G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Kazuol. School Education in Japon. Tokio, 1989, P.25
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bathory Z. A National Core Curriclulum and the Democratization of Public Education in Hungary// Curriculum Studies. 1993. Vol.1 . N.1. P.94.
Kazuol. School Education in Japon. Tokio, 1989, P.25,
2 Principes pour une peflexion sup les contenus dei lenseignement Iee Monde de Education. 1989. № 159.p.15- 20. 1 Боревская Н.Е. Новые учебные программы в КНР. Педагогика. 1993. № 3.С.106. 2 Bathory Z. A National Core Curriclulum and the Democratization of Public Education in Hungary// Curriculum Studies. 1993. Vol.1 . N.1. P.94. 142 1992 yil Vengriya pedagoglar guruhi milliy o‘quv rejasining loyihasini tayyorladilar, bu reja 6 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarga mo‘ljallab tuzilgan bo‘lib, quyidagi fanlar bo‘yicha tuzildi: ona tili, chet tili, matematika, tabiiy fanlar, inson va jamiyat, san‘at, texnika madaniyati va atrof-muhit, hayot, oila, uy iqtisodi, jismoniy tarbiya va sport. Mazkur fanlarga o‘quv vaqtining 80 % i ajratilgan edi. 1993 yilda ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonunning loyihasi ishlab chiqilgan. Qonun loyihasi muhokamasida har xil yondashuvlar yuzaga kelgan: ayrim guruhlar ta‘limni markazlashtirish, davlatning muntazam boshqaruvini o‘rnatish tarafdori bo‘lgan bo‘lsalar, ayrimlari esa maktabga to‘la erkinlik berish markazlashtirmaslik tarafdori edilar. Shunday qilib, 80-yillarning ikkinchi yarmi va 90-yillarning boshidagi Ta‘lim standartini yaratishga bo‘lgan har xil qarash va va urinishlar bir tomondan o‘quv rejalari va dasturlarini qisqartirish yo‘lidan borgan bo‘lsa, boshqalari aksincha, ko‘paytirish tarafdori edilar. Agar savodxonlikning an‘anaviy bo‘lib kelgan tushunchasi o‘qish, xat va hisob o‘rganishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 90-yillar boshiga kelib, bu tushuncha ancha kengaydi. Tailandda o‘tkazilgan ―Ta‘lim barcha uchun‖ mavzuidagi (1990 y) Butundunyo Konferensiyasida shunday deyilgan: ―Ta‘lim yo‘nalishi tushunchasining o‘zi kengaytirilishga muhtoj…bilim va yangiliklarning keng qamrovliligi hayot uchun zarurdir‖. 1 Har xil mamlakatlarning pedagog va ta‘lim sohasi arboblari ta‘limni isloh qilishda turli xil yo‘ldan borishgan. Birinchidan, barcha mamlakatlar o‘quv rejasiga zamonaviy predmetlar va kurslar kiritishni, shuningdek, o‘quv predmetining yangi materiallar bilan boyitishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishgan. Ikkinchidan, ta‘lim mazmunini qayta qurishning muhim yo‘nalishlari sifatida o‘quv dasturlarini fundamentallashtirishni zarur deb hisoblashgan. Uchinchidan, bilimlarning integratsiyasini, o‘quv dasturlarini mukammal yaratishni ilgari surdilar. U yoki bu qarashlarni ko‘rib chiqib, ta‘limning mazmunini modernizatsiyalash xarakterida ekanligining, bunda asosiy o‘quv fanlari majmui – tabiiy-matematik va gumanitar fanlarga alohida e‘tibor qaratilganligiga amin bo‘ldik. 80- yillarning oxirida tabiiy ilmiy va matematik ta‘limni isloh qilish zarur edi. Chunki mazkur fanlar sohasida yangilanishlar mavjud edi. Shuning uchun mamlakatlarda birinchi o‘rinda e‘tibor tabiiy-matematik ta‘limga qaratilgan. 1 Final Report World Confepence on Education for All: Mrrting Basic Leapning Needs. 5-9 March 1990. Somtien, 1990.P.7. 143 AQSHning o‘rta maktablarida tabiiy fanlarni o‘rganishning majburiyligi barcha maktablarga taalluqli emas edi. Ko‘plab shtatlarning hukumat komissiyasiga tavsiyasi bilan o‘rta maktablarning yuqori sinflarida matematika va tabiiy fanlar uch yil mobaynida, informatika esa yarim yil mobaynida o‘qitiladigan bo‘ldi. Buyuk Britaniyada esa ―Ta‘limni isloh qilish to‘g‘risida‖gi qonun (1988y)ga muvofiq tabiiy fanlarni o‘qitish majburiy bo‘lmagan boshlang‘ich va to‘liqsiz o‘rta maktablarda tabiiy fanlarni majburiy maktablarning barcha o‘quvchilari uchun majburiy qilib belgilangan. 1 Shuningdek, 80 - yillarda GDRning ayrim yerlarida Asosiy maktabning o‘rta sinflarida matematika fanlarini o‘rganish haftasiga 4-5 soat o‘quv soatiga ko‘paytirilgan. Tabiiy bilimlarni oshirishga intilish nafaqat rivojlangan mamlakatlar uchun, balki, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham xarakterlidir. Shu o‘rinda hind pedagogi U.S.Choudharining quyidagi so‘zlarini keltirib o‘tish joiz: - ―Dunyo tabiiy fanlar inqilobidan qayg‘uradi. Uning markazi industrlashgan davlatlar bo‘lsa, hayotning barcha jabhalarida uning ta‘sirini sinab ko‘ruvchi rivojlanayotgan mamlakatlardir‖. 2 Shimoliy va Markaziy Yevropa davlatlariga taalluqli ta‘lim mazmuni egallagan tabiiy ilmlarni oshirish diqqat e‘tiborga muhtoj bo‘lgan bo‘lgan predmet, yoki MDH davlatlarida kamaytirilgan. Afrika mintaqaviy konferensiyasida (1982 yil) shunday deyilgan: ―Qit‘adagi mamlakatlar tabiiy bilimlarni yangilash uchun yangi dastur va darsliklar tayyorlashmoqda‖. 1 Shuningdek, asosiy e‘tibor (o‘qitishda) o‘quvchilar kundalik hayot bilan bog‘liq bo‘lgan hayotiy bilimlarni oshirishlarida deyilgan. Buyuk Britaniyada matematikani o‘qitish komissiyasining dokladida (1988 y) bu fan sohalari quyidagilarga ajratildi: ―Maktabda o‘rganish uchun zarur bo‘lgan: hisob, algebra, geometriya, statistika va ehtimollar nazariyasi, algoritm, elementar dasturlash kabilar‖. 2 Mualliflar o‘z nutqlarida matematikaning hayot- mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lganlariga asosiy e‘tiborni qaratgan. 80-90- yillar dunyo mamlakatlari ta‘lim mazmunidagi islohotlarda tabiiy fanlarning integratsiyalashuvi vujudga kelgan. Integratsiyalash modeli o‘quv materiallarining yuqori darajada integratsiyasi, masalan, «energiya» mavzusi fizika fanida o‘tiladigan bo‘lsa, biologiya va ximiya fanlarida boshqa mavzular orqali bir-birisi bilan bog‘langan. Shuningdek, mazkur uchta fanlar ketma-ketlik asosida o‘rgatilgan. Ya‘ni biologiya, fizika, kimyo alohida o‘rgatilgan, lekin bir vaqtda emas. Tabiiy bilimlar kursidagi bu kabi yondashuvdan Yaponiyaning kichik o‘rta maktablarida foydalanilgan. Amerika pedagogi R.Fogarti fanlar integratsiyasining o‘nta variantini ajratgan. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling