G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
- Bu sahifa navigatsiya:
- IX BOB. JAHON MAMLAKATLARIDA PEDAGOG KADRLARNI TAYYORLASH MASALALARI. 123
- O’qituvchilarni dastlabki tayyorlash
Savol va topshiriqlar:
1.Janubiy Afrika Respublikasi ta'lim tizimi haqida so‘zlab bering. 2.Zambuya Respublikasi ta'lim tizimi haqida nimalar bilasiz? 3.Jazoir maorifi, madaniy-ma'rifiy va ilmiy muassasalari haqida gapirib bering. IX BOB. JAHON MAMLAKATLARIDA PEDAGOG KADRLARNI TAYYORLASH MASALALARI. 123 9.1.Jahon mamlakatlarida pedagog kadrlarga bo’lgan ehtiyoj va ularni tayyorlash masalalari Boshqa ko‘plab kasblar kabi o‘qituvchilik kasbi tayyorgarligi dastlabki pedagogik ta‘lim olingandagina tugamaydi. O‘qituvchilarga doimiy yangilanib turuvchi talablar qo‘yiladi. Professional o‘qituvchi bu yangilanishlarga tabiiy ravishda o‘z kasbiy darajasini doimiy oshirib borish bilan erishishi lozim. O‘qituvchilarni tayyorlash uzluksiz jarayon sifatida ishga kirgunicha, ishga kirayotgan vaqti va ishlayotgan davri bosqichlarini o‘z ichiga oladi. O’qituvchilarni dastlabki tayyorlash Yevropa Ittifoqining aksariyat davlatlarida (Daniya, Finlandiya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Irlandiya, Ispaniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya) boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘qituvchilarining dastlabki tayyorgarligi oliy o‘quv yurtlarida kechadi. O‘rta maktabning boshlang‘ich sinflarida dars berish uchun o‘qituvchilar oliy ma‘lumotli bo‘lishi kerak (Avstriya), Belgiya, Gollandiya bundan istisno. O‘qituvchilarning kasbiy va amaliy tayyorgarligi asosiy kurs bilan bir vaqtda (baravar usul) yoki asosiy kursdan keyingi, masalan, aspirantura darajasida (izchil usul) olib boriladi. Baravar usul bo‘yicha kirish talablariga to‘liq o‘rta ma‘lumot to‘g‘risidagi attestat, ba‘zi hollarda oliy ma‘lumot olishga loyiqligi haqidagi sertifikat talab qilinadi. Izchil usul bo‘yicha dastlabki oliy ma‘lumot (universitet yoki undan boshqa) maxsus fan yo‘nalishini egallagan talabalar muallimlikka aspirantura yoki universitetdan tashqari kurslarda tayyorlanadi. Baravar usul o‘qituvchilarining barcha ta‘lim va tayyorgarligi boshlang‘ich maktablarda izchil usulda yo‘lga qo‘yiluvchi Fransiyadan boshqa barcha davlatlarda keng tarqalgan. Angliyada har ikki usul ham amal qiladi, ammo maktab o‘qituvchilarini tayyorlashning baravar usuli kengroq tarqalgan. Shotlandiyada kasbiy ta‘limda lektorlar pedagog darajasini egallashlari mumkin. Bu majburiy bo‘lmasada, 85% lektorlar bu daraja sohibi bo‘ladilar. Pedagoglar tayyorlashda lektorlar uchun albatta pedagog malakasi talab qilinadi. Oliy ta‘limning boshqa sohalarida lektorlar odatda bunday malakaga ega emaslar. Hozirgi kunda universitet xodimlari uchun ta‘lim kurslarida pedagogik metodlarga tayaniladi. Lektorlardan oliy ta‘limda ham, undan keyingi ta‘limda ham ta‘lim usullarini doimiy yangilab borish talab qilinadi. Buning turli jihatlari izohlanadi. Bir qancha davlatlarda lekttorlardan yaxshi natijaga erishish talabi qo‘yilgan qoidalar mavjud. Shuningdek: 1. Talabalarning muvaffaqiyatlari bilan bog‘liq moliyaviy pul ulushi mavjud. 2. Talabalarga har bir predmet bo‘yicha so‘rovnomalarni to‘ldirishga beriladi. Natijalar kursdagi barcha lektorlarni jamlovchi kurs qo‘mitasi a‘zolari, talabalar vakillari, ishlab chiqarish va mahalliy jamiyatlar vakillari huzurida e‘lon qilinadi. 124 3. Ta‘lim sifatini tekshirishni amalga oshiruvchi inspektor va boshqa universitet xodimlari ishtirok etadi. 4. Talabalarni baholovchi professionallar guruhi tuziladi. Yomon o‘qitish mazkur kursga juda kam talabalarni to‘plashga sabab bo‘ladi va bu o‘z navbatida kursning yopilishiga olib kelishi mumkin. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling