G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/109
Sana16.09.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1679264
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   109
Bog'liq
@pp kitoblar qiyosiy ped

Maktabgacha ta’lim.
Bolalar bog‘chasi. Bolalar 3 yoshdan 6 yoshgacha bog‘chaga boradilar. Hozirgi 
kunda Xitoyda 150 mingga yaqin bog‘chalar faoliyat olib bormoqda. Ular davlat 
tasarrufidagi va xususiy bog‘chalarga bo‘linadi. 
Boshlang’ich ta’lim. Xitoyda bolalar 6 yoshdan maktabga boradi va boshlang‘ich 
ta‘limda 6 yil o‘qiydi. Asosiy o‘qitiladigan fanlar:
- xitoy tili, 
- matematika, 
- tabiiy fanlar, 
- chet tillar, 
-ma‘naviy tarbiya, 
- musiqa, 
- jismoniy tarbiya va b. 
O’rta ta’lim: O‘rta ta‘lim 3 bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda ta‘lim bepul 
bo‘lib, 3 yil o‘qitiladi. O‘quvchilar faqat darslik va daftarlar uchun pul sarflaydilar.
Birinchi bosqichda quyidagi fanlar o‘rgatiladi:
- matematika, 
- xitoy tili, 
- chet tili, 
- fizika, 
- ximiya, 
- axloqiy tarbiya, 
- informatika va b. 


105 
2-bosqich 
Ikkinchi bosqichda yana 3 yil o‘qitiladi. To‘liq o‘rta ta‘lim 12 yil davom etadi. 
3-bosqich 
Bu bosqich 2 yil davom etadi. Bu bosqichda kasbiy va maxsus ta‘lim beriladi.
OLIY TA’LIM.
Xitoyda oliy ta‘lim 3 xil ko‘rinishga ega: 
- maxsus o‘quv dasturlardan iborat kurslar (o‘qish muddati 2-3yil);
- bakalavriatura (4-5 yil); 
- magistratura (2-3);
OO‘Yuni bitirgach, 3 ta ta‘lim darajasi beriladi: 
- bakalavr, 
- magistr, 
- doktor. 
Xitoy universitetlari: Iqtisodiyot va Xalqaro Savdo Xitoy Universiteti, Pekin 
Politexnika Universiteti, Pekin Universiteti, Pekin Neft Universiteti, Pekinning 
tillar va madaniyat Universiteti, Poytaxt Pedagogika Universiteti, Sinxua 
Universiteti, Dalyan Chet tillar Universiteti, Lyaonin Pedagogika Universiteti, 
Chuntsin Universiteti, Sian Transport Universiteti, Fudan Universiteti, Shanxay 
Transport Universiteti, Shanxay Chet tillar Universiteti, Tzilin Universiteti, 
Yanshan Universiteti, Xarbin Muhandislik Universiteti, Xebey Pedagogika 
Universiteti, Chjestzyanskiy universiteti, Uxan Universiteti, Xitoy Okeanologiya 
Universiteti, Lanchjou Universiteti, Xaynan Universiteti, Nankin Universiteti, 
Guandun chet tillar va tashqi savdo Universiteti, Syamin Universiteti, Nankay 
Universiteti, Tyantzin Universiteti, Yantay Universiteti, Xunan Pedagogika
Universiteti, Yunnan Universiteti, Shandun Moliya Instituti, Pekin universiteti.
Pekin Universiteti 
Hozirda Pekin Universiteti Xitoyda asosiy oliy ta‘lim muassasasi hisoblanadi. 
Uning tarkibida 31 ta kolleg, 12 ta fakultetlar mavjud. Darslar 101 ta bakalavrlik, 
224 ta magistrlik, 202 ta doktorlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tiladi. Universitetda 
216ta ilmiy tadqiqot institutlari bor. Osiyoda eng katta hisoblangan kutubxona 
Xitoyda joylashgan. Hozirda 46,074 talaba tahsil olmoqda. Ulardan 4000 nafari 
dunyoning 80 davlatidan kelgan chet ellik talabalar hisoblanadi. Pedagogik 
tuzilmasi 4574 teng. 2010 yil 200 kollej va universitetlarning dunyo bo‘yicha 
reytingida 6 – o‘rinni Pekin universiteti egalladi. 
Shanxay Universiteti
Shanxay universiteti Xitoyning eng nufuzli, yetakchi oliy ta‘lim muassasalaridan 
biri hisoblanadi. Hozirgi kunda universitet mamlakat iqtisodiyotining turli soha va 
tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan, zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan 
mutaxassislarni tayyorlab bermoqda. Universitetda 58 ta bakalavr dasturi, 64 ta 
magistr dasturi, muhanddislik ilmiy darajasi uchun 7 ta mutaxassislik dasturi, 
axborot muhanddislik, matematika, elektronika va kommunikatsiya, metallurgiya, 
dinamika sohalarini qamrab olgan 7 ta nomzodlik va 16 ta doktorlik dasturlari 
mavjud. Bundan tashqari Shanxay universiteti 2010 kishilik professor – 
o‘qituvchilar kontingentiga ega, ulardan 337 tasi professor va 687 tasi fan 


106 
nomzodlaridir. Ushbu professorlardan 7 tasi Xitoy muhandislik akademiyasi va 
Xitoy fanlar akademiyasi akademiklaridir.
Bugungi kunda Shanxay universitetida 30 mingdan ziyod talaba tahsil oladi. Ushbu 
universitetning 72 ta ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlik aloqalari mavjud.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling