G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
Hindiston ta’lim tizimi
Hindistonda, 1949 – yil qabul qilingan konstitutsiyaga ko‘ra 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul, majburiy ta‘lim joriy etigan. Hindiston xalq ta’limi tizimi quyidagicha tuzilgan: - maktabgacha ta‘lim tizimi; - boshlang‘ich va kichik asosiy maktab; - to‘liqsiz o‘rta; - to‘liq o‘rta maktab; - oliy ta‘limdan iborat. Oliy o‘quv yurtlarida o‘qish muddati 5–6 yil. O‘qish pullik. Mamlakatda bugungi kunda 219 ta universitet va institut hamda 7 mingdan ortiq kollej faoliyat yuritmoqda. Dunyoda eng mashhur oliy o‘quv yurtlari: Bombey universiteti, Kalkutta universiteti, Chennoy universiteti. Asosiy kutubxonalari: Kalkuttadagi milliy kutubxonasi, Dehlidagi ommaviy kutubxona, Chennoydagi ommaviy markaziy kutubxonalar. Hindiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, mamlakatda yo‘lga qo‘yilgan ta‘lim siyosati ko‘proq sekulyar va markazlashgan tizimga xizmat qiluvchi kadrlar tayyorlashga e‘tibor qaratdi. U ijobiy va salbiy natijalar berdi. Ijobiy natijasi shu bo‘ldiki, Hindiston ta‘lim tizimi dunyo ish bozorida raqobatbardosh doktor, menejer, injener kabi mutaxassislar yarata oldi. Mamlakatdagi mashhur ―Hindu‖ gazetasi muharririning aytishicha, Hindiston oliy o‘quv yurti bitiruvchilarining 80 foizdan ziyodi chet elga chiqishni istaydi. Aksariyat malakali mutaxassislarni chet elga ketishni xohlaydigan yoshlar tashkil etadi. Yoshlarning milliy qadriyatlardan yiroqlashib borayotgani bugun hukumat darajasidagi muammoga aylangan. Buning salbiy oqibatlarini kamaytirish yuzasidan tegishli chora – tadbirlar ham ishlab chiqilmoqda. Masalan, 1986 – yili Hindiston Ta‘lim boshqarmasi ―Ta‘lim to‘g‘risida milliy siyosat loyihasi‖ni tayyorladi. 5200 dan ortiq o‘quv muassasasi uchun mo‘ljallangan bu dasturda mamlakatning siyosiy, ijtimoy hayoti o‘tish bosqichida ekani va bu davrda azaldan 109 urfda bo‘lgan milliy qadriyatlarning yo‘qolishi xavfi kuchaygani kuyunchak bilan tilga olingan. Loyiha bu xavfni bartaraf etish uchun ta‘lim tizimida qadriyatlarni o‘qitishni kiritish lozim, deb hisoblaydi. Bu borada nodavlat tashkilotlar ham Ta‘lim boshqarmasi bilan bir fikrda. Ular o‘tkazgan tadqiqotlar milliy qadriyatlarni, axloq–odobni ta‘lim tizimi orqali yoshlar ongiga singdirish zarur ekanini ko‘rsatmoqda. Axloq tarbiyasini va qadriyatlar mohiyatini yetkazadigan dinshunoslik, etika, ijtimoiy nazariya kabi fanlar yaxshi rivojlanmagan yoki o‘qitiladigan mavzularining qamrov doirasi tor. Bu bo‘shliqni to‘ldiruvchi yangi o‘quv qo‘llanmalari va dasturlarni yaratishga urinishlar mavjud. Masalan, Butun Hindiston Nasoro ta‘lim Assotsiatsiyasi bu borada o‘z dasturlarini ishlab chiqqan. Ular din, axloq, ijtimoiy muammolar kabi axloq – etikani tarbiyalovchi fanlarni yo‘lga qo‘yish bilan birga, matematika, tilshunoslik, fizika, biologiya kabi aniq fanlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalarini yaratishda ham dinshunos va nazariyotchilarning maslahatlaridan foydalanishni ko‘zda tutadi. Bu, asosan, Nasoro jamiyati talabalari uchun amalga oshayotgan bo‘lsa-da, hindu va musulmon jamiyatlari ham o‘z doiralarida shunga o‘xshash faoliyatlarni olib bormoqda. Ayni vaqtda dinlararo bag‘rikenglik, do‘stlik aloqalarini mustahkamlash ham ta‘lim tizimining muhim vazifalaridan biri sifatida qaraladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ham ma‘nan va axloqan yetuk kadrlarni tayyorlash bejiz ta‘lim tizimining asosiy maqsadlaridan biri sifatida ko‘rsatilmagan. Ma‘naviyati yuksak yosh avlodni tarbiyalash yurt rahbarining ham doimiy e‘tiboridagi masala bo‘lib kelayotgani sir emas. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling