G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


 Jahon mamlakatlarida o’qituvchilarni ishga qabul qilish


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/109
Sana16.09.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1679264
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   109
Bog'liq
@pp kitoblar qiyosiy ped

9.2. Jahon mamlakatlarida o’qituvchilarni ishga qabul qilish
 
Vazifaga kirishish. Yangi o‘qituvchi uchun dastlabki bir necha yil og‘ir 
kechishi mumkin. Bir qancha davlatlarda (Avstriya, Belgiya, Angliya, Daniya, 
Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Irlandiya, Italiya, Shotlandiya, Shvetsariya) yangi 
o‘qituvchini dastlabki tayyorgarlik kursini muvaffaqiyatli yakunlab, ishga kirish 
arafasida baholash davri mavjud.
Avstriyada sinov muddati bir yildan iborat. Maktab xodimi yangi 
o‘qituvchining faoliyatini kuzatib borishga javobgar hisoblanadi. Yangi o‘qituvchi 
yil davomida haftada bir marta pedinstitutga qatnash imkoniyatiga ega.
U bu muddatni qay darajada muvaffaqiyatli o‘tkazganini maktab jamoasi, 
ilmiy mudir, maktab inspektori va pedinstitut xodimi hal qiladilar.
Belgiyada o‘qituvchi stajyor bo‘lgunga qadar, 240 kun vaqtinchalik o‘qituvchi 
bo‘lib ishlashi lozim. Stajirovka yana bir yilni o‘z ichiga oladi. Bir yildan so‘ng 
stajyor faoliyatini ilmiy mudir hamda maktab inspektori baholaydi. Ilmiy mudir va 
maktab inspektori bayonotiga asosan mazkur o‘qituvchining lavozimiga loyiq 
ekanligi yoki sinov muddatini yana biron yilga uzaytirish lozimligi yoxud uning 
faoliyati umuman qoniqarsiz ekanligi hal qilinadi. Germaniyada sinov muddati 
bo‘lg‘usi o‘qituvchining kasbiy tayyorgarlik darajasiga qarab belgilanadi.
6 daraja mavjud: 1 — eng yuqori, 5 yoki 6 qoniqarsiz. O‘qituvchi birinchi 
darajada 12 oy sinov muddatida faoliyat yuritadi, 2 — 15 oy, 3 — ikki yil.
Maktab inspektori ilmiy mudir qarashlariga asosan sinov muddati nechog‘li 
samarali o‘tganligi haqida qaror qabul qiladi.
Daniyada sinov muddati ikki yil davom etadi. Yakuniy qaror asosan ilmiy 
mudir axboroti asosida maktab kengashi tomonidan qabul qilinadi. Gretsiyada 
pedagogik faoliyatning dastlabki ikki yili sinov muddati hisoblanadi. Shundan 
so‘ng o‘qituvchi maktab maslahatchilari tomonidan baholanadi. Baho ijobiy 
bo‘lgan taqdirda o‘qituvchi o‘z vazifasida doimiy qoldiriladi.
Shotlandiyada yangi o‘qituvchi ta‘limga muvofiq kursni tugatgach hamda 
UO‘Kning shartli ruxsati bilan o‘qituvchi hisoblanadi. To‘liq ro‘yxatdan o‘tish 
faqatgina ikki yillik sinov muddatidan so‘ng amalga oshiriladi.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling