G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
Universitetlar
Bakalavriatura 4 yil hamda magistratura 2 yildan iborat bo‘lsa, doktorantura 5 yilni o‘z ichiga oladi. Bakalavr - Gakushi. M M агистр - Shushi. Yaponiya oliy o‘quv yurtlari dunyoda yagona bo‘lgan ―kenkyusey‖, ya‘ni ―talaba-tadqiqotchi‖ institutiga ega. Tokio universiteti Universitetga 1877 yil asos solingan. Ushbu universitet Yaponiyada eng mashhur oliy ta‘lim muassasalaridan biri hisoblanadi. ―World University Rankings‖ reytingiga ko‘ra, 2010 yilda Tokio universiteti Osiyoda 5-o‘rinni egallagan, dunyoda esa kuchli 20 talikka kirgan universitet hisoblanadi. Universitetda 10 ta fakultet bo‘lib, ularda taxminan 30 mingga yaqin talaba tahsil oladi. Shulardan 2000 tasi o‘zga mamlakat talabalari sanaladi. Universitetning 6 nafar bitiruvchisi Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan. Ular orasida mashhur yozuvchi Yasunari Kavabata ham bor. Nagoya davlat universiteti Nagoyada 21 ta universitet joylashgan. Ulardan eng mashhuri Nagoya davlat universiteti sanaladi. Universitetning tarixi 1871 yillarga borib taqaladi. O‘sha vaqtlarda u vaqtinchalik tibbiyot maktabi bo‘lgan. 1939 yilga kelib Nagoya imperatorlik universiteti deb atala boshlandi. 1947 yilda Nagoya universiteti deb 99 qayta nomlanadi. 2004 yilda milliy universitetlar qatoriga kiradi va Nagoya davlat universiteti maqomini oladi. Universitetda xitoylik talabalar 47%ni, koreyaliklar 9,5%ni tashkil etadi. 30 ga yaqin talaba Tayvan, Indoneziya, Malayziya, Kambodja va O‘zbekistondan kelib tahsil oladi. Universitetni bitirganlar orasida 4 ta nobel mukofoti laureatlari mavjud. Bular: - Ryodzi Noyori (kimyo, 2001 yil), - Makoto Kobayasi (fizika, 2008 yil), - Tosixide Maskava (fizika, 2008 yil), - Osamu Simomura (kimyo, 2008 yil). Nagoya davlat universitetida 9 ta fakultet bo‘lib ular: 1. Huquqshunoslik 2. Tibbiyot 3. Qurilish 4. Adabiyotshunoslik 5. Ilmiy 6. Qishloq xo‘jaligi 7. Iqtisodiy 8. Ta‘lim 9. Madaniy axborot Universitet sayti: http://www.nagoya-u.ac.jp Yaponiyada pedagogika universiteti mavjud emas. Bu erda ―o‘qituvchilik‖ka o‘qitishmaydi. Oliy ma‘lumotga ega barcha fuqaro nisbatan murakkab bo‘lgan imtihondan o‘tib, o‘qituvchilik kasbi bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziya oladi va bemalol faoliyat yuritaveradi. Har 10 yilda esa o‘z kasbi yuzasidan kurslardan o‘tishi talab etiladi. Shunga qarab uning lisenziyasi yana uzaytiriladi. Biroq, Yevropa ilmi baribir ham har qanday to‘siqlarga qaramay kirib keldi. Nagasaki Dedzima qirg`og`ida joylashgan Golland savdo faktoriyasi ―rangaku‖ (golland ilm-fani) nomi bilan mashhur ma`lumot manbaiga aylandi. Golland ilmining asosiy sohalari: -Geografiya -Tibbiyot -Astronomiya -San`at -Chet tili -Elektron mexanika kabilar. Olingan bilimlar natijasida XVIII asrda vadokeylar yaratildi. Izolyatsiolangan siyosatning susayishi yevropa ilmining kirib kelishini ta`minladi. Va turli sohalarda, mikroskoplar, teleskoplar, mexanik soatlar va boshqa ixtirolar yaratildi. Ko‘p asrlik qadriyatlar ikkinchi o‘ringa o‘tdi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling