G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Zambiya Respublikasi ta'lim tizimi
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
8.2. Zambiya Respublikasi ta'lim tizimi
Zambiya mustaqillikka erishgach, mamlakat ta‘lim tizimida ham qator o‘zgarishlar yuz berdi. Uzluksiz ta‘lim tizimi shakllandi. -boshlang‘ich ta‘lim (7 yil); 122 -o‘rta ta‘lim (5 yil) -o‘liy ta‘lim (4-6 yil) Dastlab boshlang'ich maktablarda afrikalik bolalar yevropaliklar bilan birga o'qitila boshlandi. Bolalar 7 yoshdan boshlab 7 yillik boshlang'ich maktabda o'qiydi. Boshlang'ich maktabning 1- 4 sinflarida darslar ona tilida, so'ng ingliz tilida olib boriladi. O'rta maktab 5 yillik. Boshlang'ich maktablar uchun o'qituvchilar kichik (to'liqsiz) o'rta maktab negizida pedagogika bilim yurtlarida 2 - 3 yil davomida tayyorlanadi. Kichik o'rta maktab o'qituvchilari esa to'liq o'rta maktab negizida pedagogika kollejlarida 2 yil davomida , to'liq o'rta maktab o'qituvchilari institutda tayyorlanadi. Hunar-texnika ta'limi boshlang'ich maktab negizidagi hunar maktablarida va hunarmandchilik o'quv yurtlarida amalga oshiriladi. Zambiyaning eng mashhur oliy o‘quv yurti Lusakadagi universitet (8 fakultet), Kitve-kanada uning filiali bor. Zambiyada yana bir qancha institut va kollejlar, shu jumladan, Milliy ijtimoiy boshqaruv instituti, amaliy hunarmandchilik va tijorat kolleji, texnika kolleji, milliy resurslarni rivojlantirish kolleji va b. Yirik kutubxonalari: Lusakada Zambiya universiteti kutubxonasi, Zambiya kutubxonalar boshqarmasi, shahar ommaviy kutubxona, Ndola va Kitve-Nkanada ommaviy kutubxonalar bor. Muzeylari: Lusakada K. Kaunda uy-muzeyi, Milliy mustaqillik birlashgan partiyasi siyosiy muzeyi, Livingstondagi muzey, Ndola va Mbaladagi muzeylar. 8.3. Jazoir ta'lim tizimi Jazoir mustaqilikka erishgach, maorif sohasida katta yutuqlarga erishildi. 7 ta universitet, 170 ta boshqa oliy o'quv yurtlari, 700 ta hunar-texnika ta'limi markazlari bor. Mamlakatdagi umumta'lim maktablarida 260 mingdan ortiq o'quvchi, oliy o'quv yurtlarida 200 ming talaba ta'lim oladi. Eng yirik kutubxonasi – Jazoir shahridagi milliy kutubxona (1 mln.ga yaqin asar). Yirik muzeylari – Jazoir milliy muzeyi (1930), Antik dunyo yodgorliklari milliy muzeyi (1897) va b. Asosiy ilmiy muassasalari Jazoirdagi Yadro tadqiqot instituti (1966), Okeanografiya instituti, Astronomiya, astrofizika va meteorologiya rasadxonasi, Biokimyo instituti mavjud. Tibbiyot muammolari bilan Rakka qarshi markaz, Paster instituti (parazitologiya va mikrobiologiya), gigiyena, traxoma va tropik oftalmologiya, stomatologiya institutlari shug'ullanadi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling