G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Tojikiston va Turkmanistonda pedagogika fani rivoji
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
- Bu sahifa navigatsiya:
- VIII BOB. AFRIKA MAMLAKATLARI TALIM TIZIMI MAZMUNI 8.1.Janubiy Afrika Respublikasi talim tizimi
7.3. Tojikiston va Turkmanistonda pedagogika fani rivoji. Tojikistonda maorif tizimining bugungi shaklda rivojlanishi XX asrga to‘g‘ri keladi. Tojikiston ta‘lim tizimi tuzilishi quyidagicha: -boshlang'ich ta‘lim; - to'liqsiz o'rta ta‘lim; - umumiy o'rta ta'lim maktablaridan - o'rta maxsus ta‘lim; -oliy o'quv yurtlarida iborat. 121 Yirik oliy oliy o'quv yurtlari: Tojikiston universiteti, Politexnika instituti, Qishloq xo‘jalik instituti, Tibbiyot instituti, Pedagogika institutlari, Qo'lob va Xo'jand pedagogika institutlari. Bundan tashqari turli vazirliklarga qarashli ilmiy muassasalar mavjud. 1999 yil Tojikistondagi 8 ta yirik oliy o'quv yurtlarining tashabbusi bilan tuzilgan Fan va maorifni rivojlantirish uyushmasi ilmiy tekxnika muassasalari oliy o'quv yurtlari jamoalarini birlashtirdi.U yangi axborot texnologiyalarini ishlab chiqib, oliy va o'rta ta'lim tizimiga joriy etish innovasion texnologiyalarni rivojlantirish, xalqaro ta'lim andozalarini Tojikiston oliy va o'rta ta'lim tizimiga joriy etishga qaratilgan. Bu sohada xalqaro tajriba ayirboshlashga ko'maklashish kabi ishlar bilan shug'ullana boshlandi. Tojikistonda Firdavsiy nomidagiTojikiston davlat kutubxonasi, Tojikiston Fanlar akademiyasining Markaziy ilmiy kutubxonasi va mingdan ortiq ommaviy kutubxona, 15 davlat muzeyi bor. VIII BOB. AFRIKA MAMLAKATLARI TA'LIM TIZIMI MAZMUNI 8.1.Janubiy Afrika Respublikasi ta'lim tizimi Hozirgi JAR hududiga yevropaliklar kelgunga qadar (17-asr o'rtalarigacha) afrikalik yoshlarga ta'lim berish an'anaviy afrikacha yo'ldan borgan: yosh avlodga turmush ko'nikmalari va hayot falsafasini o'rgatar edi. Yevropalikalarning dastlabki manzilgohlari barpo etilgach, ularning farzandlari cherkov ruhoniysida diniy kitob o'qishni o'rganardi. Xristian dini targ'ibotchilari (missionerlar) 18-asr oxiri-19 asr boshlarida dastlabki maktablarni ochishdi. Inglizlar avval boshdanoq bu maktablarda yevropaliklar va mahalliy millat bolalarining alohida-alohida o'qishini joriy etdilar. 1995-1996 yil o'quv yilida maorif ehtiyojlari uchun 8,9 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag' ya'ni davlad byudjetining 21,2 % sarflandi. Jami, o'quvchilar 9,3 mln. kishiga yetdi. Boshlang'ich maktab o'qituvchilari kollejlarga, o'rta maktab o'qituvchilari 17 universitet va 3 politexnika institutida tayyorlanadi. Hozirgi kunda JARda minglab boshlang'ich maktab va kollejlar, 17 universitet va 3 politexnika instituti ishlab turibdi. Yirik universitetlari: Pretoriya universiteti, Vitvatersrand universiteti, Stellenbosh universiteti, Keyptaun universiteti. Yirik kutubxonalari: Blumfonteyndagi ommaviy kutubxona (1875 yilda tashkil topgan), Keyptaundagi shahar kutubxonasi (1952), Parlament kutubxonasi (1857), Janubiy Afrika ommaviy kutubxonasi (1818), Keyptaun universiteti kutubxonasi (1829). Asosiy muzeylari: Blumfonteyndagi milliy muzey, Janubiy Afrika tabiat tarixi muzeyi, Janubiy Afrika madaniyat tarixi muzeyi, Keyptaundagi Milliy galereya. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling