G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Niderlandiya ta’limining ayrim masalalari
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
4.6 Niderlandiya ta’limining ayrim masalalari
Niderlandiyaning yer maydoni 42 ming km kv bo‘lib, unda 15 million aholi istiqomat qiladi. Uning shimoliy dengiz bo‘yida uch daryo Reyn, Maasa, Sxelde dengizga quyilish joyida joylashganligi, Niderlandiyaga katta geografik qulaylik tug‘diradi. Shu tufayli ham aholining katta qismi kemasozlik, turizm, tranzit yuklarni kemalar bilan tashib berish bilan band. Ishga yaroqli aholidan 6 millioni yoki 67 foizi maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida, 28 foizi sanoatda, 5 foizi qishloq xo‘jaligi va baliqchilik xo‘jaliklarida mehnat qiladi. Davlat tuzimi – konstitutsion monarxiya, uning o‘z parlamenti ham faoliyat ko‘rsatadi. Bu mamlakat 12 viloyatdan tashkil topgan, poytaxti Amsterdam shahridir. Niderlandiya kichik mamlakat bo‘lsada, lekin xalqaro ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotda faol ishtirok etadi. Hozirgi Birlashgan Millatlar Tashkilotining o‘tmishdoshi bo‘lgan millatlar ligasi aynan birinchi bor Niderlandiyada tashkil 89 etilgan edi. Bu mamlakatda 1899, 1907-yillarda xalqaro tinchlik konferensiyalari bo‘lib o‘tgan. Hozir xalqaro arbitaj, xalqaro sud shu mamlakatning Gaaga shahrining Tinchlik saroyida joylashgan. Uning siyosati tinchlik siyosatidir. U xalqaro tinchlikni saqlash tashkilotlarining a‘zosi, tinchlik forumlarining barchasida faol qatnashadi. U BMT, NATO, EES, Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatining faol a‘zosidir. Ikkinchi jahon urushidan keyin Niderlandiyada qudratli industriya‘ni barpo etish ishlari boshlandi. Niderlandiya ta‘lim tizimlarining shakllanish davri 1789 yilda fransuz revolyutsiyasi natijasida paydo bo‘lgan Bativ Respublikasi davriga to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunda mamlakatning 75 foiz maktablari xususiy shaxslar, tashkilotlar va jamiyatlar tomonidan, shu jumladan xrestian yoki katolik cherkovlari tamonidan tashkil etilgan. Bu mamlakatda ta‘lim tizimi 7-3-2 shakldadir. Boshlang‘ich ta‘lim maktabgacha tarbiya bilan qo‘shilgan. Ta‘lim tizimi bosqichlari: — boshlang‘ich ta‘lim; — o‘rta ta‘lim; — maxsus ta‘lim; — oliy ta‘lim; — chet elliklar uchun ta‘lim. Bu mamlakatda 4 yoshdan kichik bolalar uchun o‘quv-tarbiya muassasalari yo‘q. Bolalar yaslilari mavjud, lekin ular ta‘lim vazirligi tasarrufida emas. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling