G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Turkiyada ta’lim siyosatining olib borilishi
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
5.4. Turkiyada ta’lim siyosatining olib borilishi.
O‘zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgach, uning mustaqilligini birinchi bo‘lib qardosh Turkiya Respublikasi tan oldi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar, shu jumladan, ta‘lim bo‘yicha hamkorlik tez rivojlanib bordi va u bizning xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarimizda yetakchi o‘rinlardan birini egalladi. Bu hamkorlikning natijasi o‘laroq, har yili yuzlab o‘zbekistonlik o‘quvchilar va talabalar ta‘lim olish uchun Turkiyaga jo‘natilmoqda. Ayni vaqtda turkiyalik yoshlar ham Respublikamiz o‘quv muassasalarida bilim olmoqdalar. Shuningdek, bu mamlakat bilan keng ko‘lamda ta‘lim bo‘yicha mutaxassislar almashish yo‘lga qo‘yilgan. Har ikki mamlakatdan ta‘limni boshqarish muassasalarining, o‘quv yurtlarining hamda ta‘lim bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-metodik ishlar olib boruvchi mutaxassislar, o‘qituvchilar va tarbiyachilar bir- birlariga tashriflar uyushtirib o‘zaro tajribalar almashmoqdalar. Bularning barchasi ikki mamlakat maorifchilarining umumiy maqsad yo‘lidagi ishlarni rivojlantirishga hissa bo‘lib qo‘shilyapti. Turkiya Respublikasida ta‘limning qo‘yilishining o‘ziga xos tomonlari borligini hisobga olib, u haqda to‘laroq ma‘lumot berish lozim. Respublikada hozir amaldagi ta‘lim tizimiga turk xalqining asl farzandi Kamol Otaturk asos solgan. Turkiya ta‘lim tizimlari mamlakat Konstitutsiyasi, ta‘lim- tarbiya to‘g‘risidagi qonunlar, ―Milliy maorif vazirligining tuzilishi va vazifalari haqida‖gi qator qonunlarda hamda hukumat dasturlarida har tomonlama chuqur ifodalangan. Respublika Konstitutsiyasida ―Barcha kishilar ta‘lim-tarbiya olish huquqiga egadirlar‖ deb yozib qo‘yilgan va fuqarolarning bilim olish huquqlari kafolatlangan. Turkiya Respublikasida barcha tipdagi ta‘lim to‘la davlat nazoratida bo‘lib, bunday nazoratga kirmaydigan ta‘lim-tarbiya maskanlarini ochish mumkin emas. Xususiy maktablar ham davlat ta‘lim standartlari talabiga mos kelishi va davlat dasturlarini to‘la bajarishga majbur. 111 Boshlang‘ich ta‘lim barcha kishilar uchun majburiy, davlat maktablarida bepul o‘qitiladi. Majburiy ta‘limdan so‘ng, uning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish istagini bildirgan, kam ta‘minlangan oilalardan chiqqan bolalar davlat tomonidan stipendiyalar bilan ta‘minlanadilar, ularga boshqa tegishli imtiyozlar ham belgilangan. Ta‘lim muassasalarida faqat o‘quv-tarbiya ishlari, uni takomillashtirish bilan bog‘liq vazifalarnigina bajaradilar. Undan tashqari faoliyatga yo‘l qo‘yilmaydi. Turk millatiga mansub kishilarga ona tili sifatida boshqa biror xorijiy davlat tilini o‘rgatish mumkin emas. Turkiya milliy maorifi tizimlarining umumiy tuzilishi ikki asosiy qismga bo‘linadi. -maktab ta‘limi; -maktabdan tashqari ta‘lim. Maktab ta‘limi tarkibiga: a) maktabgacha tarbiya, b) boshlang‘ich ta‘lim, v) o‘rta ta‘lim, g) oliy ta‘lim kiradi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling