G qarshiboyeva, J. Majidov
4. Xalq pedagogikasida oila ma’naviyati
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029
4. 4. Xalq pedagogikasida oila ma’naviyati
Xalqimiz oila ma’naviyatiga yuksak qadriyat sifatida alohida e‘tibor bilan qaraydi. Oila doimiy mehru muhabbat, izzat-u hurmat mujassam bo‘lgan, oila a’zolari bir-birlarini sevadigan, suyanadigan bir maskan sifatida e’zozlangan. Chunki aynan oilada mehr-shafqat, muhabbat, muruvvat va oqibat tushunchalari farzand ongiga murg‘akligidanoq singdiriladi, shu bois ham har bir inson uyiga, oilasiga talpinadi. Ma’naviy komillik, milliy tarbiyaning bosh va betakror o‘chog‘i ham bolani doimiy o‘rab turgan ijtimoiy muhitning bir bo‘lagi bo‘lgan - oiladir. Bu haqda Abdurauf Fitrat “Rahbari najot” asarida shunday yozgan edi: “Suv qaysi rangdagi idishda bo‘lsa, o‘sha rangda tovlangani kabi, bolalar ham qanday muhitda bo‘lsalar, o‘sha muhitning har qanday odat va axloqini qabul qiladilar. Axloqiy tarbiyaning eng buyuk sharti shundan iboratki, bolalar ko‘proq yaxshi va yomon ahvolni o‘z uylaridan, ko‘chadagi o‘rtoqlaridan, maktabdagi o‘quvchilardan qabul qiladilar”. Ma’rifatchilardan biri Rizouddin ibn Faxriddinning “Insonlarning dinu-dunyolarini tuzatmoq matlub bo‘lsa, eng avval go‘zal xulqqa ega bo‘lmoq ila oilalarni tuzatingiz. Oilalar tuzalganidan so‘ng din ham, dunyo ham tuzaladi” 13 , - degan gaplarida katta bir haqiqat ifodalangan. Insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida shakllanadi. Bolaning xarakteri, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar - yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas 13 Ibn Faxruddin, Rizouddin. Oila. - Т.: Mehnat, 1991. 82 tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir. Shuning uchun ham aynan oila muhitida paydo bo‘ladigan ota-onaga hurmat, ularning oldidagi umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash har qaysi insonga xos bo‘lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlaming negizini, oilaning ma’naviy olamini tashkil etadi. Dono xalqimiz uzoq asrlar davomida yaratgan oila ma’naviyati bilan bog‘liq farzandlarni axloqiy tarbiyalash usul va vositalari, insoniy fazilatlar qoidalari xalq pedagogikasi manbalarida o‘z aksini topgan. O‘zbek xalq pedagogikasida bolalarda ijobiy fazilatlarni shakllantirish uchun birinchi navbatda oila a’zolari - ota-ona, aka-uka, opa-singil va oiladagi kattalarga bo‘lgan mehr-muhabbat hissini tarbiyalash zarurligiga amal qilingani ko‘rinadi. Oilada bolalarning kattalarga bo‘lgan mehribonligi tarbiya natijasidagina tarkib topadigan ma’naviy fazilat ekanligi ta’kidlanadi. Oilada bolalarni axloqiy tarbiyalashda xalq donishmandlarining odob va axloq haqidagi hikmatli so‘zlari hamda xalq og‘zaki ijodining turli janrlaridan o‘rinli foydalana bilish katta ahamiyatga egadir. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling