G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
Maktabgacha tarbiya
Majburiy bir yillik maktabgacha tayyorgarlik bog‘chada yoki maktabda amalga oshiriladi. Boshlang’ich maktab. Bolalar 7 yoshdan maktabda o‘qishni boshlashadi. O‘qish 6 yil davom etadi va imtihon bilan yakunlanadi. O‘qish ikki bosqichda tashkil etilgan: Birinchi bosqich 1-3 sinflarni qamrab oladi. O‘qituvchi o‘quv dasturini o‘quvchilarning o‘zlashtirish imkoniyatlaridan kelib chiqib amalga oshiradi. Ikkinchi bosqich 4-6 sinflarni o‘z ichiga oladi, o‘qitilayotgan fanlar an‘anaviy va blokli fanlarga bo‘linadi. Bunda polyak tili, tarix, matematika, chet tili kabilar 1-chizma. Polshaning zamonaviy ta‘lim tizimi tuzilmasi Polsha ta‘lim tizimi Maktabgacha ta‘lim 1 yil Boshlang‘ich ta‘lim 6 yil Gimnaziya 3 yil Texnikum 4 yil Litsey 3 yil Kasbiy maktab 2 yil KMdan keyingi litsey 2 yil OO‘Yu 5 yil Doktorlik darajasini olish 3 yil 87 an‘anaviy o‘quv fanlariga, ximiya, biologiya, geografiyani o‘zida birlashtiruvchi tabiat fani blokli fanlarga kiradi. Darslar 45 minut davom etadi. O‘quvchi maktabni 6-sinfdan keyin majburiy imtihonlarni topshirish bilan yakunlaydi. Polshada davlat va xususiy maktablari mavjud. Xususiy maktab sinflarida o‘quvchilar soni kamchilikni tashkil etadi. Davlat maktablarida dars soatlari soni O‘qituvchi Kartasida aks etadi (qonun bo‘yicha haftasiga 18 soat). Xususiy maktablarda dars soatlari soni va sharoitlarni ish beruvchi belgilaydi. Xususiy maktablarda ta‘lim jarayoniga ota - onalar ta‘siri kuchli. Shuningdek, Polshada differensiyalashgan ta‘lim bosqichi mavjud. Gimnaziya ta‘limi 3 yil davom etadi. Gimnaziya 3 bosqichli imtihon topshirish bilan yakunlanadi: gumanitar fanlar bo‘yicha, matematika va tabiat bo‘yicha, chet tili bo‘yicha. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling