy til, san‘at, musiqani o‘rganishadi. So‘ng yil oxirida imtihon topshiriladi. Italiyada o‘quvchilar imtihonlarda italyan tili, matematika va chet tilidan – yozma, qolgan fanlardan – og`zaki imtihon topshiradilar. Italiyada litsey tizimi Umumiy maktablardan keyin universitatga kirish uchun litseylarda tayyorlanishadi. Universitetlarga tayyorlanish litseylarda amalga oshiriladi. Litseylarning uch turi mavjud: 1. Klassik 2. Texnikaga oid litseylar 3. Tabiiy fanlarga oid litseylar 83 Litseylar dasturi quyidagilarni o`z ichiga oladi. Italyan adabiyoti, lotin tili, matematika, fizika, tabiiy fanlar, falsafa, tarix. Bitiruvchilar topshiradigan imtihonlar fransuzlarning topshiradigan imtihonlariga juda ham o`xshash. Oliygohga kirish yetuklik attestati orqali qabul qilinadi. Klassik litseyda oliygohga kirish uchun umumiy tayyorgarlik amalga oshiriladi va bitiruvchilar har qanday fakultetga o‘qishga kirishga haqli. Italiya ta‘lim tizimida oliy o`rta maktablar kasbga yo‘llovchi o`quv korxonalar (texnik oliygohlar, san‘at maktablari) va litseylar hisoblanadi. O‘quvchilar boshlang`ich va o`rta ta‘limda 14 + 5 yil ta‘lim bilan 19 yil o`qiydilar. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling