G. O. Abduraimova Bajardi: N. G. Jumanova


Download 0.57 Mb.
bet11/23
Sana25.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1231499
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
KURS ISHI. JUMANOVA NODIRA BT-203. prezentatsiya

Kengash o‘z oldiga :

  • Kengash o‘z oldiga :
  • mahallalarda bolalarning dam olishlari, qiziqarli ish bilan shug‘ullanishlariga imkoniyat yaratish;
  • mahallalarda tarbiyaning ta’sirchanligini oshirish;
  • homiy tashkilotlar yordamida mahallalarda sport sog‘lomlashtirish maydonchalarini tashkil etish;
  • mahallalarda qizlar hayosi, turmushga tayyorlash haqida baxs-munozaralar o‘tkazish;
  • yoshlarda milliy urf-odatlar, azaliy udumlar, tarixiy an’analarni o‘rganish;
  • maktab, jamoatchilik, mahalla ahli hamkorligida tadbir o‘tkazishni;
  • Joylardagi hokimiyatlar, “Mahalla”, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda yordam berishni maqsad qilib qo‘ygan.
  • Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas dargoh sanalgan. Agar oila sog‘lom va mustahkam bo‘lsa, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikka erishiladi.
  • Mahalla, yurt mustahkam bo‘lsagina, davlatda barqarorlik va osoyishtalik hukm suradi. Zero, oila farovonligi milliy farovonlik asosidir, deb ta’kidlagandi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov. Oila qurayotgan yoshlarga oila qonunchiligi asoslari, sog‘lom turmush tarzi, farzandlar tarbiyasiga oid bilimlarni oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib kelmoqda. Chunki, hozirgi kunda oila qonunchiligi, er va xotinning vazifasi, mas’uliyatli oila savodxonligi, tibbiy madaniyat kabi tushunchalarga ega bo‘lmay turmush qurayotgan yoshlar ham uchrab turadi.
  • Har bir inson o‘z oilasining fayzli, farovon va mustahkam bo‘lishini istaydi. Ammo oila qurib, yurtparvar, aqlli, solih farzandlar o‘stirib, kamolga yetkazish g‘oyat mushkul ish ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz. Hech bir shubhasiz aytish mumkinki, oila fuqarolik jamiyatining tayanch nuqtasidir. Chunki bu muqaddas dargohda nafaqat inson dunyoga keladi, balki u ma’nan va aqlan tarbiya topadi. Oila qanchalik mustahkam bo‘lsa jamiyat ham shunchalik barqaror bo‘ladi va tez rivojlanadi. Inson o‘zini o‘rab turgan dunyo haqidagi bilimlarini ma’naviyat va axloq haqidagi ilk tushunchalarni yaxshilik va yomonlik to‘g‘risidagi boshlang‘ich tasavvurlarni oiladan oladi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling