G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


 Education Reform Act. London,1988


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/109
Sana16.09.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1679264
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   109
Bog'liq
@pp kitoblar qiyosiy ped

1
 Education Reform Act. London,1988. 
2
 V.S. Choudhapi. Issues in Advaаnces in Educati on. Delhi, 1986. 
1
 Conference of ministers of Education and fhose nesponsible for economic planning in Africa member states. 
Final Report Paris: UNESCO, 1982. 
2
 Matematics for Ages 516. London, 1988


144 
Ular predmet ichida integratsiya, predmetlararo, ikki yoki undan ortiq 
predmetlar yig‘indisi. 
Shuningdek, mavzu bo‘yicha birlashtirilgan materiallar, yangilik yoki 
tushunchalar haqidagi integratsiyalashgan o‘quv dasturlari va kurslari kabilar. 
Integratsiyalashtirishning oliy darajasi sifatida har xil fanlar sohasidagi 
maktablarning yuqori sinflari, oliy o‘quv yurtlari yoki aspiranturalar uchun 
tayyorlangan o‘quv loyihalari, tadqiqotlardagi, yangi axborotlardan foydalanish 
hisoblangan.
1
To‘liqsiz o‘rta maktablar uchun ‖Tabiiy bilimlar‖ integratsiyasining yuqori 
ko‘rinishiga Norvegiya misol bo‘la oladi.
1
Norvegiyada tabiiy bilimlarni o‘rgatishning asosiy maqsadi quyidagicha, 
ya‘ni o‘quvchilarning kuzatish va amaliy ishlarida tasavvur va mustaqillik 
fazilatlarini rivojlantirish, bolalarni tabiatga hurmat ruhida tarbiyalash, tabiiy 
resurslar 
va 
texnologiyalardan 
foydalanishda 
javobgarlik 
his-tuyg‘ularini 
shakllantirish, sog‘liqni saqlash va shu to‘g‘risidagi bilimlarni olish, shuningdek 
tabiiy fanlar va texnologiyalar madaniyatining bir qismi sifatida o‘quvchilarni 
elementar izlanishlar olib borishga o‘rgatishdan iborat bo‘lgan. 
Tabiiy bilimlar kursi 14 mavzuda o‘rganilgan: kuzatish va tajriba, analiz 
o‘tkazish, fizik dunyo (quyosh sistemasi, mikrokosmos, yadro energiyasi, atom 
radiastiyasi va hakazolar), iqlim va ob-havo, hayot, rivojlanish va davomiylik
o‘simlik va hayvonot, gavda va salomatlik, bizning sezgi, energiya va tabiiy 
resurslar, kundalik hayotni elektrlashtirish, axborot va kompyuter texnologiyasi, 
kundalik texnologiya va hokazolar.
Angliyada keng tarqalgan to‘liqsiz o‘rta maktablar uchun darsliklarda 
‖Tabiiy fanlarni o‘rganishda‖ tahliliy mavzular: ‖Ixtirochi olim to‘g‘risida 
ocherk‖, ‖Yer‖, ‖Rang-barang hayot‖, ‖Katak‖, ‖Molekula‖, ‖Atom‖, ‖Energiya‖, 
‖Biosfera‖, ‖Aholi‖, ‖Muloqot‖, ‖Koinot‖ kabi mavzularda o‘rganilgan.
Bu kurslar tabiiy fanlar haqidagi asosiy tushunalari, amaliy xarakterlari bilan 
norvegiyaliklarning o‘quv kurslariga yaqindir. 
Demak, ko‘plab mamlakatlarda maktab o‘quvchilari tabiiy fanlarni 
integratsiyalashgan kurslarda o‘rganishadi. Shuningdek, xuddi o‘sha o‘quvchilar 
mazkur fanlarni qiziqishlari va qobiliyatlariga qarab alohida o‘rganishlari mumkin 
bo‘lgan.
Buning uchun to‘liq o‘rta maktablarda chuqurlashtirilgan kurslar va 
dasturlar mavjud. Masalan, Fransiya, sobiq GDRda tabiiy bilimlar alohida 
kurslarida o‘rganiladi. Fransiyada bir vaqtning o‘zida (to‘liqsiz maktabda) ‖Fizika, 
kimyo‖ kabi predmetlarning integratsiyasi mavjud.
90-yillarda tabiiy va gumanitar fanlardan birlashgan materiallarni yaratish 
fikrlari birinchi o‘rinda jamiyat haqidagi bilimlarni rivojlantirishga e‘tibor 
qaratgan. Bu fanlarning tabiiy yo‘nalishlarini insonparvarlashtirishdan guvohlik 
beradi. Birinchi o‘rinda bu yo‘nalishdagi ta‘limning vazifalari tabiat uchun 
javobgarlik, tabiiy resurslarni o‘rganishda sotsial muammolarni o‘rganish va 
1

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling