G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/109
Sana16.09.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1679264
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   109
Bog'liq
@pp kitoblar qiyosiy ped

Savol va topshiriqlar: 
1. Yevropada o‘qituvchilarni dastlabki tayyorlash masalalari qanday amalga 
oshiriladi? 
2. O‘qituvchilarni ishga qabul qilish qoidalari nimalardan iborat? 


130 
3. O‘qituvchilar malakasini oshirish qoidalari. 
4. O‘zbekistonda o‘qituvchilar malakasini oshirish qanday amalga oshiriladi? 
 
X BOB. XX-XXI ASRLARDA TA’LIM MAZMUNI
 
10.1. XX-XXI asrlarda xorijda xalqaro ta’lim makoni 
 
Xalqaro ta‘lim makoni – geosiyosiy hudud, global mashtabdagi va turli 
mamlakatlarning ma‘orif bo‘yicha jamoat va davlat tashkilotlari, ilmiy- pedagogik 
markazlar, barcha ta‘lim va tarbiya muassasalari.
Zamonaviy dunyo ijtimoiy hayotining turli jabhalarida intensiv baynalminallashuv 
sharoitida o‘zaro ta‘sir va munosabatlashuvini bildiradi. 
1.Shimol va Janub ta‘limining rivojlanishida siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy-
madaniy xususiyatlari. 
Baynalminallashuvning eng yangi bosqichi globalashuv jarayoni bo‘ldi. U 
jahon xo‘jaligini yaxlit organizm sifatida shakllantirib, mehnatning xalqaro 
taqsimotini chuqurlashtirdi va madaniy aloqalarni jadallashtirdi. Milliy yoki davlat 
miqiyosida hal qilish mumkin bo‘lmagan kuchli global muammolar bilan yuzma-
yuz kelganda barcha insoniyat sa‘yi-harakatilarini birlashishi obyektiv yechim 
topilishida yagona chora-tadbir bo‘lib qolmoqda. Mamlakatlar va xalqlarda 
kuchayib borayotgan o‘zaro bog‘lanish, turli irq, konfessiya va millatga mansub 
odamlar o‘rtasidagi aloqalar kengayishi, umumiy qadriyatlar shakllanishida va eng 
yaxshi xalqaro tajribadan samarali foydalanishda qulay sharoit yaratadi. Bu esa 
insoniyatning kelgusi istiqbolida ijobiy taraqqiy etishi uchun zamin yaratadi.
Globallashuv bir qator jiddiy salbiy jihatlarga ham ega. Umumsayyoraviy 
konvergensiya haqida eyforistik bashoratlar o‘zini oqlamadi. Na davlatlararo 
ziddiyat, na etnik va diniy to‘qnashuvlaroldi olindi. Mamlakat va mintaqalar 
taraqqiyotidagi notekis rivojlanish har qanday chora-tadbir bilan ham bartaraf 
etilmadi. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasidagi farq qisqarish 
o‘rniga, yanada kengaydi. Bu esa, barcha insoniyat manfaatlariga aloqador va 
jahonda portlovchi vaziyat hosil qiluvchi eng og‘ir muammoga aylandi. 
Axborot istiqboli hali global xarakter kasb etib ulgurgani yo‘q. G‘arb 
olamida bir necha o‘n million INTERNETdan doimiy foydalanuvchi mijozlar qayd 
etilgan bir paytda, Afrikaning ko‘plab odamlari oddiy netbukdan foydalanishni 
bilmaydigan mamlakatlar taraqqiyoti postindustrial bosqichda. Rivojlanmagan 
mamlakatlar esa katta mashaqqat bilan sanoatlashtirish bosqichini boshdan 
kechirmoqda. Ular na iqtisodiy, na siyosiy na ruhiy jihatdan jahon integratsiyasi 
jarayonida tenglar qatoriga munosabatga kirishishga tayyor emas. Ko‘plab 
mamlakatlarning ―quvib yetuvchi rivojlanish‖ dasturiy tuzilmalarini ijobiy amalga 
oshirishi uchun imkoniyatlari yo‘q. 
Globallashuv sharoitida insoniyat sivilizatsiyasidagi turli farqlar o‘zaro 
to‘qnashadi. Bu dunyo amaliyotida misli ko‘rilmagan yangi mumammolarni 
keltirib chiqardi. Iqtisodiy inqiroz, internetda foydalanishning salbiy oqibatlari. 
Globallashuv jarayoni G‘arb mamlakatlari tomonidan, jahonning ko‘plab 
mamlakatlari o‘zining ishlab chiqarish tizimi, siyosiy va ijtimoiy - madaniy 


131 
qadiriyatlariga 
yo‘naltirishga 
intilayotgan 
AQSH 
tomonidan 
qo‘llab-
quvvatlanmoqda. Lekin G‘arb madaniy ekspansiyasiga qarshilik qiluvchi turli 
xalqlarning ko‘p asrlik an‘analari jahon umummadaniyati yaratilishida keskin 
ziddiyatlar hosil qilmoqda. ―Men uyim har tomondan baland devor bilan o‘rab 
olinishi, 
derazalari 
mahkamlab 
tashlanishini 
xohlamayman. 
Men 
barcha 
mamlakatlarning madaniyat shamoli uyimda qancha mumkin bo‘lsa, shuncha 
esishini xoxlayman. Biroq bu shamollar meni yo‘ldan adashtirishini aslo 
xohlamayman‖-degan edi M.Gandi. 
Globallashuv ayrim hollarda milliy chegaralarni bosib o‘tib, muayyan 
mamlakatlar suvereniteti va ularning xalqlari milliy o‘zligiga xavf tug‘diruvchi 
omil deb qabul qilinmoqda. 
Bularning bari ―antigloballar‖ harakati paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Ular 
yoqlab chiqqan qarashlar qator mamlakatlar aholisining aksariyati tomonidan 
qo‘llab - quvvatlanmoqda. Ammo globallashuv jarayonini to‘xtatishga urinishlar 
istiqbolga ega emas. 
Globallashuv – hozirgi dunyo taraqqiyotida xolis tendensiya. Uni in‘om 
sifatida tushunmoq joiz. Bizning vazifamiz esa, uning imkoniyatlaridan 
insoniyatning ezgu maqsadlari yo‘lida foydalanish va salbiy jihatdan yoki 
oqibatlarini imkon qadar kamaytirishdan iborat. 
Globallashuv jarayonining murakkab va ziddiyatli jihatlari ta‘lim sohasida 
ham o‘ziga xos ravishda namoyon bo‘lmoqda. 
Hozirgi xalqaro ta‘lim makonining asosiy xususiyatlari rivojlangan va 
rivojlanayotgan mamlakatlarning ta‘lim taraqqiyoti tendensiyalari va ta‘lim 
ahvolining o‘ziga xos jihatlari qat‘iy hisobga olingan holda amalga oshirilishini 
talab qiladi.
Bunday bo‘linish qator davlatlarga nisbatan sun‘iy tarzda amalga 
oshirilgan. Kelgusida bu tasnif qayta ko‘rilib chiqilishi va ayrim davlatlar, masalan 
Janubiy-Sharqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlari rivojlanayotganlar 
qatorida rivojlanganlar safiga o‘tishi va aksincha, holatlar amalga oshiriladi deb 
ehtimol qilish mumkin. Shuningdek, ayrim rivojlangan mamlakatlarda qoloq 
rayonlar, ayrim qoloq davlatlarda esa rivojlangan hududlar mavjud. 
Ammo xalqaro tashkilot va statistik nashrlarda qabul qilingan tasniflar hali 
o‘z kuchini yo‘qotmagan. Shuning uchun qiyosiy tahlil qilish jarayonida milliy va 
xalqaro ko‘rsatkichlar qiyoslanishini ta‘minlash maqsadida aynan shu manbalarda 
qayd etilgan atamalar asosida tadqiqot ishlari olib boriladi. 
Zamonaviy siyosiy va ijtimoiy adabiyotlarda ―rivojlangan mamlakat‖, 
―rivojlanayotgan mamlakat‖ atamalari o‘rniga ko‘pincha Shimol va Janub 
atamalari qo‘llaniladi. 1990 yillar boshidan G‘arb va Sharq o‘rtasida yuzaga kelib
dunyoni termoyadro halokati yoqasiga olib kelayotgan keskin qutblanishning uzun 
davri o‘tmishda qoldi. Ammo bu qarama-qarshilikning susayishi Shimol va Janub 
o‘rtasidagi ziddiyatlarning chuqurlashishi bilan almashdi. 
Milliy va mintaqaviy farqlarni hisobga olish xalqaro ahamiyat kasb etadi. 
―Hozirgi kunda,- deyiladi YUNESKO nashrlarining birida,- uzoqni ko‘ra oluvchi 
yetuk olimlar tomonidan insoniyat oldida turgan asosiy muammolarning 
umumsayyoraviy miqyosida va global xarakteri batafsil izohlab berilgan. Haqiqat 


132 
esa, yaqin o‘n yilliklarda turli davlatlarning iqtisodiy va ilmiy rivojlanishida ulkan 
farq saqlanib qolishini hisobga olishni talab qiladi. Global miqyosida ularni uch 
toifaga ajratish mumkin: industriallashish arafasida bo‘lgan, industrial va post 
industrial. Bunday farqlanishga ega mamlakatlarda ta‘lim taraqqiyoti istiqbollari 
bir xil bo‘la olmaydi.‖ 
Rivojlangan mamlakatlarda ta‘lim jarayoni ilmiy - texnika inqilobining 
zamonaviy 
bosqichi 
talablari 
bilan 
bevosita 
aloqador. Mikroelektronika 
radiotexnika, 
biotexnologiyadan 
keng 
foydalanish, 
takomillashtirilgan 
kompyuterlarning paydo bo‘lishi, mehnat va ishlab chiqarish jarayonida insonning 
o‘rni mohiyatini o‘zgartiradi. Zamonaviy jamiyat strukturasi, turmush tarzi va 
odamlar psixologiyasini jarayonga moslashtirdi. Iqtisodiyot aqlbovar qilmas 
darajada o‘zgarib bormoqda. Ayrim sanoat mahxsulotlari konveyyerdan chiqib 
ulgurmay, eskirib qolmoqda. Bir avlod hayotidayoq ulkan texnologik o‘zgarishlar 
sodir bo‘lmoqda. 
Axborot yagona eskirmas va cheklanmagan darajada o‘sib boruvchi resurs 
sifatida hal qiluvchi ahamiyatga aylanmoqda. Dunyoning istalgan nuqtasida bir 
necha soniya ichida Internet orqali axborot uzatish imkoniyati geografik imkon va 
vaqtga oid ming yillik an‘anaviy tasavvurlarni yo‘qqa chiqardi. Mahalliy ishlab 
chiqarish faoliyat yurituvchi aholining kasbiy-malakaviy tarkibi o‘zgarmoqda. 
Muhandislar va ilm, fan, maorif, sog‘liqni saqlash, boshqaruv apparati 
xodimlari soni ortmoqda. Ilmiy taraqqiyot yoki sinov tajriba ishlab chiqarishi bilan 
mashg‘ul yuqori malakali mutaxassislar soni sezilarli darajada ko‘paydi.
Intellektual kasblar o‘zining oldingi mutanosiblik ahamiyatini yo‘qotib 
ommaviy tus olmoqda. Malakali xodimlarning umummadaniy va kasbiy bilimlarni 
keng o‘zlashtirishi talab darajasiga ko‘tarildi. Ammo eng yuqori texnologik 
tashkilotlarda ham oddiy malakali xodimlarning muayyan miqdori saqlanib qoladi. 
Sanoatning avtomatsiyalashishi ishchi - xodimlar malakasining betaraf talablariga 
ta‘siri zid xarakterga ega. Yuqori malakaga ega xodimlarga talab oshishi bilan bir 
qatorda, hech qanday yuqori darajadagi umumiy ta‘lim va kasbiy tayyorgarlik 
asoslari talab qilinmaydigan bir xil maromdagi vazifani bajaruvchi operatorlar 
guruhining qayta ixtisoslashuvi sodir bo‘lmoqda. Bunday xodimlarning nazariy 
bilim darajasi uncha yuqori bo‘lmasada, bu holat ijtimoiy ma‘sullik hissi 
rivojlangan bo‘lishi bilan kafolatlanishi kerak. 
Qimmatbaho asbob-uskunalar va avtomatlashtirilgan sanoatning barcha 
ishtirokchilarining o‘zaro chambarchas bog‘liqligi xodimdan katta diqqat e‘tibor, 
aniqlik va ehtiyotkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ishchi xodimning o‘quv 
Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling