G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Гершунский Б.С., Березовский В.М. Методологические проблемы стандартизации в
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
1
Гершунский Б.С., Березовский В.М. Методологические проблемы стандартизации в образовании//Педагогика. 1993.#1.С.28 2 World Class Standards for American Education. Wash, D.C. 1992 P.2. 140 foydalanishdi va ularning o‘zaro o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish, tanqid qilishga keng yo‘l (ayniqsa sanoat doiralarida) ochildi. Ta‘lim predmetlari yuqori va to‘liqsiz o‘rta maktablar uchun 80-yillarning oxirida ingliz tili (adabiyoti), matematika, din va jismoniy tarbiyadan ta‘lim standartlari yaratildi. Shuningdek, Angliyada birinchi marta majburiy maktab uchun o‘quv rejasi tuzish haqidagi takliflar ta‘lim Bosh nazoratchisining ‖11-16 yoshlar uchun o‘quv reja‖ (1977yil) tuzishidan boshlangan. Ta‘limni isloh qilish to‘g‘risidagi qonunda (1988yil) belgilanishicha ta‘lim masalalari bo‘yicha davlatning mas‘ul shaxsi ta‘lim mazmuniga davlat talabini va barcha uchun majburiy bo‘lgan ingliz maktablari uchun o‘quv predmetlarini belgilashi ko‘rsatib o‘tilgan. 1 Qonun maktabda o‘rganish uchun o‘n bitta majburiy bo‘lgan predmetlarni belgiladi: 3 ta predmet «Yadro» hisoblanadi, ya‘ni matematika, ingliz tili, tabiiy fanlar, shuningdek, din, tarix, geografiya, texnologiya, musiqa, san‘at, jismoniy tarbiya va chet tili (o‘rta maktabda) ham mavjud edi. Angliya Ta‘lim va Fan Departamenti tomonidan ‖Ta‘limni isloh qilish to‘g‘risida‖gi qonun qabul qilingach, asosiy predmetlar uchun komissiya tuzildi. Komissiya tarkibida predmetchilar, o‘qituvchilar, shuningdek, qo‘shimcha guruh mutaxassislari faoliyat yuritdi. 90-yillarning boshida umummilliy ta‘lim standarti va o‘quv rejasi zarurligi ma‘lum bo‘ldi. To‘liqsiz o‘rta maktablarning yuqori sinflari uchun majburiy predmetlarni o‘qitishga o‘quv vaqtining 85% i ajratilgan. 1 Keyinchalik o‘qituvchi pedagoglarning tanqidi va talablari asosida majburiy predmetlar uchun ajratilgan vaqt 70-75% ga qisqartirilgan. Angliyalik pedagog DJ.Uayt, Angiyada islohot o‘tkazishda ―qatnashchi davlat maktablariga asosiy va iqtisodiy maqsadga erishish vositasi sifatida qaragan‖. 2 Shuningdek, inson va fuqarolarning qiziqishlarini inobatga olish lozimligini ta‘kidlaydi. Amerikalik pedagog DJ.Gudled yozishicha:-―Ta‘lim rejasini oshirish, maktabning javobgarligini kuchaytiradi... maktabda testning yuqori ko‘rsatkichlari orqada ―qoluvchilar‖ uchun dastur bo‘lib, ularning kamayishiga erishish mumkin‖ligini ta‘kidlagan. Yaponiyada esa, zamonaviy ta‘lim islohoti 1984 yilda premer - ministr Nakasone asos solgan Maktabni isloh qilishning davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan. 1985 yilda qo‘mita dokladi matbuotda e‘lon qilingan, unda ta‘limni isloh qilishga kirishilganligi bildirilgan. 80-yillarda Yaponiyada o‘quv soatlari soni va o‘quv rejalari sonini (maktablarda) qisqartirishga qaror qilindi, ya‘ni ta‘lim standati qisqartirildi (bu haqda 2-jadvalda ko‘rsatilgan). Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling