G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Dastlabki kurslarni tasdiqlash


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/109
Sana16.09.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1679264
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   109
Bog'liq
@pp kitoblar qiyosiy ped

Dastlabki kurslarni tasdiqlash 
Shotlandiya Davlat kotibi o‘qituvchilar tayyorlanishini bir necha yo‘l bilan nazorat 
qiladi: 
-u maktab o‘quvchilari ta‘limi kursini tasdiqlaydi; 
-tasdiqqa ega bo‘lgan, sharoitlarni yaratib beruvchi homiy tashkilotlarga 
ko‘rsatma beradi; 
-har yili malaka oshirish kurslariga kirish talablarining eng quyi darajasini 
ishlab chiqadi; 
-ta‘lim olish uchun o‘qituvchilar soni va o‘rnini nazorat qiladi. 
Maktab inspektori pedagogik ta‘lim sifati samaradorligini oshirishda muhim rol 
o‘ynaydi. 
1994 yili Angliya va Uelsda o‘qituvchilar tayyorgarligi agentligi (O‘TA) 
tashkil qilindi. Uning maqsadlari quyidagicha belgilandi: 
-ta‘limning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha sifat va samaradorlikni yaxshilash; 
-o‘qituvchilarning barcha maktablarda kurslarga jalb qilinishini kafolatlash
-o‘qituvchilarning dastlabki tayyorgarligi uchun davlat rejasini ishlab chiqish 
hamda yangi o‘qituvchilar uchun davlat standarti va talablarini ko‘rib chiqish. 
O‘TA ―O‘qituvchi malakasi statusining davlat standarti‖ni ishlab chiqdi. 
Shuningdek, 
ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotlarda o‘qituvchilarning dastlabki 
tayyorgarligi kursini muvaffaqiyatli tugatgan talabalar malakali o‘qituvchi maqomi 
(MO‘M)ga ega bo‘ladilar. 
Har bir kurs ta‘lim oluvchiga standart bo‘yicha alohida baho qo‘yishni o‘z ichiga 
oladi. Talabaga quyidagi standart talablari qo‘yiladi: 
— predmetni bilish va anglash;
— rejalashtirish, sinfdagi o‘quvchilarga ta‘lim berish va uni boshqarish;
— nazorat, baholash, jurnal yuritish bayonot va hisobot berish;
— boshqa kasbiy talablar.
Oliy toifa quyidagi bilimlarni o‘z ichiga oladi: o‘quvchilarga o‘zining shaxsiy va 
kasbiy xulqi bilan namuna bo‘lish, kasbiy takomillashishi kerakligini anglash va 
pedagogika yangiliklari, o‘z predmeti yangiliklaridan xabardor bo‘lib borish.
Umumiy o’qituvchilar kengashlari
Shotlandiyada umumiy o‘qituvchilar kengashlari (UO‘K) 1965 yili tashkil 
qilingan bo‘lib, u shotland o‘qituvchilari kasbiy darajasini yaxshilash, kasbga 
kirishish standartlarini belgilash va bu standartlar dastlabki tayyorgarlik kurslarida 
ma‘lum strukturaga erishish mumkinligiga ishonchni tarbiyalaydi. Yangi 
o‘qituvchilar UO‘Kga shartli qabul qilinadilar. To‘liq a‘zo bo‘lish faqatgina ikki 
yillik sinov muddati tugaganidan so‘ng amalga oshadi. To‘liq a‘zo bo‘lgan 
o‘qituvchilardan o‘z kasbiy darajasini uzluksiz takomillashtirish, o‘z-o‘zini 
baholashni rivojlantirishga tayyor bo‘lish talab qilinadi.  


125 
Angliya va Uelsda tashkil qilingan UO‘K quyidagi muammolar yechimiga 
yordam beradi:
— ta‘lim standartlari;
— o‘qituvchilar xulqi standartlari; 
— o‘qituvchi kasbining o‘rni;
—o‘qituvchining tayyorgarligi, obro‘si va faoliyati;
— o‘qituvchi kadrlar safini to‘ldirish;
—dars berishga tibbiy jihatdan yaroqlilik.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling